So’nggi yangiliklar

11:53Зидан "Реал"га мураббийлик қилиш ниятида эмас  0 11:17"Манчестер Сити" ҳимоячиси кулгили тарзда жароҳат олди  3 10:45"Челси" етакчиси EЧЛнинг навбатдаги турида майдонга тушмайди  0 10:14"Андижон" футболчиси: "Мураббий билан ҳаммаси яхши кетяпти"  3 09:25"Ливерпуль" Салоҳнинг ўрнига Германиядан футболчи топиб қўйди  4 08:48Левченконинг штабидаги мураббий "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 08:20Гвардиола: "Бошқа бундай ўзимни ожиз ҳис қилишни истамайман"  4 07:52Ўзбекистонлик тажрибали ҳакам фаолиятини якунлади  2 07:24"Барселона" футболчиси руҳий ҳолати сабабли бошқа майдонга тушмаслиги мумкин  4 03:03АПЛ. Бруну Фернандешнинг дубли ва МЮдан йирик ғалаба!  14 02:53"Торино" – "Милан". Пулишичнинг бенефиси ва "россонери"дан супер камбэк!  5 02:35"Реал"да Алонсо сўнгги ҳафталарда футболчиларга нисбатан "жуда юмшоқ" муносабатда бўлди деб ҳисоблашмоқда  2 02:00Слот Салоҳнинг сўзлари ҳақида: "Одатда мен босиқ ва хушмуомаламан, аммо бу кучсиз эканлигимни англатмайди"  5 01:28Алиссон Салоҳ ҳақида: "Мо – "Ливерпуль" афсонаси ва ажойиб йигит. Биз жамоа билан ушбу қийин вазиятни енгишга ҳаракат қиляпмиз"  4 00:54МЮ Англия кубоги 3-босқичида "Брайтон"га қарши ўйнайди, "Тоттенхэм" – "Астон Вилла", "Челси" – "Чарльтон", "Арсенал" – "Портсмут", "Ливерпуль" эса "Барнсли" билан тўқнаш келади  0

Nikola Lazarevich: “O'yin oxiridagi vaziyatlarni golga aylantira oldik” Yangiliklar

Nikola Lazarevich: “O'yin oxiridagi vaziyatlarni golga aylantira oldik”

O'zbekiston kubogi 2-turi doirasida “Zamin” – “Qizilqum” (0:3) uchrashuvidan keyin "Qizilqum" ustozi Nikola Lazarevich o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

-“Zamin” jamoasiga shiddatli o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman va futbolchilarimni g'alaba bilan tabriklayman. Biz raqibning kubok bahslaridagi “Qo'qon-1912”ga qarshi ilk uchrashuvini ko'rib, tahlil qilgandik. Ular asosan tezkor qarshi hujumlarga tayanib to'p tepishadi. Jamoa himoyadan hujumga tez o'tadi. Birinchi bo'limda gol urishga qiynaldik. Ikkinchi qirq besh daqiqalikda esa yangi kuchlarni maydonga tashlaganimizdan keyin o'yin suraatini oshirdik va ketma ket gollar urdik. To'g'ri, suniy maydonda va issiq havoda to'p tepish o'yin “temp”iga biroz tasir ko'rsatdi. Ammo raqibiz ham shunday sharoitda maydonga chiqqanini unutmaslik kerak. O'yin oxirida yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana oldik va yirik g'alabaga erishdik. 

-Bugun Usmonov va Rahmatov singari yosh futbolchilar asosiy tarkibda o'yinni boshlashdi. Ularning harakatlari haqida nima deya olasiz?

-Ular mavsum boshidan buyon biz bilan birga. Shu bois bugungidek bahslarda ularga ham imkoniyat beramiz. O'yindan keyingi barcha futbolchilar singari ularning ham harakatlarini tahlil qilamiz. Keyingi o'yinlarda nafaqat ularga, balki kam o'yin zaxirasiga ega boshqa futbolchilarga ham imkoniyat taqdim etib boramiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика