So’nggi yangiliklar

09:30Неймар “Сантос“ билан янги шартнома имзолади. Унинг янги маоши маълум  0 09:01Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир чорак финалчи аниқланади  1 08:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўртоқлик учрашувида йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  1 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  5 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  1 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  14 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  1 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  2 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  1 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  7 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  1 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  10 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  17

Zlatan Ibragimovichdan 10 ta savolga 10 ta ajoyib javob Yangiliklar

Zlatan Ibragimovichdan 10 ta savolga 10 ta ajoyib javob

SHveciyalik futbolchi Zlatan Ibragimovichning jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga bergan ajoyib javoblari 10 taligi bilan tanishib chiqing.

10. O'yin uslubi haqida...

Jurnalistni Ibragimovichning o'yin uslubi haqidagi savoli: "SHvedcha uslub? Yugoslavcha uslub?". Va albatta javob ham o'zgacha uslubda bo'lgan: "Bu Zlatanning uslubi".



9. Arsen Vengerning taklifi haqida...

Arsen Venger 17 yoshligimda meni "Arsenal"ga ko'rikka taklif qilgandi. Men esa rad etganman - "Zlatan nimanidir eshitish uchun bormaydi".

Boshqa istalgan futbolchi "Arsenal"ga ko'rikka borishga jon-jon deb rozi bo'lgan bo'lardi. Biroq, o'zini futbol Xudosi deb hisoblaydigan Zlatan bunga rozi bo'lmagan.


8. Universalligi haqida...

"Men 11 ta nuqtada o'ynay olaman. CHunki, yaxshi futbolchi maydonning istalgan joyida o'ynay olishi lozim" - Zlatan uchun bajarib bo'lmaydigan ishning o'zi yo'q.



7. Jarohat haqida...

"Zlatanning jarohati istalgan jamoa uchun yo'qotish".


6. PSJga o'tganidan so'ng...

"Biz kvartira izlab ko'ramiz. Agar topa olmasak, ko'p ehtimol bilan mehmonxona sotib olaman".



5. Zlatan umr yo'ldosh sifatida...

"Ibragimovich ayolining tug'ilgan kuniga nima sovg'a qiladi? Hech narsa. Ahir uning Zlatani bor".


4. Uning harakatlarini tanqid qilishganida...

"Karyu to'p bilan qilayotgan ishlarini men sizga apelsin bilan bajarib beraman".
"Aston Villa"ning sobiq futbolchisi Jon Karyu Zlatanning foydasiz fintlari borasida gapirgandi...


3. Uchrashuv...

"Men bilmayman. Lekin, topsam u bilan albatta uchrashuv belgilayman". Bu "Dunyoning eng chiroyli ayoli deb kimni hisoblaysiz" degan savolga javob edi.


2. SHaxsiy hayoti haqida.

"Nima uchun yuzingizda tirnalgan joy bor?" Javob ham Zlatancha uslubda bo'lgan - "Bilmasam... Lekin, buni ayolingizdan so'rab ko'rishingiz mumkin".


1. Orientaciya haqidagi savol...

Ayol jurnalistlardan biri Zlatanning besoqolbozligi haqidagi savolni berganiga haligacha afsus qilsa kerak: "Uyimga keling. SHunda aniq javobni bilib olasiz. O'zingiz bilan singlingizni ham olib keling".


sports.ru sayti asosida tayyorlandi

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика