So’nggi yangiliklar

14:12Про лига. "Дўстлик" - "Хоразм". Асосий таркиблар маълум  0 14:01"Реал Мадрид"нинг юлдузли таркибидан кимларни танидингиз?  1 13:37Ўзбекистонда октябрь ойининг энг яхши ҳаками бўлиш учун номзодлар маълум  0 13:11"Манчестер Юнайтед"да тарих такрорланяптими?   5 12:54Италия терма жамоаси афсоналарини танидингизми?   3 12:40Тунда "Сити"га учта гол уриб шарманда қилган ҳужумчи: "Аморимни соғинамиз"  3 12:23Биринчи лига. Плей-офф учрашувлари ҳақида икки оғиз  2 12:01"Андижон" бош директори Элбек Саматов: "Таркибимизни кучайтириш устида иш бошланган, ОЧЛни Андижонда қабул қиламиз"  3 11:38Эшитдик-да! CAFA 6 мамлакат клублари ўртасидаги мусобақага асос солишга яқин турибди  9 11:35Асрор Алиқулов: "Ҳакам тўп қўлга теккан вазиятни кўрмасликка олди, шекилли"  0 11:3316 клуб иштирокидаги Суперлига формати юзасидан ПФЛнинг режаси  12 11:25Улуғбек Бакаев: "Бухоро"ни Суперлигага қайтгани билан барчани табриклайман"  1 11:17“Навбаҳор” клуби вице-президенти Отабек Саматов: "Пахтакор"га қарши ўйин муҳим аҳамиятга эга"  5 11:08ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" Қаршида "Ал Ҳусайн" билан ўйнайди  8 10:59Мотта "Лилль" билан ўйин ҳақида: "Бошқачароқ натижани кутгандик, аммо "Ювентус"нинг ўйинидан қониқиш ҳосил қилдим"  0

JCH-2014. PREVYU. Germaniya – Portugaliya Yangiliklar

JCH-2014. PREVYU. Germaniya – Portugaliya

Braziliyada davom etayotgan jahon chempionatida bugun “G” guruhining 1-tur uchrashuvlari start oladi.
Musobaqa g'olibligi uchun favoritlar qatorida tilga olinayotgan Germaniya Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi.

JCH-2014. “G” guruhi. 1-tur
Germaniya – Portugaliya
Bosh hakam: Milorad Majich (Serbiya)

Taxminiy tarkiblar
Germaniya: Noyer - Boateng, Mertezaker, Xummels, Durm - Xedira, Lam - Gyotce, Ozil, Podolski - Myuller
Portugaliya: Rui Patrisiu - Joau Pereyra, Brunu Alvesh, Pepe, Koentrau - Meyrelesh, V.Karvalyu, Moutino - Nani, Almeyda, Ronaldu.



SHunday qilib “G” guruhida favoritlar ilk turdayoq o'zaro to'qnash kelishadi. G'olib chiqqan jamoa keyingi bosqichga chiqish uchun katta qadamni tashlaydi. Kun tartibidan o'rin olgan savol esa quyidagicha: Kritianu Ronaldu o'yingacha sog'ayib maydonga tusha oladimi?  Xabaringiz bo'lsa kerak, Ronalduni hozir jarohat bezovta qilmoqda va uning maydonga tushish-tushmasligi so'roq ostida. Malumki, Ronaldusiz Portugaliya butunlay boshqa jamoaga aylanadi. CHunki SHveciya bilan kechgan pley-off o'yinlarida aynan Ronaldu jamoasini mundial sari etakladi.

Portugaliyada Ronaldu masalasi so'roq ostida turgan bo'lsa, Germaniya terma jamoasida esa yaqqol yo'qotish bor. Marko Roys og'ir jarohat olib jahon chempionatini o'tkazib yuboradigan bo'ldi. SHunga qaramay, Yoaxim Lyov qo'l ostida Mario Gyotce, Tomas Myuller, Lukas Podolski, Andre SHyurle, Toni Kroos, Mesut Ozil singari hujumkor futbolchilar qoldi. To'g'ri, nemislarda yaqqol markaziy hujumchi birgina Miroslav Kloze bor. Mario Gomes ham hjarohati tufayli Braziliyaga kela olmadi.

Ammo Germaniya shunday jamoaki, ular sof hujumchisiz ham o'ynay olishadi. Buni muxlislar oxirgi marta o'tkazilgan bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida ko'rishdi. Agar Klozening bir o'zi hujumda harakat qiladigan bo'lsa, unda Tomas Myuller yoki Mario Gyotce unga yaqinroq joyda harakat qiladi. Kloze shu paytgacha jahon chempionatlarida 14ta gol urgan va bu borada braziliya Ronaldodan atigi bitta gol ortda qolyapti. Mabodo Kloze ikkita to'p kiritgundek bo'lsa, yangi rekordchiga aylanadi.



Portugaliya terma jamoasida Ronaldudan boshqa hamma sog'. Bosh murabbiy Paulu Bentu katta ehtimol bilan Ugo Almeydani markaziy hujumga qo'yadi. CHunki Irlandiyaga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida shu nuqtada to'p surib, ikakita gol urdi. Unga esa qanotlarda Ronaldu, Nani yoki Varela yordam berishi kutilmoqda. Maydon markazida esa Moutino bilan Meyrelesh harakat qiladi. Himoyada esa Pepe va Bruno Alvesh bor. CHapda Fabio Koentrau, o'ngda esa Joau Pereyra o'ynasa kerak. Darvozani Rui Patrisiu qo'riqlaydi.

Yoaxim Lyov (Germaniya termasi bosh murabbiyi):
“Portugaliya FIFA reytingida bizdan keyingi o'rinda kelmoqda va u faqat Ronaldudan iborat jamoa emas. Portugaliya - juda jiddiy raqib”.

Paulu Bentu (Portugaliya termasi bosh murabbiyi):
“Bizni juda qiyin bahslar kutib turibdi. Guruhda hech kimni ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Dastlabki vazifamiz guruhdan chiqish hisoblanadi”.

Jamoalar o'zaro 9 marta o'yin o'tkazishgan. O'zaro o'yinlarda Germaniya 5 bor g'alaba qozonib, to'rt marta durang o'ynagan va faqat bir marta mag'lub bo'lgan. To'plar nisbati 14-10, Germaniya foydasiga.



Qiziqarli malumotlar
Germaniya 1982 yildan beri jahon chempionatlarining birinchi uchrashuvida mag'lubiyatga uchramay kelyapti.
Bugungi o'yin Germaniya terma jamoasi uchun JCHdagi 100-uchrashuv hisoblanadi.
Germaniya JCH-2014 saralash bahslarida barchadan ko'p gol urdi – 36ta.
Joau Moutino JCH-2014 saralash o'yinlarida hammadan ko'p golli to'p uzatgan - 10ta.
Krishtianu Ronadu o'zi ishtirok etgan JCH o'yinlarida darvoza tomon 48ta zarba berib, atigi ikkita gol urgan.


X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика