Zinchenko: "Kompani ketganida baqirib yuborganman"
22 iyu 2019 11:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/507849_original.jpg)
![](/upload/storage/507849_220.jpg)
Zinchenko: "Kompani ketganida baqirib yuborganman"
"Manchester Siti" himoyachisi Aleksandr Zinchenko jamoaning sobiq sardori Vensan Kompanining ketgani haqida fikr bildirdi.
"Men hali ham ko'p narsalarni o'rganyapman va aytishim mumkinki, u menga juda katta yordam bergan. Maydon tashqarisida, o'yinda undan ko'p narsalarni o'rgandim. U mashg'ulotlardan so'ng men bilan 40 daqiqa ishlardi va men yaxshiroq o'ynashni boshlardim", - deydi Zinchenko.
"Kompanining ketishini hech kim kutmagan edi. To'g'risi, baqirib yubordim. Men Vensan bilan aloqada qolishni istayman, u men uchun haqiqiy afsonadir".
Kompani "Manchester Siti"dan mavsum yakunlangandan so'ng ketgan va shundan so'ng o'ynovchi murabbiy sifatida "Anderlext"ga yo'l olgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar