So’nggi yangiliklar

13:03"Манчестер Юнайтед"нинг ёзги трансфер бюджети қисқартирилди  1 12:36Рафинья: "Умид қиламанки, мухлисларни хурсанд қилишда давом этаман"  2 12:08Артета "Арсенал"нинг амбициялари ҳақида гапирди  0 11:40Руд ван Нистелрой "Лестер"ни тарк этади  0 11:14CAFA U17 Championship 2025 мусобақасига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан бир гуруҳда  5 10:56Эрик тен Хаг катта футболга қайтишга яқин  3 10:30Раулга Европанинг учта жамоасидан таклиф бор  3 10:02“Арсенал“ ҳужумчисига Саудия жамоаси таклиф билан чиқди  3 09:51Денис Коростиченко: "Ўзбекистон U-16 терма жамоасига ёрдамим керак бўлган барча жабҳада кўмаклашишга тайёрман. "Локомотив" - "Олимпик" ўйинида ...га мухлислик қилдим"  1 09:34Финалдаги мағлубиятдан сўнг МЮ тўрт нафар футболчи билан хайрлашишга тайёр  15 09:06Вардига Ла Лигадан таклиф бор  0 08:40“Челси“ ва “Ливерпуль“ 18 ёшли футболчи учун курашмоқда  0 08:13Онана ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  3 07:47“Реал“ мавсумнинг энг яхши футболчисини аниқлади  11 07:20Суперлига. Бугун 11-турга старт берилади. Қаршида етакчилар тўқнашуви бўлиб ўтади  20

Zlatko Dalich: "Goldan so'ng natijani ushlab qolish uchun harakat qildik" Yangiliklar

Zlatko Dalich: "Goldan so'ng natijani ushlab qolish uchun harakat qildik"

"Lokomotiv" - "Al Ayn" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Zlatko Dalich o'z fikrlarini bildirdi.


"Jamoamni g'alaba bilan tabriklayman. Fantastik o'yin o'tkazdik. SHu bilan birgalikda, "Lokomotiv"ni ham ajoyib o'yin bilan tabriklayman. Ular ham ajoyib o'ynashdi. Ammo, bugun mening jamoam kuchli edi. O'yin uchun tanlagan taktikamiz bugun o'z ishini berdi. Ayrim vaziyatlarda esa omad ham bizga kulib boqdi. Goldan so'ng natijani ushlab qolish uchun harakat qildik. Barchasi o'zimizga bog'liq edi va biz buni uddalay oldik. 

O'zbekistonda hech qachon yutqazmaganim haqida kecha ham aytib o'tgandim. Bu yoqimli anana davom etayotganligidan xursandman", - deydi murabbiy.

O'yinning eng yaxshi futbolchisi Umar Abdulrahmon: "Al-Ayn" ahlini ushbu g'alaba bilan tabriklayman. Bugun biz taktik jihatdan ideal o'yin namoyish etdik. Kerakli vaqtda gol kiritib oldik va o'yin oxirigacha ushbu hisobni ushlab qolish qiyinchilik tug'dirgani yo'q. "Lokomotiv"ga boshqa turnirlarda omad tilayman".


Murabbiy: Avvalgi bosqichda ham o'z maydonimizda durang o'ynab, safarda g'alaba qozongandik. Bu shogirdlarim mening ko'rsatmalarimni mukammal bajarayotganliklaridan dalolat. Biz "Lokomotiv"dek ideal formada emasdik. Nasib qilsa, albatta o'z formamizga kirib olamiz. Bu biz uchun ikkinchi yarim final va bu ajoyib natija. 


Umar Abdulrahmon: Evropa top jamoalari? Men "Al-Ayn" bilan OCHLda g'olib chiqmoqchiman.


Murabbiy: Muxlislar tomonidan yaratilgan muhit bizga yordam berdi. Bundan xursandmiz. To'g'ri, sizlar xursand emassizlar. Biroq, ayni paytda biz juda xursandmiz.

Biz uchun o'z maydonimizdagi dastlabki o'yin qiyin bo'lgandi. O'shanda issiqda, shuningdek, bosim ostida va mavsumdagi birinchi o'yinimizni o'tkazgandik. 


O'zbekistonda yutqazmaslik siri? Bunda xech qanday sir yo'q. O'zbek jamoalari doimo feyr-pleyga amal qilishadi. O'yinni buzishga harakat qilmaydilar. Biz uchun o'z uslubimizda o'ynaydigan jamoaga qarshi o'ynash osonroq", - deya o'z fikrlarini yakunladi mehmonlar murabbiyi.


Aziz To'xtamurodov

Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика