Germaniyada AQSHdagi Jahon chempionatini boykot qilish haqida gapirilmoqda

Administrator
20 yanv 2026, 22:01
Germaniyada AQSHning Grenlandiyaga nisbatan poziciyasi tufayli 2026 yilgi JCHni boykot qilishga chaqirishdi.

"Sankt-Pauli" klubi prezidenti hamda Bundesliga va Germaniya futbol federatsiyasi ijroiya qo'mitasi a'zosi Oke Gyottlix AQSH prezidenti Donald Tramp va uning Grenlandiya bo'yicha bayonotlari sababli 2026 yilgi jahon chempionatini boykot qilish masalasini muhokama etishga davat etdi.

"Yevropaga bilvosita, ehtimol yaqin kelajakda to'g'ridan-to'g'ri tahdid solayotgan mamlakatda yevropaliklar musobaqalarda qatnashishi kerakmi, degan savol haqiqatan ham o'rinlidir," deya Gyottlixning so'zlarini keltiradi City A.M.

Bundan oldin Tramp Daniya avtonom hududi hisoblangan Grenlandiyada raketaga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirish uchun AQSH nazoratini o'rnatish istagini bildirgan edi.

2026 yilgi jahon chempionati uch mamlakat - AQSH, Kanada va Meksika hududida o'tkaziladi. Musobaqa 11 iyunda boshlanib, final 19 iyulda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: CITY A.M.