Ziesh "Ayaks"ga qaytishni xohlashini tan oldi
06 dek 2021 14:45
Yangiliklar


Ziesh "Ayaks"ga qaytishni xohlashini tan oldi
"CHelsi" yarim himoyachisi Xakim Ziesh London klubiga qadar to'p tepgan "Ayaks"ga qaytishni xohlashini tan oldi.
"Ayaks"ga qaytishni xohlardim. U erda ajoyib paytlar bo'lgan. Bu men o'zimni uydagidek his qiladigan joy. Agar qaytish menga bog'liq bo'lsa, albatta bu sodir bo'ladi", - deydi Ziesh.
28 yoshli Ziesh "Ayaks" tarkibida 2016-2020 yillarda o'ynagan.
Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi. Uning "CHelsi" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar