Zoff: "Donnarummaning oldida yo'l emas, butun boshli shosse bor"
12 fev 2021 19:52
Yangiliklar


Zoff: "Donnarummaning oldida yo'l emas, butun boshli shosse bor"
Afsonaviy italiyalik darvozabon Dino Zoff "Milan" va Italiya terma jamoasi posboni Janluiji Donnarumma haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Donnarumma juda uzoqqa borishi mumkin. Uning oldida yo'l emas, butun boshli shosse bor. U ajoyib darvozabon va yaxshi ko'rsatkichlarga erishyapti. Janluiji hozir ham zo'r holatda, ammo bundan ham kuchliroq bo'lishi mumkin. Umid qilamanki, yaqinlashib kelayotgan Evropa chempionatida o'zining eng yaxshilar qatorida ekanini isbotlaydi", italyan futbolining 78 yoshli afsonasi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar