Jibril Sisse “Monpele”ga o'tishi mumkin
16 dek 2013 12:04
Yangiliklar


Jibril Sisse “Monpele”ga o'tishi mumkin
“Monpele” klubining yangi bosh murabbiyi Rolan Kurbisning takidlashicha, jamoa “Kuban” klubi hujumchisi Jibril Sisseni sotib olishi mumkin ekan.
Eslatib o'tamiz, Sisse “Kuban” klubi prezidenti Lui Nikollen bilan janjallashib qolgan edi.
“Nikollen va Sisse o'rtasida kelishmovchilik bo'lgan bo'lishi mumkin. Agar Jibril jamoamizga kelib bizga yordam berish istagini bildirsa, men klubda u uchun joy tepib bera olaman”, - deydi Kurbis.
Avval berilgan xabarlarda, Sissening “Bastiya”ga o'tishi haqida aytib o'tilgan edi.

Fikrlar