JCH-2014. PREVYU. Angliya – Italiya
14 iyu 2014 16:55
Yangiliklar
JCH-2014. PREVYU. Angliya – Italiya
Braziliyada davom etayotgan jahon chempionati turdan turga qizg'in tus olyapti.
Bugun “D” guruhida 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Manaus shahridagi markaziy stadionda Angliya va Italiya o'zaro bahs olib boradi.
Har ikkala jamoa ham jahon futbolida o'z o'rniga ega. Evropaning old jamoalari qatoriga kirishadi. Bugungi o'yin olti ochko uchun kechadigan bahs deb bemalol ayta olamiz. G'alaba qozongan jamoa keyingi bosqichga chiqish uchun qulay imkoniyatga ega bo'ladi.
Bundan ikki yil oldin Angliya va Italiya Evropa chempionatining chorak finalida o'zaro to'qnash kelgandi. O'shanda Italiya raqibiga nisbatan birmuncha kuchli edi, shu bois Italiya hozir ham favorit bo'lishi mumkin. Biroq oradan ikki yil o'tdi va bu vaqt oralig'ida Angliya ham o'zgardi. Roy Xojson ajoyib jamoani shakllantira oldi. SHunday ekan, Angliyani ham favoritlar qatoriga qo'shsak bo'ladi.
Angliya Braziliyaga ketishidan oldin terma jamoaning tarkibi haqida ko'p gaplar aytildi. Britaniya OAV xodimlari tarkib borasida bosh murabbiyni ko'p marta tanqid qilishdi, biroq Roy Xojson tanqidlarga etibor bermasdan ishlashda davom etdi. Murabbiy oxirgi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlari orqali asosiy tarkibni shakllantirib oldi. Masalan, Peru va Gonduras bilan kechgan o'yinlarda asosiy tarkib o'zgarmadi.
SHunday ekan, bugungi o'yinda Barkli asosiy tarkibda tushadi, Runi esa zaxirada qoladi kabi taxminlardan foyda yo'q. Bundan tashqari jarohatidan to'liq qutulgan bo'lsa Uelbekning ham maydonga tushishi kutilyapti. O'ng qanot yarim himoyasida katta ehtimol bilan Lallana o'ynaydi. Maydon markazida Stiven Jerradga esa Xenderson ko'maklashadi. Umuman olganda, har qanday o'zgarish kutilmagan holat sifatida qabul qilinadi.
Italiyada esa hammasi oddiy emas. CHezare Prandelli tez-tez tarkibni va taktik sxemani o'zgartirib turishni maqul ko'radi. SHunday ekan, bugungi bellashuvda italyalarning tarkibini topish oson emas. Bundan tashqari, ularda chap qanot himoyachisi De CHelo jarohat olgan. Qolaversa, Montolivoning o'ynay olmasligi ham katta muammo keltirib chiqishi mumkin. SHundan kelib chiqib Italiya uchta himoyachi bilan o'ynaydi desak bo'ladi. Bunda Kellini chap qanotga yaqin joyda to'p surishi mumkin.
Italiyaning yarim himoyasida kimlar o'ynaydi degan savolga javob topish ham ancha murakkab. Faqat shunisi aniqki, Pirlo, De Rossi va Balotelli aniq maydonga tushishadi. SHuningdek, tajribali hujumchi Kassano ham ilk daqiqalardan to'p tepishi mumkin.
O'zaro uchrashuvlar: 24 o'yin: +8=7-9, 30-27
Oxirgi o'yin (15.08.2012) : Angliya – Italiya - 2:1 (Yagielka, Defo - De Rossi)
ANGLIYA – ITALIYA
15 iyun. 03:00
Bosh hakam: Born Kuypers (Gollandiya)
Yordamchi hakamlar: Sander Van Rokel (Gollandiya), Ervin Zeinstra (Gollandiya)
Zaxira hakami: Valter Lopez (Guatemala)
Taxminiy tarkiblar:
Angliya: Xart - Jonson, Keyxill, Yagielka, Beyns - Jerrard, Xenderson - Lallana, Runi, Uelbek - Starrij.
Jarohat olganlar: Uelbek, Oksleyd-CHemberlen.
Italiya: Buffon - Abate, Barcali, Bonuchchi, Kellini - Pirlo, De Rossi, Verratti - Kandreva, Markizio - Balotelli.
Jarohat olganlar: De CHelo.
X.Xoliqov tayyorladi.

Fikrlar