JCH-2014. PREVYU. Urugvay – Kosta-Rika
14 iyu 2014 17:40
Yangiliklar
JCH-2014. PREVYU. Urugvay – Kosta-Rika
Braziliyada davom etayotgan jahon chempionati turdan turga qizg'in tus olyapti.
Bugun “D” guruhida 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Fortalezadagi “Kastelan” stadionida Urugvay va Kosta-Rika o'zaro bahs olib boradi.
Ko'pchilik hozirdanoq Kosta-Rikani guruh autsayderi deb hisoblamoqda. CHunki ular uchun Urugvay, Angliya, Italiya kabi jamoalar bilan tengma-teng kurashish oson bo'lmaydi. Urugvay termasi oxirgi paytlarda ancha kuchaydi, mamlakatdan bir qator yulduzlar etishib chiqdi.Kosta-Rika tarkibida esa yulduzlar yo'q hisobi.
Uruguvay oxirgi oltita o'yinning birortasida mag'lubiyatga uchramadi, Kosta-Rika esa mundialgacha ettita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, shundan faqat bittasida g'alaba qozondi. Jamoalarning o'zaro o'yinlari ham shuni aytib turibdiki, Urugvay Kosta-Rika bilan kechgan bahslarda hali mag'lubiyatga uchramagan, faqat ikki marta durang o'ynagan xolos. Oxirgi marta bu jamoalar JCH-2010 saralash bahslarining pley-off bosqichida kurash olib borishdi va bunda Urugvay ikki o'yin natijasiga ko'ra 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Urugvay safida eng katta yo'qotish deb bemalol Luis Suaresni ayta olamiz. CHunki bu hujumchi mundialga oz vaqt qolganida tizzasidan jarohat oldi. Urugvayliklar ustozi Oskar Tabares o'yindan oldin matbuotga bergan intervyusida tavakkal qilmasligini aytib o'tdi. Bundan ko'rinib turibdiki, Luis Suares dastlabki bellashuvni zaxirada boshlaydi. SHunga qaramay, Urugvayda hujumchilar etarli. Masalan, Kavani bilan Diego Forlanni ayta olamiz.
Kosta-Rika tarkibidagi eng taniqli futbolchi esa Brayan Ruis hisoblanadi. Katta ehtimol bilan jamoaning hujumlari aynan shu futbolchi orqali amalga oshiriladi. Kosta-Rikaning asosiy to'purari Alvaro Saborio jarohat olgani bois o'rnini Markos Urenya yoki Joel Kempbell egallashi kutilmoqda. Balki juft bo'lib o'ynashlari ham mumkin. Ammo ular uchun gol urish oson bo'lmaydi, chunki Urugvay o'zining metin himoyasi bilan ham nom qozongan.
URUGVAY - KOSTA-RIKA
15 iyun. 00:00
Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya)
Yordamchi hakamlar: Mark Borsh (Germaniya), Stefan Lupp (Germaniya)
Zaxira hakami: Viktor Karillo (Peru)
Taxminiy tarkiblar
Urugvay: Muslera - M.Perreyra, Godin, Lugano, Kaseres - G.Ramires, Arevalo Rios, Diego Peres, K.Rodriges - Forlan, Kavani
Kosta-Rika: Navas - Gamboa, Umanya, J.Gonsales, X.Dias - Ruis, Borxes, Texeda, Bolanos - Kempbell, Urenya.
Oskar Tabares (Urugvay termasi bosh murabbiyi): “Mening jamoam ko'p narsaga qodir. Ko'plab o'yinchilarimiz juda yaxshi formada va jahon chempionatida uzoqroqqa borishni maqsad qilganmiz. Oldingi mundialda o'yinchilar 22-23 yoshda edilar, oradan to'rt yil o'tdi va futbolchilar ulg'ayishdi”.
Xorxe Luis Pinto (Kosta-Rika termasi bosh murabbiyi): “Angliya, Italiya va Urugvayni hurmat qilamiz, lekin shuni unutmangki, biz ham futbol o'ynashni bilamiz. Biz hech kimdan qo'rqmaymiz, har bir jamoaga etarlicha qarshilik ko'rsatishga harakat qilamiz”.
O'zaro o'yinlar: +6=2-0, 15-8
Oxirgi o'yin (18.11.2009): Urugvay – Kosta-Rika - 1:1
Qiziqarli faktlar:
1950 yil Braziliyada o'tkazilgan jahon chempionatida Urugvay chempion bo'lgan.
JCH-2014 saralash bashlarida Luis Suares 11ta gol urib, eng yaxshi to'purar bo'ldi.
Oskar Tabares 2006 yilning fevralidan beri Urugvay terma jamoasini boshqarib kelyapti.
Kosta-Rika jahon chempionatidagi oxirgi to'rt o'yinning hammasida mag'lub bo'lgan, 14ta gol o'tkazib yubordi.
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar