JCH-2014. "S" guruhi. Kolumbiya va Greciya keyingi bosqichda
25 iyu 2014 03:26
Yangiliklar
JCH-2014. "S" guruhi. Kolumbiya va Greciya keyingi bosqichda
Jahon chempionati guruh bosqichlari ham yakunlanib bormoqda. Kechagina start olgan chempionat o'zining hal qiluvchi pallasiga kirgan.
Bugun "S" guruhida so'ngi tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda Yaponiya - Kolumbiya hamda Greciya - Kot-d`Ivuar jamoalari o'zaro bahs olib borishdi.
Bu guruhdan 2-turdan keyin Kolumbiya muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal etgan edi. Qolgan uchchala jamoada esa imkoniyat so'nggi turgacha saqlanib qolgandi.
Kolumbiya Yaponiya bilan bo'lgan o'yinda taribiga biroz o'zgartirishlar kiritdi. Zaxirada qolib ketayotgan bazi o'yinchilar shu kuni o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlashdi. Jekson Martinez, Adrian Ramos, Freddi Guarin kabi futbolchilar Yaponiyaga qarshi o'yinda maydonga tushishdi.
Birinchi bo'limda Kolumbiya ham, Yaponiya ham deyarli teng harakat qilishdi. Uchrashuvning 17-daqiqasida yaponiyalik himoyachi o'z jarima maydonchasi ichida qoidani buzdi va hakam penalti begiladi. Belgilangan 11-metrlik jarima zarbasini Kuadrado aniq amalga oshirib, jamoasi hisobda oldinga olib chiqdi. Bo'limning so'nggi daqiqasiga kelib esa Yaponiya hisobni tenglashtirishga erishdi. Xondaning etkazib bergan to'pini Okazaki boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi va jamoasini tanaffusga mag'lubiyatdan qutqargan holda olib chiqib ketdi.
Lekin ikkinchi bo'limda kolumbiyaliklar Yaponiya darvozasini uch bor ishg'ol etishni uddasidan chiqishdi. Jekson Martinez ikki bor Kavashimani ranjitgan bo'lsa, yana bir vaziyatda Xames Rodrigez o'z so'zini aytdi va uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatdi, 1:4.
"S" guruhining yana bir o'yini Greciya va Kot-d`Ivuar
o'rtasida kechdi. Afrikaliklarni ushbu bahsda durang natijasi ham qoniqtirardi. Greklar esa faqat g'alaba ilinjida maydonga tushishdi.
Birinchi bo'lim so'nggi daqiqalariga kelib Samaris ivuarliklar darvozasiga yo'l topa oldi, 1:0. Jamoalar tanaffusga shu hisob bilan chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo'limning 72-daqiqasiga kelib esa, Kot-d`Ivuar jamoasi hujumini gol bilan yakunlandi. Jervinoning oshirib bergan to'pini Boni Greciya darvozasiga joyladi va hisobni tenglashtirdi, 1:1.
Greciya o'tkazib yuborilgan goldan so'ng hujumlarni yanada kuchaytirdi o'yinning so'nggi daqiqasida penalti ishlab oldi. To'p oldiga yaqinlashgan Samaras mo'ljalda adashmadi va jamoasini keyingi bosqichga olib chiqqan gol muallifiga aylandi, 2:1.
SHundan qilib, Kolumbiya bu guruhda 100 foizlik natijani qayd etib birinchi o'rinni egalladi. Greciya esa ushbu g'alabadan so'ng, o'z aktiviga uch ochko qo'shib oldi va ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l oldi.
JCH-2014. "S" guruhi, 3-tur.
Ogohlantirishlar: Konno (16), Guarin (63).
GRECIYA - KOT-D'IVUAR 2:1
01:00. Fortaleza. "Kastalan" stadioni.
Bosh hakam: Karlos Vera (Ekvador).
Gollar: Samaris 42, Samaras 90+1 penalti - Boni 72
Greciya: Karnezis (Glikos, 24), Manyatis, Manolas, Samaras, Kone (Samaris, 12), Karaguni (Gekas, 80)s, Salpingidis, Torosidis, Lazaros, Sokratis, CHolevas.
Kot-d`Ivuar: Barri, Boka, Kolo Ture, Kalu, Tiote (Boni, 60), Jervino (Jovanni Syu 84), Drogba (Diamond, 78), Ore, Yaya Ture, Serey, Bamba.
Ogohlantirishlar: Drogba 35, Kalu 62, Serey Di 70.

Yaponiya - Kolumbiya 1:4
Kuyaba. "Pantanal" stadioni.
Bosh hakam: Pedro Proensa (Portugaliya).
Gollar: Kuadrado (17-penaltidan), Okazaki (45), J.Martinez (55, 82), Xames Rodriges (89)
Yaponiya: Kavashima, Uchida, Xonda, Nagatomo, Okazaki, Kagava (Kiyotake, 84), Okubo, Aoyama (Yamaguchi, 62), Konno, Xasebe, Yoshida.
Kolumbiya: Ospina (F.Mondragon, 84), Arias, Armero, Kuadrado (Karbonero, 46), Guarin, Mejia, Balanta, Ramos, Kuintero (Xames Rodrigez, 46), Martinez, Valdes.Ogohlantirishlar: Konno (16), Guarin (63).
GRECIYA - KOT-D'IVUAR 2:1
01:00. Fortaleza. "Kastalan" stadioni.
Bosh hakam: Karlos Vera (Ekvador).
Gollar: Samaris 42, Samaras 90+1 penalti - Boni 72
Greciya: Karnezis (Glikos, 24), Manyatis, Manolas, Samaras, Kone (Samaris, 12), Karaguni (Gekas, 80)s, Salpingidis, Torosidis, Lazaros, Sokratis, CHolevas.
Kot-d`Ivuar: Barri, Boka, Kolo Ture, Kalu, Tiote (Boni, 60), Jervino (Jovanni Syu 84), Drogba (Diamond, 78), Ore, Yaya Ture, Serey, Bamba.
Ogohlantirishlar: Drogba 35, Kalu 62, Serey Di 70.
# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | O |
1 | Kolumbiya | 3 | 3 | 0 | 0 | 9 - 2 | 7 | 9 |
2 | Greciya | 3 | 1 | 1 | 1 | 2 - 4 | -2 | 4 |
3 | Kot-D'Ivuar | 3 | 1 | 0 | 2 | 4 - 5 | -1 | 3 |
4 | Yaponiya | 3 | 0 | 1 | 2 | 2 - 6 | -4 | 1 |
Fikrlar