Nunes yozda "Liverpul"ni tark etadi. Hujumchi 2022 yilda 75+25 million evroga sotib olingandi
22 apr 21:20
Yangiliklar


Nunes yozda "Liverpul"ni tark etadi. Hujumchi 2022 yilda 75+25 million evroga sotib olingandi
Darvin Nunes yozda "Liverpul"ni tark etadi.
Fabricio Romanoning yozishicha, urugvaylik hujumchi mavsum yakunida ingliz klubini tark etadi. Bunday scenariyni "Liverpul" vakillari ham, futbolchi tomoni ham qo'llab-quvvatlamoqda.
Qayd etilishicha, Nunes yanvar oyida Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubiga o'tishga yaqin bo'lgan, ammo yakunda mersisaydliklar uni mavsum davomida sotishdan bosh tortgan.
Darvin 2022 yilda "Benfika"dan 75+25 mln evro evaziga "qizillar" safiga o'tgandi. U joriy mavsum APLda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar