So’nggi yangiliklar

19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  0 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  0 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  2 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  6 17:03Ўзбекистон МТЖнинг ноябрь ойидаги йиғин учун тахминий таркиби  33 16:30Ўзбекистон МТЖ қачон йиғин бошлайди?   9 16:07Камолиддин Тожиев: "ОЧЛда ҳужумкор ва очиқ футбол намойиш этиш хавфли. "Ал-Райян" энг жиддий рақибимиз"  8 15:49"Олимпик" футболчилари 3 ойдан бери маош олишмаяпти  6 15:20Икки легионер, хет-трик соҳиби, чемпионлик голини урган футболчи — Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  1 14:59Мостовой "Спартак" билан ўйинда Аббос Файзуллаевда бўлган имконият ҳақида гапирди  4 14:38⚡️Германиянинг учта топ клуби Абдуқодир Ҳусановни қишдаёқ сотиб олмоқчи  36 13:57Про лига. 26-тур ўйинларини кимлар бошқариши маълум  1 13:24Суперлига. 24-тур учрашувларининг бошланиш вақти эълон қилинди  1 12:56Элит ОЧЛ. Бугун Ўрунов ва Машарипов жамоалари майдонга тушади, Жалолиддин "Ал Ҳилол"га қарши  1

Zinedin Zidan: Futbolchi, ota va umr yo'ldosh Yangiliklar

Zinedin Zidan: Futbolchi, ota va umr yo'ldosh

Katta narsalar uzoqdan ham ko'rinadi.
U futboldagi so'nggi aqlli futbolchilardan biri. 1998 yilgi finalda urgan ikki goli tufayli Franciyada qahramon darajasiga ko'tarildi. G'aroyib, mo'jizaviy, daxshatli va asosiysi CHempionlar ligasi finalida urilgan muhim goldan so'ng u yanada mashhurlikka erishdi. "Men oddiy Zizuman, yoki shunchaki Yaz".

SHunchaki ko'zlariga qarab



“Bazida hammasini tashlab, ketib qolging keladi. Ammo ayolimning ko'zlariga qarab shuni tushundim: haqqim yo'q. Oxirigacha kurashish kerak” – deydi Zidan.

Ular 1988 yildan beri tanish. Kann shahrida, Veronik hali kinoyulduz va mashhur prodyuser bo'lib ulgurmagan, mahalliy klublarning birida oddiy raqqosalik qilar edi. O'shandan beri ular birga.

Rolan Kurbis uni "Bordo"ga chaqiradi. Bu jamoada uch ajoyib futbolchi Lizarazyu – Zidan – Dyugarri to'p tepadi va ular avvaliga jamoani mamlakatning asosiy ligasiga qaytaradi. Keyin esa ular Evropada g'alabalar gastroli uyushtirishadi. Ularni turli hil top klublar terib ketadi. Zidan esa “Yuventus”ga nasib qiladi.


 
CHempionlar ligasi final bahsidagi mag'lubiyatdan keyin uning ko'zlarini unutish qiyin. O'sha finalda xursandchilik qilgan Yerro, Sanchis va Raullar bilan bir qancha vaqtdan so'ng echinish xonasida Zidan birga o'tiradi. U yozda mo'jiza ko'rsatadi.

Hamma 1998 yili Zidanning finaldagi dubli va musobaqa davomidagi ajoyib va takrorlanmas to'p oshirishlarini eslasa kerak.

“U doimo buni qilishga qodir bo'lgan. U sabrli va yaxshi niyatli inson. U har doim hamma narsada tartibli bo'lgan va barchaga huddi shunday talablar qo'ygan. Maydonda doimo haqqoniy kurash bo'lmasligini hamma biladi. Orqadan zarbalar, so'kinishlar, janjallar. Zizu – musulmon. U oilasiga alohida etibor beradi” – deydi Dide Desham.

Gallaktik asrning boshlanishi

Ajoyib uchlik - Desham maydon markazida hujumlarni buzib Jorkaef va Zidanga to'p olib berardi, ikki engib bo'lmas himoyachilar Blan – Desayi esa himoya markazida hujumlarni sochib tashlar edi. O'tib bo'lmas devor va har qanday eshik uchun kalit. Lizarazyu va Tyuramni ham unutmaslik kerak.

Franciya yarim final bosqichida mag'lubiyat yoqasida edi. SHuker Xorvatiya hisobda oldinga chiqib olishiga imkon yaratadi. Tyuram esa Zidanning to'p oshirishlariga ochilib xorvatiyaliklarga ikki gol bilan javob beradi.

“Liza doimo etakchi bo'lgan. "Bordo"da penaltilarni u tepardi, terma jamoada esa u yoki Jorkaef. Bir xatosidan keyin meni nuqta oldiga olib kelib “Tep” deydi. U mening hayotimdagi eng qimmatli insonlardan biri. U do'stlik va jamoa nima ekanligini biladi” – deydi Zidan.

Keyinchalik esa “Yuventus” Zidanni olib qolish uchun barcha yo'llardan foydalanadi, ammo bu savolga javob tayyor edi. Zidan “Real Madrid” azosiga aylanadi.

SHu bilan “Real Madrid”ning gallaktik asri boshlanadi. Miyatovich va SHuker "Valensiya" va "Sevilya" darajasidagi futbolchilar edi, Raul va Yerro esa Ispaniya terma jamoasining superyulduzlari bo'lishgan. O'sha vaqtda klub ko'plab omadsiz xaridlar amalga oshirgan. Ular ko'pchilikka yoqardi, ammo hech narsa yutisha olmasdi. Zidan poytaxt klubiga o'tganidan so'ng, Peres ko'plab futbolchilar bilan muzokaralar o'tkazadi. U aynan o'sha vaqtda sport direktorligi vazifasini bajara boshlagan.



Hammasi boshlandi. Primera, CHempionlar ligasi, gollar, to'p oshirishlar, barchasi yangicha va yangi yulduzlar. O'sha vaqtda bir qiziq voqea yuz bergan. Bekxem Rauldan 7 raqamni unga berishini iltimos qiladi. Raul indamaydi. Bekxem yoniga Zidan va Figu kelib unga: “So'zsiz sen yulduzsan. Ammo biz ham bunga ko'nikdik. Luish ham 7 raqamda o'ynardi. Hozir esa 10 bilan maydonda. Men ham bunga ko'nikdim. CHunki 7 raqam - bu Raul”.

Dononing xazili

Zidan ruxan hech qachon yulduz bo'lmagan. Biz u o'zini hayotda qanday tutishini bilamiz. Uning barcha harakatlari o'z fikriga ega, halol yigitligini isbotlaydi.

Vaqtida ketish muhim. U barcha yutuqlarga erishdi. Uning esda qolarli goli Evrodagi yarim final, 120 daqiqa, aldab o'tish, zarba va Abel SHaver to'pni chiziqdan olib chiqadi. To'p qo'lga tekkan edi. O'sha Portugaliya terma jamoasi ko'p narsaga qodir edi. Hakam penalti qo'yish uchun kerakli dalillarga ega edi. Penalti belgilandi. 10 daqiqa futbolchilar bahslashishdi. Zidan penaltini sovuqqonlik bilan golga aylantiradi.

2006 yil jahon chempionati

Franciya terma jamoasi o'z etakchisining harakatlari bilan finalgacha emaklab keldi.
Materacci ham o'z jamoasiga, o'z uslubida yordam berar edi. U finaldan so'ng bir necha bor “Mening vazifam Zidanni o'yindan yo'q qilish edi.  Har qanday yo'l bilan. Men buni bila turib, unga nojoiz so'zlarni aytganman. Asosiysi u maydondan chiqib ketishi kerakligi. Franciya usiz hech kim emas. Biz esa finalda o'ynayotgandik” – deb tan oladi.

Zidan yana erkaklarcha yo'l tutadi. U haqoratli so'zlarga javoban, Materacci bilan o'zgacha xazil qiladi. Bu harakatlari uchun hech kim uni ayblamaydi.


 
Zidan futbolga borini berdi. Uning statistikasi shunday: 612 uchrashuv, 116 gol. Golli to'p oshirishlarini ikkiga, balki uchga ko'paytirish kerak. CHunki "Bordo"dan boshlab u jamoaning yuragi bo'lgan. U to'p oshirishlarida adashishi qiyin edi va bunday sovg'alarni golga aylantirmaslik sharmandalik bo'lar edi.

Zidan, Raul va Guti

U Madridda qoldi. Futboldan biroz dam oldi. Bolalariga nimalarnidir o'rgatdi, Benzema va Peresga foydali maslahatlar berdi. Ammo bu mavsumda u faollashdi. “Real Madrid”da sport direktori lavozimiga tayinlandi.

“Bu juda qiyin va qiziq. Men “Yuventus”da bilgan Anchelotti bilan bir jamoada ishlashimni tasavvur qila olarmidim?  Menimcha, yo'q. Hech kim Madridda paydo bo'lganimdan menchalik hursand emas.Anchelottini murabbiy va inson sifatida yaxshi tariflash mumkin. U meni ko'p narsaga o'rgatdi” – deydi Zizu.

Futbolchilar uni qadrlashardi. “O'tgan mavsumdan keyin menda tanlash imkoniyati bor edi – deb eslaydi Isko, – Morataning fikricha, Zidan ishontirdi. U kamtar. U mening eng yaxshi do'stim va uning so'zlari men uchun ko'p narsani anglatadi. Senga Zidan qo'ng'iroq qilib, uchrashishni taklif qilsa va uchrashuvda o'z jamoasiga taklif qilsa, yo'q deyish qiyin”.

“Biz ko'p narsaga erishdik. Ammo hech qaysimiz Zidan bilan birga o'ynamaganmiz. Uning maslahatlari, fikrlari bebaho. U bilan do'stlik va samimiylik uyg'onadi” – deydi Serxio Ramos.

“O'ylashimcha, Zidan mustaqil faoliyat olib borishga tayyor. Undanda iqtidorliroq shogirdim bo'lmagan” – deydi Karlo Anchelotti.

Keyingi mavsumda u bosh murabbiy bo'ladi. CHempionlar ligasida g'alaba qozonganidan so'ng murabbiyni faqat Abramovich ketqazib yubora oladi. Peres boshqalardan ajralib turadi, muxlislarni hayratga solishni sevadi.   

Kechagina Peres Zidanga Kastiliani boshqarishni taklif qildi. Bu quduq uning darajasida bo'lmasa ham, o'z faoliyatini boshlash uchun yaxshi imkoniyat. Yosh futbolchilar bilan ishlashni va ularning tilini topa olishni Zizu biladi. Futbolchilik paytida, intervyularining birida o'zini bolalar murabbiyi sifatida ko'rayotganini aytgan.



Franciyaga erkin murabbiy sifatida qaytishi hozircha qoldiriladi. Uni hozir Ispaniya bilan ko'p narsa bog'lab turibdi. Norasmiy malumotlarga ko'ra Zidan 2016 yilda Anchelottining o'rnini egallaydi. Raul esa Peresni. Kastiliyada Guti ishlaydi. Orzu. Balki ushalib qolar?


Jasur Aslanov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика