So’nggi yangiliklar

23:43"Челси" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  3 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:45"Астон Вилла" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   18 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  2 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  19 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  28 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  9 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2 18:57Лапорта "Барселона" президентлигига қайта сайланмоқчи  11 18:28"Насаф" етакчисига нима бўлди?  8 18:10Анчелотти атайин "Реал"ни мағлубият томон етакладими?  26

JCH-2014 stadionlari. “Arena Pantanal” (Kuyaba) Yangiliklar

JCH-2014 stadionlari. “Arena Pantanal” (Kuyaba)

2014 yilgi Jahon chempionatini qabul qiluvchi stadionlar bilan tanishtirishni davom ettiramiz.
Bunga qadar 7ta stadion haqida malumot bergandik.

Arena de Korintians” (San Paulu)
Arena das Dunas” (Natal)
Estadio Kastelan” (Fortaleza)
"Arena Amazoniya" (Manaus)
"Braziliya milliy stadioni" (Brazilia)
"Arena Pernambuku" (Resifi)
"Fonte Nova" (Salvador)

Bugun Kuyaba shahridagi “Arena Pantanal” stadioni haqidagi malumotlar bilan tanishing.



Kuyaba shahridagi stadion eski stadion o'rnida qurib bitkazildi. Endi bu erga bir vaqtning o'zida 43 ming tomoshabin futbol tomosha qila oladi. Bu stadionda asosan Braziliyaning uchinchi divizionidagi ishtirok etuvchi klublar o'ynashadi. SHu bois keyinchalik arena sig'imini 28 mingga kamaytirishning imkoni bor.

Stadion shahar markazining bir bo'lagi sifatida qurilgan. Uning yonida restoranlar, mehmonxonalar, bog'lar va ko'llar bor. Qurilish uchun sarflangan mablag'lar hech qachon qaytmasligi aniq. Ammo bu erda turli shou va ko'rgazmalar tashkil etish yo'li bilan oz bo'lsada pul topish mumkin.



Injenerlar stadion ichidagi havo aylanish tizimiga alohida etibor qaratishgan, sababi bu hududda yozda 40 daraja issiq bo'lishi ko'p bor qayd etilgan. "Arena Pantanal"da JCH-2014ning to'rtta guruh o'yinlari bo'lib o'tadi.



To'liq nomi: "Arena Multiuso Governador José Fragelli"
Qurilish boshlangan: 2010
Stadion qurib bo'lingan: 2013 yil
Stadion egasi: Kuyaba shahri
Stadion sig'imi: 42 968
Maydon uzunligi: 105x68
Stadion rasmiy sayti: arenapantanalobras.com.br



Qizilqarli faktlar
Bu stadionni qurishda yog'och va bir qator ekologik materiallardan foydalanilgan. FIFA ushbu stadionni ekologik tomondan eng toza va atrof-muhit uchun eng xafsiz deb topdi.

Hudud qishloq xo'jalikka yo'naltirilgani uchun Jahon chempionati bo'lib o'tganidan so'ng bu stadionda agrosanoat ko'rgazmalari va turli koncert, shoular tashkil etiladi.

2016 yilda arenadan yozgi Olimpiada o'yinlari qatnashchilarining mashg'ulot o'tkazish uchun foydalanishadi.



Bu stadiondagi barcha o'yinlar:
13 iyun
CHili - Avstraliya

17 iyun
Rossiya - Janubiy Koreya

21 iyun
Nigeriya - Bosniya va Gercegovina

24 iyun
Yaponiya - Kolumbiya



Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика