JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Portugaliya
12 iyu 2014 09:00
Yangiliklar
JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Portugaliya
Portugaliya o'zining xalqaro maydonlardagi debyutini 1966 yilga kelib o'tkazadi. Aynan shu yili Portugaliya terma jamoasi Angliyada o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan edi. Evropa braziliyasi nomini olgan portugaliyaliklar guruhda Braziliya, Vengriya va Bolgariya kabi jamoalar bilan bahs olib boradi. Ushbu oson bo'lagan "kvartet"da Portugaliya birinchi o'rinni egallab, keyingi bosqich masalasini hal etadi.
CHorak finalda afsonaviy Eysebioning pokeri evaziga KXDRni mag'lub etishadi va yarim finalga yo'l olishadi. Ammo o'sha mundialning amaldagi g'olibi Angliya Portugaliyani mag'lub etishni uddasidan chiqqan edi. Debyutant jamoa uchun yarim final bekati alo natija edi. Angliyada o'tgan mundialda Portugaliya azosi Eysebio musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi uchun chiqarilgan "Oltin to'p" sohibiga aylanadi. SHuningdek, Eysebio Jahon chempionatida to'qqizta to'p kiritib, turnirning eng yaxshi to'purari bo'ladi.
SHundan so'ng Portugaliya terma jamoasi 1984 yilgacha xalqaro musobaqalarda ishtirok etmadi. Bu orada terma jamoada bir qator o'zgarishlar ruy berdi.
Nihoyat 1984 yilda Portugaliya Evropa chempionatida o'z debyutini nishonladi. Portugaliyaning o'z mintaqasidagi eng katta turnirdagi debyutini ham omadli chiqdi. Ular ilk urinishdayoq yarim finalgacha borishdi. Ammo Mishel Platinining so'nggi soniyalardagi kiritgan goli Franciyani Portugaliya ustidan g'alaba qozonishiga zamin yaratgan edi.
Portugaliyaning "oltin davri" 1996 yildan boshlandi desak mubolag'a bo'lmaydi. Aynan shu davrda POrtugaliya terma jamoasi tarkibida Rui Koshta, Luish Figo, Fernando Kouto, Vitor Baiya kabi iqtidorli futbolchilar etishib chiqishdi Portugaliyani yangi pog'onaga ko'tarilishiga katta sababchi bo'lishdi. Hozir sanab o'tilgan futbolchilar 2000 yilga kelib ancha tajriba to'plashga ulgurishgan edi va aynan Evropa chempionatida Portugaliya dahshatli kuchga ega bo'ldi. Portugaliyaning benazir o'yinlarini tomosha qilish anchagina zavqli edi. Guruhda Angliya, Ruminiya va Germaniya bilan tushgan Portugaliya har uchchalar raqibini ham dog'da qoldirishni uddasidan chiqqan edi. CHorak finalda Turkiyani ham ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratadi va yarim finalga yo'l oladi. Lekin Portugaliya yana yarim finalda o'z ishtirokini to'xtatishga majbur bo'ladi. Bu safar ham Franciya ularni yo'liga tug'anoq bo'ladi. O'sha paytda "oltin gol" qoidasi amalda bo'ladi va aynan shu narsa Luish Figo jamoasi qimmatga tushadi. Zinedin Zidanning 117 minutda kiritgan goli Portugaliyani final orzusini yana to'rt yilga chuzib yuboradi.
Keyingi Evropa chempionati aynan Portugaliya davlati bo'ladi va jamoa bunga anchagina puxta tayyorgarlik ko'radi. Evropa chempionatida jamoani 2002 yilda Braziliyani Jahon chempioni bo'lishiga katta hissa qo'shgan Luis Felipe Skolari boshqarib boradi. Ochilish o'yinida mezbonlar kutilmaganda Greciyaga imkoniyatni boy berishadi va ko'pchilik Portugaliyani omadsiz ishtirokini taxmin qila boshlaydi. Ammo keyingi ikkita uchrashuvni Skolari jamoasi g'alaba bilan yakunlab, keyingi bosqich masalasini hal etadi. CHorak finalda esa Angliya terma jamoasi taslim etiladi va ketma-ket ikkinchi bor yarim finalga yo'l olishadi. Bu safar Portugaliya Gollandiya bilan final chiptasi uchun kurash olib boradi. Ronaldo va Manishening gollari nihoyat uzoq kutilgan final yo'llanmasi qo'lga kiritilishiga sababchi bo'ladi.
O'z uylarida kechayotgan chempionatda Skolari jamoasi finalga chiqadi va finalda ochilish o'yinida bo'lgani kabi Greciya bilan to'qnash kelishadi. Bu final Portugaliya tarixidagi birinchi hal qiluvchi bahs bo'ladi. Ko'pchilik bu safar Portugaliya Greciyani mag'lub etib, revansh oladi deya taxmin qilayotgan bir paytda, Otto Rexagel boshchiligidagi Greciya yana bir bor turnir mezbonlarini dog'da qoldirishadi.
2006 yilgi mundialda Portugaliya munosib qatnashdi deyish mumkin. Jamoa yana yarim finalga qadar bora oldi va u erda Franciyaga imkoniyatni boy berdi. Zinedin Zidaning yagona goli Portugaliyani yana yarim final ostonasid to'xtatib qo'ydi. Uchinchi o'rin uchun turnir mezbonlari Germaniya terma jamoasi bilan kechgan bahsda Bastian SHvaynshtaygerning gollari Ronaldo jamoasini mag'lubiyatiga sababchi bo'ldi.
SHundan so'ng Portugaliya Evro-2008, JCH-2010 va Evro-2012 da ham qatnashdi. Ammo ularga bu turnirlarda o'zlari xohlagan natijalarni qayd etish nasib etmadi.
Ayni paytda jamoa Braziliyada bo'lib o'tadigan mundialga puxta tayyorgarlik ko'rmoqda. Ular o'zlarining ilk o'yinlarini Germaniya termasiga qarshi o'tkazishadi.
Portugaliya terma jamoasi haqida:
Tashkil topgan yil: 1921
Mintaqasi: UEFA
Bosh murabbiy: Paulu Bentu
Jamoa sardori: Krishtiano Ronaldo
Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Luish Figo
Eng yaxshi to'purar: Krishtiano Ronaldo (49)
FIFA reytingidagi o'rni: 4
Ilk o'yini: Ispaniya - Portugaliya 3:1 (1921 yil)
Eng yirik g'alabasi: Portugaliya - Lixtenshteyn 8:0 (1999 yil)
Eng yirik mag'lubiyati: Portugaliya - Angliya 0:10 (1947 yil)
Erishgan yutuqlari:
Evropa chempionati kumush medali sohibi: (2004)
Jahon chempionati bronza medali sohibi: (1966)
Portugaliya terma jamoasining yakuniy tarkibi:
Darvozabonlar: Betu (Sevilya), Eduardu (Braga), Ruy Patrisiu (Sporting).
Himoyachilar: Andre Almeyda (Benfika), Brunu Alvesh (Fenerbaxche), Fabiu Koentrau (Real), Joau Pereyra (Valensiya), Luish Netu (Zenit), Pepe (Real), Rikardu Koshta (Valensiya).
Yarim himoyachilar: Joau Moutinyu (Monako), Migel Velozu (Dinamo Kiev), Raul Meyrelesh (Fenerbaxche), Ruben Amorim (Benfika), Vilyam Karvalyu (Sporting), Rafa Silva (Braga).
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (Real), Eder (Braga), Elder Poshtiga (Lacio), Ugu Almeyda (Beshiktash), Nani (Manchester Yunayted), Silveshtre Varela (Portu), Vieyrinya (Volfsburg).
SHahboz Beg'amov tayyorladi.
Fikrlar