So’nggi yangiliklar

14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  0 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  3 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14

Mbappe va Zidan bir jamoada o'ynaydi-mi?! Yangiliklar

Mbappe va Zidan bir jamoada o'ynaydi-mi?!

Mbappening ukasi terma jamoasini alishtirishi mumkin.

U Jazoir terma jamoasi sharafini himoya qilishi mumkin. Mamlakat futbol federaciyasi yaxshi ishlamoqda.

"Real Madrid" yulduzi Kilian Mbappening 18 yoshli ukasi Etan Jazoir terma jamoasi safiga borib qo'shilishi mumkin. Avvalroq, francuz futboli afsonasining o'g'li — Luka Zidan shunday yo'l tutgandi.

Jazoir Mbappeni o'z tarkibida ko'rmoqda. Biroq Etanga bu kerakmi?

"Foot Mercato"ning xabariga ko'ra, Jazoir futbol federaciyasi "Lill" yarim himoyachisi Etan Mbappeni tarkibiga jalb etish borasida ish olib bormoqda. 18 yoshli futbolchi onasi Fayza Lamari ajdodlari orqali Jazoir milliy terma jamoasiga jalb etilish huquqiga ega. 

Boshqa tomondan sportchining o'zi — "Marsel" futbol maktabidan chiqqan va francuz futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bundan tashqari u Franciya U-19 terma jamoasi safiga jalb etilgan. Takidlanishicha, uning kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilinmagan, Etanning o'zi bu borada qanday fikrda ekanligi nomalum.

Zidan kutmoqda

Jazoir terma jamoasi birinchi bor mashhur futbolchilarning yaqin qarindoshlarini tarkibiga chorlayotgani yo'q. U erda afsonaviy Zinedin Zidanning o'g'li, 27 yoshli "Granada" darvozaboni Luka o'ynamoqda. U sentyabr oyida rasman sportdagi fuqaroligini alishtirdi, oktyabr oyida esa terma jamoaga taklif oldi. Shu o'rinda eslatib o'tamiz, Luka vaqtida Franciya termasi safida U-17 Jahon chempionatida qatnashgan.

 

"Bu erda, Jazoirda, ekanligimdan xursandman, bu mening birinchi chaqiruvim — va qandaydir g'urur tuyg'usini his qilyapman. Biz jahon chempionati saralashining keyingi uchrashuvida g'olib bo'lmoqchimiz, bu muhim bahs. Odamlar bizni qo'llab-quvvatlashlariga ishonamiz", — deya Luka so'zlaridan iqtibos keltirgandi "RMC Sport".


Bosh murabbiy Vladimir Petkovich JCH-2026 saralashi doirasidagi so'nggi bahsda Uganda qarshi kichik Zidanga asosiy tarkibdan joy berdi. Golkiper o'yinni to'liq o'tkazdi, uchrashuv avvalida gol o'tkazib yuborgan bo'lsada, yakunda jamoasi 2:1 hisobida zafar quchishiga munosib hissa qo'shdi. Jadvaldagi vaziyat nuqtai nazaridan bahs hech nimani o'zgartirmasdi — avvalroq Jazoir Somalini yirik (3:0) hisobda yutib, mundial yo'llanmasini qo'lga kiritib ulgurgandi.

Lukaning otasining xalqaro faoliyati yutuqlarga boyroq bo'lgandi. U uzoq yillar davomida Franciya sharafini himoya qilgan va JCH-1998 hamda Evro-2000da g'olib bo'lishni uddalagan.

Jazoirlik muxlislarning esa Lukadan umidi katta. Shu o'rinda Etan Mbappedan ham. Agarda "Lill" yarim himoyachisi taklifni qabul qilsa, "sahro tulkilari" tarkibi chindan sezilarli ravishda kuchayib oladi. Axir yana qaysi jamoa tarkibida ham Zidan, ham Mbappe borligi bilan maqtana oladi?

Reyting: -1   

Fikrlar

+1   
16 noy 17:45:54
Ahadjon Sidiqov
Бу матн худди интернетдан кийим заказ килгандаги реклама зур номдор ичини очсанг мушук терисидан телпакка ухшайди.
   
17 noy 09:06:52
ArBaMu
Ўнайди...!?
   
16 noy 20:25:27
Абдулазиз Кодиров
Калта уйлашади маза бемаза нарсаларни ёзишади асаб бузилади узидан журналист ясавоганлар
   
16 noy 20:23:40
Абдулазиз Кодиров
Узича зор нарса ёздим деб уйледида буни биз билмаганде ха калтафахим бошка нарсаларди ёз ука духин йетами......
Ёзиш ким канде чемпион боган узбек футболида неччи марта сохта чемпион богани келишилга уйинларни ёзиш духин йетса бор ана архивга бор сора тирик одамлардан хозирам яшаётган хаётлари куп.духин йетмеди каламини кутинга тикиб куйишами
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика