So’nggi yangiliklar

11:21Маскерано қўл остидаги "Интер Майами" "Америка"дан устун келди, Месси гол урди  0 10:55"Ливерпуль" Салаҳга Ла Лигадан ўринбосар топди  1 10:28"Барселона" Флик қўл остида Ла Лигадаги 20та ўйинда 39 очко жамғарди. Хави қўл остида бир йил олдин 5 очко кўпроқ эди  11 10:05"Зенит" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 09:42Марко Асенсио Ла Лигага қайтиши мумкин  1 09:18"Бавария" "Боруссия" юлдузини нишонга олди  1 08:51Рэшфорд Лондон клубига ўтишга рози бўлди  4 08:22"Наполи" ва "Манчестер Юнайтед" Гарначонинг нархи борасида келиша олмаяпти  1 07:58"Челси" ва "Арсенал" 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  2 07:32"Валенсия" Ансу Фатини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 07:05Антони Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 02:59Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Хетафе"ни мағлуб эта олмади  106 02:41А Серия. Лукакунинг 78-дақиқада урган голи "Наполи"га "Аталанта"га қарши Бергамодаги ўйинда ғалабани тақдим этди  4 01:20Деле Алли А Серия клубига ўтади  0 00:55Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Боруссия Мёнхенгладбах"га 3та гол урди  0

JCH-2014 stadionlari. “Arena Pernambuku” (Resifi) Yangiliklar

JCH-2014 stadionlari. “Arena Pernambuku” (Resifi)

2014 yilgi Jahon chempionatini qabul qiluvchi stadionlar bilan tanishtirishni davom ettiramiz.
Bunga qadar San Paulu shahridagi “Arena de Korintians”, Natal shahrida barpo etilgan “Arena das Dunas” hamda Fortalezadagi “Estadio Kastelan”, Manausdagi "Arena Amazoniya" va Braziliya poytaxti Brazilia shahrida qad rostlagan "Mane Garrincha nomidagi Braziliya milliy stadioni" kabi stadionlari haqida malumot bergandik.

Bugun Resifi shahrida qurilgan "Arena Pernambuku" haqida malumot beramiz



Resifidagi stadion qurilishi 2010 yil boshlangan, oldin bu erda hech qanday sport majmuasi bo'lmagan.
"Arena Pernambuku" stadioni aslida Resifidan 19 kilometr uzoqlikda joylashgan San-Lorensu-da-Mata municipalitetida qurilgan. Stadion qurilishi uch yilcha davom etdi va unga 230 million dollar sarflandi. Stadion 46 000 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladi, unda 4700 avtomobil to'xtash joyi mavjud. Arena dizayni bilan arxitektor Daniel Fernandes kompaniyasi shug'ullandi. Aynan shu kompaniya "Gremio", "Ponte-Preta" va "Yangi Marakana" stadioni loyihalarini ishlab chiqqandi.



Stadionning ochilish marosimi 2013 yilning 14 aprel kuni bo'lib o'tgan, dastlabki o'yin esa 22 may kuni bo'lib o'tgandi. Unda "Nautiko" va Lissabonning "Sporting" klubi to'qnash kelishgandi. O'tgan yil yozda bu erda Konfederaciyalar kubogi guruh bosqichining uchta o'yini bo'lib o'tadi. Stadion faqat futbol o'yini uchun moslangan bo'lishiga qaramay bu erda sport tadbirlari, turli koncertlar, yarmarkalar va konferenciyalar tashkil etilgan. Stadion hududida barlar, restoranlar, kinoteatr, mehmonxona va konferenc-zal joylashgan. "Arena Pernambuku"da 13ta eskalator, 8ta lift va 4ta panduslar bilan jihozlangan, stadionga kelgan barcha tomoshabinlar 8-10 daqiqa ichida uni tark etishlari mumkin.

Bu erda JCH-2014ning jami beshta (4ta guruh bosqichi, bitta 1/8 final) o'yini bo'lib o'tadi.



To'liq nomi: "Itaipava Arena Pernambuco"
Qurilish boshlangan: 2010 yil 10 oktyabr
Stadion qurib bo'lingan: 2013 yil 22 may
Stadion egasi: Pernambukano hokimiyati
Stadion sig'imi: 46 154
Maydon uzunligi: 105x68
Stadion rasmiy sayti: itaipavaarenapernambuco.com.br/en



Qizilqarli faktlar

Stadionning tashqi tomoni EFTE materialidan yasalgan. Svetodiod yoritish tizimi xuddi Myunxendagi "Alyans Arena" stadioni kabi o'z rangini o'zgartira oladi.

Stadion atrofiga fotoelektrik panellar bor, ular quyosh energiyasini qabul qila oladi. Dastlabki bosqichda quyosh yordamida o'zining 20 foiz energiyasini qoplay oladi.



Stadion chimi atayin issiq iqlim uchun moslab o'stirilgan. U yuqori darajaga va uzoq muddatli quruqlikni ko'tara oladi.

Original konstrukciya tufayli har bir inson istalgan nuqtadan tezkorlik bilan o'z sektoriga etib boradi.



Bu stadiondagi barcha o'yinlar:
14 iyun

Kot-D'Ivuar - Yaponiya

20 iyun
Italiya - Kosta-Rika

23 iyun
Xorvatiya - Meksika

26 iyun
AQSH - Germaniya

29 iyun

1/8 final (D1 - C2)


Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика