Zidan: "Men kelganimda hammasi yaxshi edi, ammo hozir "Real"da qora kunlar"
02 mar 2016 10:34
Yangiliklar
Zidan: "Men kelganimda hammasi yaxshi edi, ammo hozir "Real"da qora kunlar"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Levante"ga qarshi o'yindan oldin jamoadagi vaziyat haqida so'zladi.
"Men kelganimda hammasi yaxshi edi, ammo hozir bizda qora kunlar.
Barcha o'y-fikrlarim jamoa bilan ishlashga qaratilgan. Biz hammasini ijobiy tomonga o'zgartira olishimizga ishonaman. Boshqa hech narsa meni havotirga solayotgani yo'q. Uch oydan so'ng nima bo'lishini bilmayman. Biz yaqin kunlardagi uchrashuvlarga etibor qaratyapmiz. Hozirda eng asosiysi bir jamoa bo'lib, "Levante"ga qarshi o'yinga tayyorlanish.
Men o'z futbolchilarimidan bor kuchini berishni talab qildim. Men Xames, Pepe, Benzema, Ronalduning yaxshi o'yin ko'rsatishiga erishishim kerak" - deydi Zidan.
Fikrlar