Zidan: “Ronaldusiz “Real”ni tasavvur qilolmayman”
06 jan 2018 23:16
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/298214_original.jpg)
![](/upload/storage/298214_220.jpg)
Zidan: “Ronaldusiz “Real”ni tasavvur qilolmayman”
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoasi hujumchisi Ronalduning jamoani tark etishi haqidagi gap so'zlarga izoh berdi.
SHuningdek, Zidan Ramosning jamoadagi roli haqida gapirdi.
-Siz “Real”ni Ronaldusiz tasavvur qila olasizmi?
-Yo'q. Mutlaqo yo'q. U “Real” futbolchisi va faoliyatini shu erda yakunlamoqchi. Krishtianuni boshqa klubda to'p tepishini o'ylay olmayman.
-Ramossiz “Real” nimani yo'qotadi?
-Juda ko'p narsani. U bizning etakchi va sardor. U doim biz bilan birga bo'lishini istaymiz. Albatta jarohatlar ham bor. Payshanba kuni u biroz betob edi, shifokorlar tavsiyasi bilan tavakkal qilishni istamadik.
Oldimizda juda ko'p o'yinlar bor, mavsum uzun va u bizga sog'lom holatda zarur. O'ylamanki, u kam muddatga safdan chiqdi”, deydi Zidan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar