So’nggi yangiliklar

15:20Осиё кубоги-2025 саралаши. Ўзбекистон - Кувайт учрашуви галереяси  0 15:03Breaking! Абдуқодир Ҳусанов бугун хусусий самолётда Манчестерга учиб боради  14 14:51Постекоглу: "Арсенал" ўйинни назорат қилди, бу нормал ҳолат эмас"  0 14:26"Локомотив" ўртоқлик учрашувида "Хоразм"ни енгди  4 14:03Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнаши маълум  11 14:01"Сурхон" Ўзбекистон МТЖнинг гуруҳдаги рақиби билан ўйнайди  1 13:10"Манчестер Юнайтед"нинг собиқ футболчиси АҚШга йўл олиши мумкин  4 12:35Эшитдик-да! "Андижон"га бўйдор легионер ҳимоячи келмоқда  10 12:22Расман: "Ювентус" португалиялик ҳимоячи сотиб олди  3 12:03АҚШнинг хусусий инвестиция компанияси А Серия клубининг 100% акциясини сотиб олди  0 11:52ЎФА учта клубнинг трансфер тақиқини шартли равишда бекор қилди  1 11:48Мафтуна Шойимова: "Тўплар нисбати якунда юқорироқ ўрин эгаллаш учун керак бўлиб қолиши мумкин"  0 10:17Феруза Турдибоева: "Ўз ўйинимизни намойиш эта олдик"  2 10:06«Реал Мадрид» ТОП ҳимоячи билан деярли келишувга эришди  9 09:33Маркус Рашфордга асосий даъвогарлар маълум  3

JCH-2014. Rossiya - Janubiy Koreya. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Rossiya - Janubiy Koreya. PREVYU

"N" guruhida birinchi tur o'yinlarini Rossiya va Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlab beradi.
Belgiyani guruh favoriti deb oladigan bo'lsak, ikkinchi o'rin uchun asosiy davogarlar sifatida Rossiya va Janubiy Koreya ko'zga tashlanadi. Lekin futbolda oldindan taxmin bildirish hech narsani hal qilmaydi. Barchasini uchrashuv va unda kimning kuchliroq bo'lishi hal etadi.



Qitadoshlarimizga to'xtaladigan bo'lsak, Koreyada so'nggi yillarda pasayish kuzatilayotgani bor gap. Avvalgidek ijrochilar terma jamoaga etishmayapti. Bunga jamoada o'tish jarayoni kuzatilgani ham sabab bo'ldi. CHempionat oldidan o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinlarida koreyslar ijobiy natijalar qayd etishmadi. Lekin bu ham biror narsani belgilab bermaydi. Masalan, Italiya o'rtoqlik bahsida Lyuksemburg bilan 1:1 o'ynadi, keyin esa rasmiy uchrashuvda Angliyadan ustun keldi. Koreya hamisha oxirgi daqiqalargacha harakat qiladigan futbolchilarga ega. SHu sababli bu jamoadan istalgan pallada xavf kutish mumkin. Xon Myun Bo amoasi safida kuchli beshlikda o'ynovchi futbolchilar soni ko'p. Bunga rus o'yinchilarining o'z ligalarida yuqori maosh olib, Evropaga intilmay qo'ygani sabab bo'lmoqda.



Rossiya Fabio Kapello qo'l ostida kuchsiz jamoalarga qarshi bahslarda xato qilmaslikni o'rgandi. Lekin grandlar yoki ko'p pressing qiluvchi termalar bilan qanday o'ynashi hozircha nomalum. JCH oldidan ruslar kuchi jamoalarga qarshi to'p tepishmadi. SHirokovning safdan chiqqani Rossiya uchun katta yo'qotishga aylanish ehtimoli mavjud. Koreya yoki Jazoir yaxshi o'yin namoyish qilgan taqdirda bemalol ruslarga katta muammo tug'dira oladi. O'tgan yili Rossiya va Koreya o'rtoqlik bahsida to'qnash kelib, unda evropaliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgandi.

Koreya oxirgi uchta mundialning birinchi o'yinida zafar quchgan. Bu jamoa ketma-ket 8-marta jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Bunday seriya bilan Braziliya, Italiya, Argentina, Germaniya va Ispaniya maqtana oladi xolos.



ROSSIYA - JANUBIY KOREYA
Kuyaba. "Pantanal" stadioni.
Bosh hakam
: Nestor Pitana (Argentina).
Taxminiy tarkiblar
Rossiya: Akinfeev - Eshenko, V.Berezuckiy, Ignashevich, D.Kombarov - Glushakov, Fayzulin - SHatov, Zagoev, Jirkov - Kokorin.
Janubiy Koreya: CHon Son Ryon - Kim CHan Su, Xon Yon Xo, Kim Yon Gvon, Yun Sok Yon - Xan Kuk Yon, Ki Sun Yun - Ku Ja CHol, Li CHun Yon, Son Xyon Min - Pak CHu Yun.


Behzod Nazarov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика