"Bavariya" "Borussiya" yulduzini nishonga oldi
19 jan 2025 09:18
Yangiliklar
"Bavariya" "Borussiya" yulduzini nishonga oldi
"Bavariya" Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri Jeymi Gittensning agenti bilan ehtimoliy transfer borasida bog'landi.
Myunxenliklar Gittensga shartnomasi shu yozda yakuniga etadigan Leroy Sanega o'rinbosar sifatida qarashmoqda. Agar tomonlar yangi bitim borasida kelishuvga erishishmasa, nemis grandi Dortmund klubi vingeri Sanening o'rnini egallay oladi deb hisoblaydi.
Jeymi Gittensning "Borussiya" bilan mehnat kelishuvi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt o'yinchini 50 mln evroga baholamoqda. Angliyalik Dortmund klubi safida 83ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 14ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar