Zlatko Dalich: "Nasaf"ga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik"
02 may 2016 14:59
Yangiliklar
Zlatko Dalich: "Nasaf"ga qarshi o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik"
Matbuot anjumanining dastlabki qismida
“Al-Ayn” jamoasining bosh murabbiyi Zlatko Dalich va jamoaning 6-raqamdagi
braziliyalik yarim himoyachisi Flip Bastoslar ishtirok etishdi.
Zlatko Dalich: -Ertaga bizni juda qiziq va qiyin uchrashuv kutib turibdi, guruhimizdagi uchta jamoaning ham imkoniyati bir xil. Biz uchun uch ochko kerak, shunga harakat qilamiz. Oldingi o'yinda ko'rdik, “Nasaf” jamoasi juda kuchli jamoa va kuchli o'yin ko'rsata oladi. Oxirgi kunlarda biz bo'lajak o'yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, o'ylaymanki biz ertangi o'ynga tayyormiz. Ertaga, tezkor va birinchi bo'lib gol urish uchun o'rinib ko'ramiz. SHuningdek biz har qanday vaziyatga tayyor turishimiz kerak bo'ladi. Men o'zimga va jamoamga qattiq ishonaman, ertaga biz albatta o'z maqsadimizga erishamiz. Mamlakat chempionati biz uchun yakuniga etdi, musobaqa jadvalida ikkinchi o'ringa sazovor bo'ldik. Endi bor diqqat etiborimizni OCHL o'yinlariga qaratamiz.
Flip Bastos: -Ertaga muxlislar uchun juda qiziqarli uchrashuv bo'ladi, biz ushbu o'yinga tayyormiz. Murabbiyimiz bizga hozirdan ko'rsatmalarni berib bo'lgan, agar biz ertaga bu ko'rsatmalarni to'liq bajarsak, o'ylaymanki g'alaba biz tomonda bo'ladi.
Fikrlar