Jon Bruks: “O'yindan ikki kun oldin bashoratga o'xshash tush ko'rganman”
17 iyu 2014 16:00
Yangiliklar
Jon Bruks: “O'yindan ikki kun oldin bashoratga o'xshash tush ko'rganman”
AQSH terma jamoasi himoyachisi, Ganaga g'alaba golini urgan Jon Bruks o'yin haqida fikr bildirdi.
“O'yindan bir necha kun oldin tush ko'rdim, bu haqida jamoadoshlarimga ham aytib berdim. Tushimda o'yinning 88 daqiqasida gol uribman va jamoamiz g'alaba qozonibdi. Bugun 88 da emas 86 daqiqada gol urdim va g'olib bo'ldik. Golni huddi tushimdagidek, burchakdan etkazib berilgan to'pni bosh bilan urdim. Tushim rost chiqdi. Bu birinchi va so'nggisi bo'lmaydi degan umiddaman. Goldan keyin men bilan mana shunday voqea yuzbergani uchun yaratganga minnatdorchilik bildirdim. Rostini aytsam o'yin boshida biroz havotirlandim. Tim Xovard menga himoyachilar bilan doimo aloqada bo'lishimni aytdi. Ammo men maydonda ko'p gapiradiganlardan emasman, shuning uchun qiyin bo'ldi”, – deydi Bruks.
Fikrlar