Xulian Alvares "Atletiko"ni tark etishi mumkin
22 apr 20:37
Yangiliklar
Xulian Alvares "Atletiko"ni tark etishi mumkin
Argentinalik hujumchi Xulian Alvares yozda "Atletiko"ni tark etishi mumkin.
Argentinalik futbolchi Madrid klubidagi kelajagiga shubha bilan qarayotgani aytilmoqda. Gap shundaki, hujumchi "matraschilar"ning bu mavsumdagi o'yinidan hafsalasi pir bo'ldi.
Xulian Alvares joriy mavsum "Atletiko" safida 49 ta o'yin o'tkazib, ularda 26 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. Avvalroq OAVda Alvaresga "Manchester Yunayted" va "Liverpul" klublari ko'z tikayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Atletiko" futbolchining huquqlarini 2024 yilning yozida sotib olgandi. Madridliklar "Manchester Siti"ga 75 mln evro to'lagan (Transfermarkt malumotlari).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar