So’nggi yangiliklar

01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 23:38"Милан" — "Бари". Таркиблар маълум  1 23:25"Эспаньол" — "Атлетико". Таркиблар маълум  3 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  17 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  33 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

Zinedin Zidan: "Beyl ajoyib o'yinchi, shu sababli ham "Real" uni tanlagan" Yangiliklar

Zinedin Zidan: "Beyl ajoyib o'yinchi, shu sababli ham "Real" uni tanlagan"

O'tgan xaftada BAA poytaxti Abu-Dabida bo'lib qaytgan "Real"ning ikkinchi murabbiyi Zinedin Zidan OAV vakillari bilan ham suhbatlashgan.
Etiboringizga ushbu afsonaviy francuzning qiziqarli intervyusini taqdim etamiz.

Garet Beyl haqida fikringiz qanday?
U jamoaga tezda kirishib ketdi, hamma uni yaxshi qabul qildi. Uning jismoniy ko'rsatkichi yaxshi emasdi, shu sababli ham unga boshida qiyin bo'ldi. Xozir esa u mashg'ulotlarni boshladi va tez orada o'yinga tayyor bo'ladi.

Uning bahosi o'z darajasiga to'g'ri keladimi?
Bunday bozorda shu narxda sotishni va olishni xohlaydigan jamoalar bor. Beyl ajoyib o'yinchi, jamoaga ko'p foyda keltiradi, shu sababli ham biz uni tanladik.

Nima deb o'ylaysiz Benzema nega gol urolmayapti?
Qachonki o'yinchida "qora chiziqlar" bo'lsa unga qiyin bo'ladi. Balkim u o'ziga bo'lgan ishonchni va sovuqqonlikni yo'qotgandir, lekin istedodini hech qachon yo'qotmaydi. Undan gollar talab qilishmoqda, u xozir gol urmayapti va shuning uchun ham uni tanqid qilishyapti, lekin Karimga va uning bajarayotgan vazifasiga shubhalanish kerakmas. SHunda Benzema hech qachon taslim bo'lmaydi.

Kelajakda bosh murabbiy bo'lishni rejalashtiryapsizmi?
Men Franciya termasining murabbiyi bo'lishni orzu qilaman, lekin bu kelajakda. Men har doim sabrli bo'lganman va Karlo bilan ishlashda ko'p narsa o'rganishim kerak, bu esa kelajakda bosh murabbiy bo'lishim va mening maqsadim uchun imkoniyatdir.

Real Madrid mavsumni sust boshlaganini qanday baholaysiz?
Natijalar oldingizda. O'ylashimcha ular sizni qoniqtiradi, lekin bizda o'sish bor.

Iskoni siz bilan solishtirishlariga nima deysiz?
Isko bilan solishtirishlar bo'ldi, lekin oldinlari men endi o'ynashni boshlaganimda meni ham solishtirishardi. Odamlar meni bitta chiziqda o'ynaganligimiz uchun ham, "Yuventus"da o'ynaganligimiz uchun ham Platini bilan solishtirishgan.

Jamodagi eng yaxshi do'stingiz kim edi?
Ronaldo. Unda ajoyib istedod bor edi.


Javlonbek Yusupov tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика