Marko Asensio La Ligaga qaytishi mumkin
19 jan 09:42
Yangiliklar
Marko Asensio La Ligaga qaytishi mumkin
PSJ hujumkor yarim himoyachisi Marko Asensio klubini o'zgartirishni xohlamoqda.
Ispan Parij klubidagi maqomidan norozi. U La Ligaga qaytishni xohlaydi. "Real Sosedad" va "Vilyarreal" Asensioga qiziqmoqda. Vilyarreal klubi Marko uchun kurashda favorit.
PSJ Asensioni 20 mln evro atrofidagi narx evaziga xarid qilish imkoniyati bilan ijaraga berishga tayyor. Ispan joriy mavsum parijliklar safida 15ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 4ta assist qayd etdi. Marko Ispaniyada "Malorka", "Espanol" va "Real" sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar