So’nggi yangiliklar

17:3217 ёшли Месси Франция Кубогида дубль қайд этди  1 17:04"Барса" "Камп Ноу"даги 475 та VIP-ўринни 30 йилга 100 миллион евро эвазига сотди. Клуб Ла Лигани 31 декабрда огоҳлантирган  5 16:19Абдуқодир Ҳусановгача "Манчестер Сити"да кимлар 45-рақамда ўйнаган?  13 15:53Трент Александер-Арнольд "Реал"га ўтади  2 15:20Осиё кубоги-2025 саралаши. Ўзбекистон - Кувайт учрашуви галереяси  0 15:03Breaking! Абдуқодир Ҳусанов бугун хусусий самолётда Манчестерга учиб боради  22 14:51Постекоглу: "Арсенал" ўйинни назорат қилди, бу нормал ҳолат эмас"  0 14:26"Локомотив" ўртоқлик учрашувида "Хоразм"ни енгди  4 14:03Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнаши маълум  16 14:01"Сурхон" Ўзбекистон МТЖнинг гуруҳдаги рақиби билан ўйнайди  3 13:10"Манчестер Юнайтед"нинг собиқ футболчиси АҚШга йўл олиши мумкин  6 12:35Эшитдик-да! "Андижон"га бўйдор легионер ҳимоячи келмоқда  11 12:22Расман: "Ювентус" португалиялик ҳимоячи сотиб олди  3 12:03АҚШнинг хусусий инвестиция компанияси А Серия клубининг 100% акциясини сотиб олди  0 11:52ЎФА учта клубнинг трансфер тақиқини шартли равишда бекор қилди  1

JCH-2014. Myullerga atalgan kun Yangiliklar

JCH-2014. Myullerga atalgan kun

Germaniya hamda Portugaliya o'yini tortishuvli vaziyatlarga boy bo'ldi. Dastlabki daqiqalarda Portugaliya keskinroq hujumlar uyushtira boshladi.
Ular o'yinda birinchi bo'lib hisobni ochishni maqsad qilishgani ko'rinib turgandi. Lekin, 11 daqiqada Miroslav Majich Portugaliya darvozasi tomon penalti belgiladi va deyarli butun o'yinni o'zgartirib yubordi. Tomas Myuller 11 metrlik nuqtadan adashmadi. SHundan keyin ham Ronaldu va jamoadoshlari bin nechta hujum tashkil etishga urinishdi. Ammo, ularning hujumlariga yakun etishmadi.

Uchrashuvning 32 daqiqasida Toni Kroosning burchakdan etkazib bergan to'pini Mats Xummels boshi bilan Rui Patrisiu qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi.

Birinchi bo'limga hakam tomonidan qo'shib berilgan o'tib borayotganda yana o'sha Kroos to'pni jarima maydonchasiga etkazib berdi. U erda Bruno Alvesh avvaliga to'pni qaytarishda texnik xatoga yo'l qo'ygan bo'lsa, undan so'ng to'p uchun yakka kurashda Myullerga yutqazib qo'ydi. Tomas esa dublni rasmiylashtirdi.

O'yinga yakuniy nuqtani ham Myuller qo'ydi. 78 daqiqada SHyurrlening zarbasini Patrisiu qaytaradi, qaytgan to'pni esa deyarli bo'sh qolgan darvozaga joylab qo'ydi.

Portugaliya terma jamoasining hujumlari pala-partish ko'rinish olaverdi, nemislar esa ajoyib o'yin ko'rsatishdi va haqli g'alabani qo'lga kiritishdi.

Portugaliya uchun o'yin juda ham omadsiz o'tdi. Birinchi bo'limning o'zida belgilangan penalti, majburiy o'zgarish va qizil kartochka ko'p narsani o'zgartirib yubordi.

Germaniya bu o'yinda chempionlik uchun asosiy daevogarlardan biri ekanligini isbotladi.

JCH-2014. “G” guruhi. 1-tur
Germaniya – Portugaliya
4:0

"Fonte Nova" stadioni
Bosh hakam: Milorad Majich (Serbiya)
Qanotlardagi hakamlar: Milovan Ristich, Dalibor Jo'rjevich.
Gollar: Tomas Myuller 11 (pen.), 45+1, 78, Mats Xummels 32

Germaniya: Manuel Noyer, Benedikt Xovedes, Mats Xummels (SHkodran Mustafi, 73), Sami Xedira, Mesut Ozil (Andre SHyurrle, 62), Tomas Myuller (Lukas Podolski), Filipp Lam, Per Mertezaker, Toni Kroos, Mario Gyotce, Jerom Boateng.

Portugaliya: Rui Patrisiu, Brunu Alvesh, Pepe, Migel Velozu (Kosta, 46), Fabio Koentrau (Almeyda, 65), Krishtianu Ronaldu, Joao Moutino, Ugu Almeyda (Eder, 27), Raul Meyrelesh, Luish Nani, Joau Pereyra.

Ogohlantirishlar: Joau Pereyra 11
CHetlatish: Pepe 37 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика