So’nggi yangiliklar

09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  4 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  1 08:04"Байер"дан хайдаланган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  4 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  7 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  5 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  3 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  22 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  14 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  15 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  46 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  3 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  15

Bahrom Haydarov: "Ikkinchi bo'limda tajriba o'z so'zini aytdi" Yangiliklar

Bahrom Haydarov: "Ikkinchi bo'limda tajriba o'z so'zini aytdi"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan "Andijon FA" - "Qo'qon-1912" (0:7) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Jamoamiz vakillari va muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Raqibimiz yosh futbolchilardan iborat bo'lishiga qaramasdan birinchi bo'limda juda faollik bilan harakat qilishdi. Kelajagi porloq yigitlar ekanliklari ko'rinib turibdi. Tanaffusdan so'ng bizning jamoa vakillari o'yinni kuchaytirishdi va tajriba o'z so'zini aytdi.

- Birinchi bo'limda 0:0, ikkinchi bo'limda 7 ta gol urilishi kamdan-kam uchraydigan hodisa. Buni kutganmidingiz?

- Bunaqa yirik hisob bo'lmasa ham bugun g'alaba qozonishimizga ishongan edim. Ko'p gol urishimizni kutgandim. Ikkinchi bo'limda tajriba o'z so'zini aytdi. 

Uchrashuvning birinchi bo'limda maydonga o'yin amaliyoti kam futbolchilarni tushirgandik. Ikkinchi bo'limda hozirgi kundagi asosiy tarkibimiz vakillarini o'yinga tashladik.

- Yirik hisobda qozonilgan g'alaba Superliga o'yinlari oldidan jamoaga qanday ishtiyoq beradi?

- Buning ustida ishlaymiz. Boisi, vaziyat ijobiy tomonga ham, salbiy tarafga ham ketib qolishi mumkin. Asosiy maqsadimiz guruhdan chiqish. Navbatda "Xorazm" bilan o'yin ham oson bo'lmaydi.

- Legioner futbolchi Amed Kobena bilan shartnoma bekor qilinishiga munosabatingiz?

- Biz ushbu futbolchi bilan bir oy muddatlik sinov shartnomasi imzolagandik. Bu vaqtda o'zini ko'rsata olmadi. Avvaldan jarohati bor ekan, bu mashg'ulotlar jarayonida ham pand berdi. Shu bois Kobena bilan shartnomani bekor qilishga majbur bo'ldik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика