So’nggi yangiliklar

13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  2 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  1 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  15 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  2 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  12 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  2 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  10 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2

JCH-2015. O'zbekiston yoshlari fijiliklarni mag'lub etib nimchorak finalga chiqdi Yangiliklar

JCH-2015. O'zbekiston yoshlari fijiliklarni mag'lub etib nimchorak finalga chiqdi

Fiji U20 va O'zbekiston U20 o'rtasidagi uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borishingiz mumkin.

Fiji U20 - O'zbekiston U20 0:3

Gollar: E.SHomurodov 62, Z.O'rinboev 63, M.Qosimov 90+3.

Fiji U20: Nairube, Naidu, Prasad, Dreloa, Tuivuna, CHand, Xyuz, Verevu, Varanaivalu, Vaka, Sivoki.

Zaxira: Muhammad Xon, Rao, Matanisga, Toma, CHand, Buksh, Sahib, Raju, Deo, Naidu.

O'zbekiston U20: Dilshod Hamroev, Rustam Ashurmatov, Ibrohim Abdullaev, Odil Hamrobekov, Akrom Komilov, Javohir Sohibov, Eldor SHomurodov (Ravshan Xursanov, 84), Otabek SHukurov, Doston Hamdamov (Mirjamol Qosimov, 74), Zabihillo O'rinboev, Doston Tursunov (Hurshid G'iyosov 46).

Zaxira: Sarvar Karimov, Timur Tolipov, Javohir Sidiqov, Abbos Otaxonov, Najmiddin Normurodov, Sardor Azimov, Botirali Ergashev.

Ogohlantirish: Vaka 59, Nikel - Doston Tursunov 6, Odil Hamrobekov 30

 

                        MATNLI TRANSLYACIYA

                                       Yangilash


O'zbekiston yoshlarining nimchorak finaldagi raqibi Avstriya U20. Ushbu o'yin 11 iyun kuni bo'lib o'tadi. Boshlanish vaqti 09:00.


JamoalarO'yinG'alabaDurangMag'lubiyatOchko
Germaniya33009
O'zbekiston31023
Gonduras31023
Fiji31023



Futbolchilarimiz muxlislarga minnatdorchilik bildirishmoqda.

Bir necha daqiqadan so'ng guruh jadvalini etiboringizga havola etamiz.

Uchrashuv yakunlandi. Ushbu sahifada onlayn davom etadi.


90+3. GOOOLLLL!!! Mirjamol Qosimov jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib oldi va darvozaga aniq zarba berdi. 


90+1. Xursanov yaqin masofadan darvozani tashqi tomonini nishonga oldi.


90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89. Fijiliklarda standart. Ammo bu zarba bir kishilik jonli devorga tegib, hujum bartaraf bo'ldi.


87. Maydonda selekcionerlar borligini namoyish etishdi.


86. Nikel Qosimovni yiqitdi.  Sariq kartochka.


84. O'zgarish. SHomurodov o'rniga Xursanov.


Eldor SHomurodov bir o'zi chap qanotdan jarima maydoni ichiga kirib bordi, ammo uning o'tkir burchakdan bergan zarbasi noaniq ketdi.

83. Sohibov bir necha himoyachi orasidan zarba berdi. Darvozabon bu safar to'pni egallab oldi.

.

82. Gonduras - Germaniya 1:5. Uchrashuv davom etyapti.


81. Zarba beradigan vaziyatda futbolchimiz to'pni jamoadoshiga oshirdi va hujumimiz bartaraf etildi.


79. Sohibovv! 11 metrlik nuqta ustidan berilgan zarba, darvozaga emas, osmonlarga ketdi.


78. Akrom Komilov chap qanotdan jarima maydonchasiga yorib kirdi, ammo uning to'p oshirishi manziliga etib bormadi. Burchak to'pidan ham naf chiqmadi.


76. Raqib futbolchilari ham endi qanotlardan hujumga o'tyapti.


74. O'zgarish. Hamdamov o'rniga Qosimov.


                    Abdurahmon Fozilovga rahmat!


72. HAMDAMOVVV!!! Hamdamovning zarbasiga raqib himoyachisi to'sqinlik qildi.


71. Zabixilloning Eldorga etkazgan to'p oshirishni SHomurodov golga aylantira olmadi.


69. Jamoamizning burchak to'pini darvozabon egallab oldi.


68. O'zgarish. Varanivalu o'rniga Rao. Xyuz o'rniga Matanisiga.


67. Vakillarimizda burchak zarbasi.


65. Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi terma jamoamiz muxlislari "GOOOL, GOOOL, YANA BITTA GOL" deya futbolchilarimizni olidnga chorlayapti.


63. GOOLLLL!!!!!! Zabixillo O'rinboev hisobni 0:2 qildi!!! SHomurodovning ajoyib to'p oshirishidan so'ng O'rinboev darvozaga zarba berdi. Raqib darvozaboni o'ziga kelgan to'pni qaytara olmadi.


62. GOOOLLLLLL!!!! Eldor SHomurodov! Bu mo'jiza! Eldor SHomurodovning zarbasini raqib darvozaboni bir urinishda ushlay olmadi va to'p qandaydir mo'jiza bilan darvozaga kirib ketdi.


Sohibov ikki futbolchini chiroyli aldab o'tdi, ammo so'nggi to'p oshirishda xatolik va burchak to'pi.

61. Abdurahmon Fozilov ham "O'ynaysizlarmi yoki yo'qmi" deya etiroz bildirib o'tdi.


59. Sohibovga raqib futbolchisi zarba berdi. Vaka sariq kartochkali bo'lib oldi.


58. Yoshlarimizning to'pni raqibga topshirib qo'yaverishi gol bilan yakunlanmasa bo'ldi.


56. Futbolchilarimiz hujumda. Ammo ikkinchi qavatda ham bizga omad etishmayapti.


53. Fiji futbolchisi jarohat oldi.


52. Abdurahmon Fozilov ham futbolchilarimiz etiroz bildiryapti. Haqiqatdan ham bunday o'yin bilan Fiji u yoqda tursin, xatto "Mahalla Yunayted" jamoasini ham yuta olishmaydi.


51. O'rinboevning jarima maydonchasiga tashlagan to'piga birinchi bo'lib raqib darvozaboni etib keldi, bizning futbolchi emas.


49. Eldorning oshirmasi manziliga etib bormadi va qarshi hujum boshlandi, ammo Ibrohim Abdullaev bir amallab to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


47. Eldor SHomurodovning zarbasi noaniq.


46.O'zgarish.  Hurshid G'iyosov maydonga tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 



                     Javohir Sohibov to'p uchun kurashda

So'nggi soniyalar ham o'tib bo'ldi. Hamdamovning zarbasi nonaniq. Tanaffus.

O'rinboevni yiqitishdi. Gol urish uchun qulay imkoniyat.

45+2. Qarshi hujum nabati fijiliklarda. Ammo ular ham xuddi bizning futbollchilar kabi sust harakat qilishdi.


45+1. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. Qarshi hujumga o'tgan futbolchilarimiz qarshi hujum qanday bo'lishini unutib qo'ydi.


Hamrobekov bir vaziyatda qovun tushirib, keyingisida qutqarib qoldi.

45. Fiji jamoasi to'xtovsiz hujumlarni amalga oshiryapti.


44. Raqiblarimizda juda qulay imkoniyat paydo bo'lgan edi, ammo baxtimizga zarba berish esdan chiqib qoldi.


42. Hamrobekov o'ziga kelgan to'pni o'zgacha uslubda zarba berishga urindi, ammo oddiy tepganda ham u to'pga tekkan bo'lar edi.


41. Fijilik futbolchi SHomurodovga tirsagi bilan zarba berdi, ammo hakam jim.


39. ZARBAAA!!! Hamdamovning oshirmasiga boshi bilan zarba bergan O'rinboev biroz adashdi. 


37. SHomurodov devor uslubidagi to'p oshirishda bir futbolchidan o'tib jarima maydonchasiga to'pni tashlab berdi, raqib himoyachilari yaxshi o'ynashdi.


Hakam kutilmaganda o'yinni to'xtatib bahsli to'pni o'yinga kiritdi. 

36. Elkama-elka kurashlarda futbolchilarimiz yaxshi harakat qilyapti.


34. Fijiliklar qarshi hujumga tayanib o'ynashyapti.


Biz g'alaba qozonmasak Germaniya yutganining bir tiyinlik foydasi yo'q.

33. Ikkinchi uchrashuvda Gonduras Germaniyaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lyapti.


32. Yoshlarimizda burchak to'pi.


30. Sariq kartochka. Odil Hamrobekov.


29. Ajoyib to'p oshirishlar, ammo hujumimizni yakunlaydigan futbolchi topilmayapti.


28. Akrom Komilov uzoq masofadan zarba berdi. Burchak zarbasi. Burchakdan o'yinga kiritilgan to'pdan ham naf chiqmadi.


27. Yoshlarimizning o'yini ancha ochilganday. To'p oshirishlar, to'pni to'xtatish sifatlari ancha yaxshi.


26. Fijiliklarda burchak zarbasi.


25. Futbolchimiz Vakaga nisbatan qoida buzdi. Hakam kartochkasini ayadi.


24. Raqib jamoa futbolchilar ikkinchi qavatda sust o'ynashyapti. Bundan foydalanib qolish kerak.


Hamdavom o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlab berdi, himoyachi O'rinboevdan to'pga oldinroq chiqdi.

23. Iloji boricha tezroq gol urish kerak. Aks xolda holimizga maymunlar yig'laydi.


22. Eldor SHomurodov darvozaga zarba berdi. Noaniq!


21. Haydarov futbolchilarga "Ochilamiz" deya ko'rsatmalar berib turibdi.


19. Kurash asosan maydon markazida kechyapti. HAMDAMOVVV!!! Jarima maydonchasi ichida to'pni tutib olgan Doston darvozaga emas futbolchiga qarata zarba berdi.


16. Hamrobekov 7 metrdan darvozaga zarba bera olmadi. Burchak to'pi. Bir nimalarni o'ylab qo'ygan futbolchilarimizning g'oyasi amalga oshmadi.


15. O'rinboev oshirgan to'pni jamoadoshi tushunmadi va to'p raqiblarga o'tdi.


13. Yoshlarimizda gol urish uchun qulay imkoniyat. Darvozagacha masofa 26-30 metr. To'p jonli devorga tegib qaytdi va qarshi hujum amalga oshishiga bir bahiya qoldi.


12. Stadionda muxlis ko'p. Ammo faqat Abdurahmon Fozilovning ovozi eshitilyapti.


11. Yana futbolchilarimiz maydonga markaziga etib bormay to'pni yo'qotdi va yana juda xavfli hujum. Baxtimizga Vaka to'pga zarba berishda xatoga yo'l qo'ydi. 


11. Abdurahmon Fozilov yoshlarimizni faol qullab-quvvatlashda davom etyapti. Qoyil!


10. ZARBAAAA!!!! O'rinboev va SHukurov bergan zarbalar darvoza to'sini ustuniga tegdi! Gol emas.


9. To'p bilan ko'proq bizning futbolchilar muomalada bo'lishyapti.


6. Doston Tursunovga sariq kartochka. Maaydon markazidagi qo'pollik uchun.


4. Odil Hamrobekovda gol urish uchun ajoyib imkoniyat bo'lgan edi, uning boshi bilan bergan zarbasi to'g'ri raqib darvozaboni qo'liga borib tushdi.


1. Uchrashuv boshlandi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика