Jo intizomni buzgani uchun "Atletiko Mineyro"dan chetlatildi
04 noy 2014 12:47
Yangiliklar


Jo intizomni buzgani uchun "Atletiko Mineyro"dan chetlatildi
"Atletiko Mineyro" bosh direktori Eduardo Malufning takidlashicha, jamoa hujumchisi Jo tartibni buzgani uchun klubdan chetlatildi.
Endi "Atletiko Mineyro" o'yinlarida Jo bilan birga Emerson Konseysao va Andre ham ishtirok etmaydi. Sankciya muddati mavsum so'nggi qadar etib tayinlandi.
"Yakshanba kuni "Kuritiba"ga qarshi o'ynadik. Uchrashuvdan so'ng jamoa restoranga bordi, ammo soat 1:30da mehmonhonaga qaytdik. Ammo uch futbolchi tartibni buzarlik qilishdi va klub intizomini buzdi. Jamoa prezidenti bilan kelishgan holda bu futbolchilarni klubning bir qismi bo'lmasligiga qaror qildik" - deydi Maluf.
Eslatib o'tamiz, Jo Braziliya terma jamoasi safida so'nggi jahon chempionatida ishtirok etdi.

Fikrlar