JCHsiz ham odamlarni futbolga qiziqtirish mumkin, agar...
09 okt 2013 13:25
Yangiliklar

JCHsiz ham odamlarni futbolga qiziqtirish mumkin, agar...
Agar, bitta zo'r tashkilotchi bo'lsa! Bugungi kunga kelib biz uchrashuvlarni natijasi bilan kifoyalanyapmiz xolos.
Futbolni jozibasidan jonli bahra olmayapmiz. To'g'ri bazan MTJ o'yinlariga 40 000 nafar muxlis kiradi va shu o'yinni TVda bir million kishi ko'rdi deylik. Lekin futbol bu faqat MTJdan iborat emas. Oliy liga o'yinlari deyarli translyaciya qilinmayapti. Demak jonli tugur, TVda ham futbolni ko'rish imkoniyatini yo'qotyapmiz. Muxlis esa natijadan xabar topish orqali jamoasiga ishqiboz bo'lyapti. O'z navbatida aksar maqolalar ham PFL qaydnomalaridan kelib chiqib yozilyapti. Huddi-ki, shou biznesga kirib va yakunda uni orqaga ketishiga sabab bo'lgan fonogramma tushunchasi o'zbek futboliga kirib keldi. Hammasi suniy.
O'zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga chiqa olmagani katta zarba bo'ldi. Gazetalarning tiraji tushdi, saytning esa tashrifchilari soni. Fikrlar ham kamayib ketdi, futboldan odamlarning ko'ngli sovudi. "Nega tanqidlar yo'q" degan savolga shunday javob berar edim, tanqidlarni kerakli kishilar o'qib to'g'ri xulosa chiqarganlarida biz bunday ahvolga tushib qolmagan bo'lar edik. Gar tanqidingiz havoga uchayotgan ekan, uni faqat "zo'r maqola bo'libdi" degan fikr uchun yozishdan mani yo'q.
Ko'pchilik futbolimizdan muxlislarni ko'ngli sovushini MTJga bog'layapti. Huddi-ki, biz doimiy tarzda JCH ishtirokchisi bo'lganmiz. 90 yillarni boshida chempionatimiz qanday kuchga edi. 2000 yillardan keyin ham yomon bo'lmadi. Ammo bugunga kelib futboldan avvalgilaridek bo'lmagan darajada bezidik. Sabab nimada bo'lyapti, sababi shundaki, futbolda bor narsamizni ham targ'ib qilib bera olmayapmiz. Bironta klub o'z ixtiyori bilan Universitet yoki kollejga bordimi? Yoki bironta futbol rahbari stadionga o'yindan tashqari kunlari chaqirib tadbir o'tkazdimi? Hech qaerda ko'rmaysiz bunday tadbirni. Futbolni targ'ib qilmasak, undan bezishda davom etaveramiz. CHunki mahalliy futbolni "o'lishi" orqali hamma umidini MTJga bog'laydi va MTJning inqirozi, ular uchun ham inqiroz bo'ladi. Boisi, italiyalik kabi ovunadigan "Yuventus" yoki "Milan"i, nemis kabi "Bavariya" yo bo'lmasam "Borussiya"si yo'q bizning muxlislarni. Aslida PFL va PFL klublari so'nib borayotgan futbolni oyoqqa turg'izishlari kerak.
Biz qachon JCHga chiqamiz bunga hech kim aniq bir yilni ayta olmaydi. 2018 yilga kelib Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Eron qatoriga BAA, Xitoy, Saudiya Arabistoni, IORDANIYA, Qatar kabi davlatlar qo'shiladi. Agar FIFA taqsimlash tizimini o'zgartirmasa 2022ga kelib 3+1 ko'rinishdagi kurashda ishtirok etamiz. Lekin muxlislarni JCHsiz ham futbolga qiziqtirsa bo'ladi-ku?! Mayli ikkita yaxshi o'rtoqlik uchrashuvini Toshkentda o'tkazing, chipta sotuvi, horij TVsiga translyaciyani sotish orqali foyda ham ko'rish mumkin. Osiyo Kubogi saralashidagi bazi o'rtamiyona terma jamoalarni bemalol viloyatlarda qabul qilsak bo'ladi. Oddiy misol Temur Alimxo'jaev boshchiligidagi o'smirlar terma jamoasi o'yinini boshqa erda o'tkazsa bo'lardi. Aslida bizda oddiygina o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishni uddasidan chiqa oladigan mutaxassisning o'zi yo'q. Bazan bosh murabbiylarimiz sparring raqib qidirsa, bazida bizni topa olmay hunob bo'lishadi. Osiyo Kubogidan keyin Quvayt, Iordaniya saviyasidagi MTJlarni o'zimizga ep ko'rmadik. Rosti shunday bo'lgan, ayrim terma jamoalar hatto-ki pul berib biznikilar bilan o'ynashga rozi edilar. Hozir esa biz Suriya bilan o'ynashni uddasidan chiqa olmayapmiz.
Terma jamoamiz futbolchilari bir necha kunga Toshkentda yig'iladilar. Markaz yo O'FF tashabbus ko'rsatib turli xil tadbirlarni nega amalga oshirmaydi. Arzimagan mablag' ketadi. Muxlisni ko'nglini ovlamagandan keyin, million-millionga qurilgan stadionlarni bo'm-bo'sh turishi kimga kerak? TV bilan hamkorlikda qo'shma loyihalarni amalga oshirishda nima yoki kim to'sqinlik qilyapti.
"Bunyodkor"ga qarshi o'ynagandan ko'ra, oliy liga legionerlarini yig'ib Qarshida o'yna deydigan odam yo'q. Keyingi safar Samarqandga bor, 2014 yil ikki Farg'ona va Namanganga. 11 oktyabrdagi o'yin oddiy mashg'ulot maqomiga teng bo'ladi xolos, futbol natija yoki hisobot uchun emas, qachongki muxlis uchun ekanligini tushunib etmas ekanmiz, hech qanday natija bo'lmaydi. Balki MTJ keyingi yil uchun yaxshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazar. SHunda ham viloyatlar uchun, muxlislar uchun o'yinlar qilsa bo'ladi. Qon almashishi lozim bo'lgan terma jamoada hech qanday o'zgarish bo'lmadi. SHunday pallada ikkinchi terma jamoani tuzib uni viloyatma-viloyat o'ynatib yursa bo'ladi-ku! Harajat talab qiladi deysizmi? Futbol muxlis uchunmi, muxlis uchun harajat qilinsin, futbolchi va murabbiy yoki yon atrofdagi MUTAXASSISlar "premiya"ni vazifani bajarishganidan keyin olishsin, ungacha ketadigan harajatlar faqat muxlis va futbol uchun ishlatilsin. Iordaniya bilan o'yingacha ancha-muncha pul ishlatilmadi. Ularni rag'batlantirib turish kerak deysizmi? Nima uchun, Iordaniyani yuta olmaganimiz uchunmi? Agar JCHga chiqishgan bo'lsa boshqa edi, har biri uchun uydan tortib "Malibu" berishlarigacha rozi bo'lardik. Aslida MTJdagi legionerlarni pulga muxtojligi yo'q. MTJ saviyasidagi mahalliy o'yinchi ham yomon topayotgani yo'q. Bir kuni yosh futbolchilardan biri, "qachon bizni Turkiyadagi JCH uchun rag'batlantirishar ekan" deb qoldi. Javobim savol ko'rinishida bo'ldi, senlarni ikki marotaba 0:3 yutqazganlaring uchun hali rag'bat ham kerakmi? Yutqazishda ham yutqazish bor. 1/8 final bu natija emas, natija bu Urugvay - O'zbekiston 4:0! Tarixda mana nima qoldi. Klublarda ham shu ahvol davlat tomonidan berilgan pulni yil davomida tugatsa bo'ldi, shuncha pul ketganiga yarasha bitta muxlis ortiqcha kirishni boshlagan bo'lsa boshqa gap edi, kamaysa kamayapti-ki, aslo ko'paymayapti. Futbol saviyasi ming tushib ketmaydimi, stadionda muxlis uchun bayram kayfiyatini yaratib bering, insonlar dam olish uchun ham boradi. O'tiradigan o'rindig'ingizni changidan, ayoliz dazmollab bergan shimingizga achinasiz. 3 soat suvga tashna bo'lasiz. Och qoringa o'yin sig'adimi, undan ko'ra uyga borib mazza qilib tushlik qilasiz. Agar shularni bari stadionda bo'lsa, kerak bo'lsa farzandingiz bilan borib madaniy hordiq chiqarib qaytasiz, to'g'rimi? Bizda futbol muxlislari uchun nima qilindi shu kungacha? Balki rivojlantirish dasturini o'zgartirarmiz, balki sharoitni avval futbolchilarga emas muxlislarga yaratishimiz kerakdir? O'yin zo'r bo'lsa muxlis stadionga kelaveradi degan tushuncha avvalgi asrlarda qolib bo'ldi. Futbol bu sanat, sanatni tomosha qilish uchun muxlis uchun sharoit bo'lishi kerak. Yoki ko'rganmisiz bironta kinoteatrning o'rindiqlari changib yotganini. Kinoga ikkita chipta olasiz. Kiraverishda istganingizcha emak, suv ana pop korn bor. Mazza qilib 1 oyda suratga olib bo'lingan kinoni ko'rib chiqib ketasiz. Futbolimizda esa 10 yillik mehnatini 10 daqiqalik hurmati qolmayapti...
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar