So’nggi yangiliklar

00:23ЕЧЛ. "Црвена Звезда" – "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари аниқ  0 00:15ЕЧЛ. "Интер" – "Арсенал", ПСЖ – "Атлетико". Таркиблар аниқ!  0 23:49"Ал Ҳилол" Неймар энг камида бир ойга сафдан чиққанини тасдиқлади  0 23:23ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" "Қувайт СК"ни мағлубиятга учрата олмади. Бу "Насаф"нинг имкониятларини бироз оширди (гуруҳдаги вазият)  8 22:55Россия кубоги. "Рубин" ва ЦСКА чорак финалнинг илк баҳсида дуранг қайд этди. Файзуллаев 71, Раҳмоналиев 85 дақиқа ҳаракат қилди  2 22:30Абдуқодир Ҳусанов Франция чемпионатида ойнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  6 21:53"Ал Ҳилол" Неймардан қутулиш ҳақида ўйламоқда  7 21:36Қатар термаси Ўзбекистонга қарши ЖЧ саралашидан ўрин олган ўйин учун қайдномасини эълон қилди  9 21:00ОЧЛ 2. "Насаф" ўз майдонида Иордания клубига мағлуб бўлди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини камайтириб юборди  260 20:10Англия премьер-лигасида энг кўп маошни қайси футболчилар олади? Салоҳ 4-ўринда  9 19:45Расман: Григорий Колосовский - "Локомотив" бош мураббийи  19 19:25Алексей Евстафеев: "Ҳозирги ҳолатимизда бир очко биз учун кам"  1 19:10Ҳаким Фузайлов: "Мавсум охири бўлишига қарамай, йигитлар охиригача курашишди"  0 18:28МЮ 70 миллион еврога сотиб олган футболчи умумий машғулотларга қўшилди  1 17:50Про лига. "Қўқон-1912" "Олимпик-MobiUz"ни мағлуб этди ва плей-оффга йўлланма олди  2

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Germaniya Yangiliklar

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Germaniya

Jahon chempionati "G" guruhi vakili Germaniya terma jamoasi bilan tanishtirib o'tamiz.


Germaniya terma jamoasi mundialda qatnashish va unda g'olib bo'lish borasida ham etarlicha tajriba ega jamoa hisoblanadi. Aynan nemislar Braziliyadan keyin bu musobaqada eng ko'p ishtirok etish borasida Italiya terma jamoasi bir xil natijani qayd etib turishibdi. Germaniya va Italiya terma jamoasi 19ta mundialdan 17tasida bevosita ishtirok etishgan. Nemislar 3 karra Jahon chempioni nomiga sazovor bo'lishga ham ulgurishgan.
Germaniya futboli, umuman Germnaniya terma jamoasi haqida juda ko'p gapirish mumkin. Bu davlatda futbol so'nggi yillarda yashin tezligida rivoj olib bormoqda.
Germaniya 1954 yildan boshlab FIFAga azo kirgan.
Nemislar xalqaro musobaqalarda ishtirok etish va unda eng yaxshi natijalarni qayd etish borasida etakchi hisoblanishadi.

Germaniya terma jamoasi uch bor Jahon chempioni, uch bor Evropa chempioni, va to'rt marotabadan jahon chempionatining kumush va bronza medallari sohibi. SHuningdek, uch bor Evropa chempionati kumush va ikki marotaba bronza medaliga egalik qilgan. Jahon va Evropa chempionatlaridagi sovrinlar bo'yicha Germaniya terma jamoasiga etadigan yo'q hozircha.

Germaniya Evropa jamoalari ichidan ilk bor "oltin dubl"ni nishonlashga erishgan. 1972 yilda Evropada tengsiz bo'lgan nemislar, oradan ikki yil o'tib, Jahonnning eng kuchli terma jamoasiga aylanishgan. Franc Beekbauer etakchiligida nemislar istalgan raqiblarni tor-mor keltirishgan.

Yana shuni alohida takidlab o'tish kerakki, Germaniya terma jamoasi ham erkaklar va ham ayollar o'rtasida Jahon chempionligiga erishgan yagona jamoa hisoblanishadi.


SHveycariyada o'tgan Jahon chempionatida Germaniya ishtirok etadi va o'zining mundialdagi ilk oltin medallarini aynan shu mamlakatda qo'lga kiritadi. Guruh bosqichida Germaniya Vengriya, Turkiya va Janubiy Koreya bilan birga tushadi. Vengriya guruhdagi o'yinda Germaniyani 3:8 hisobida tor-mor keltiradi. Lekin Germaniya chiqish uchun o'tkazilgan pley-off o'yinida Turkiyani ayab o'tirmaydi va 7:2 hisobida mag'lubiyatga uchratadi. Keyin chorak finalda Yugoslaviya dog'da qoldiriladi. Yarim finalda esa Avstriya yirik hisobda taslim etiladi va finalda eski tanish Vengriya bilan duch kelishadi.

O'sha paytdagi nemislar murabbiyi Xerberger guruhdagi o'yinda ikkinchi tarkibni qo'ygani malum bo'ladi. Finaldagi bahsda Zepp Xerberger asosiy futbolchilarni maydonga tashlaydi va o'z rejasini puxta amalga oshiradi. Lekin uchrashuv yana Vengriya terma jamoasi rejasi ostida boshlanadi. O'yinning 10 daqiqasi o'tib borayotgan bir pallada, tabloda 2:0 hisobi yonib turardi. Ko'pchilik bu safar ham Vengriya osonlik bilan nemislar mag'lub etadi degan hayolga boradi. Ammo yakunda butunday boshqa natija qayd etiladi. Germaniya katta iroda ko'rsatib, 0:2 hisobini 3:2ga aylantira oladi va o'z mamlakatlariga qahramonlardek Jahon kubogi bilan qaytishadi.


SHveciyada o'tgan 1958 yilgi Jahon chempionatida nemislar Irlandiya, Argentina va CHexiya jamoalari bilan bir guruhdan joy olishadi. Ilk o'yinda Germaniya Argentina ustidan g'alaba erishib, ilk bor evropadan bo'lmagan jamoani mag'lub etishadi. Keyingi ikkita uchrashuvni esa durang natijasi bilan yakunlashadi. Musobaqaning yarim finalida Germaniya SHveciya bilan duch keladi. O'shanda jamoaga Fric Valter va Erik Yuskovyak yordam bera olishmaydi. Bu esa SHveciya bilan bo'lgan o'yinga o'z tasirini o'tkazmasdan qolmaydi va SHveciya 3:1 hisobida g'alabani tantana qiladi.

O'shandan beri nemis muxlislari shvedlar o'rtasida katta nizo kelib chiqadi. Uchrashuv davomida shveciyalik ishqibozlar birgalikda jamoalarini qo'llab-quvvatlash bilan birga, Germaniya tomon yomon so'zlar ishlatishadi va muxlislar o'zaro orani ochiq qilishga kirishib ketishadi. Nemis futboli rahbari Peko Bauensning fikricha, shveciyaliklar Germaniya qarshi atayin "bo'hton" o'ylab chiqishadi. SHuningdek, uchrashuvni boshqarib borgan vengriyalik hakam Ishtvan Joltu atayin Germaniya qarshi qarorlar chiqarib, to'rt yil avvalgi final alamini oladi deb yozadi - Kisker nashri.

SHundan so'ng Germaniya yana bir qator mundiallar ishtirkchisi va sovrindoriga aylanadi. Lekin keyingi kubokni ular 1974 yilga kelib qo'lga kiritishadi.
Avvaliga jamoa 1972 yilda Evropa chempionatida zafar quchadi. Keyin esa 1974 yilda bo'lib o'tgan mundial ular uchun omadli keladi. Zepp Mayer, Berti Fogts, Paul Braytner, SHvarcenbek, Bekkenbauer, Xyottes, Vimmer, Kullman, Netcer, Overat, Uli Xyoness, Floe, Bonxof, Grabovski, Kappellman, Kremers, Nigber, Kleff, Xaynkes, Gerd Myuller, Xyolcenbayn va Diter Xercog singari futbolchilar bilan Germaniya "oltin dubl"ni nishonlaydi.

Germaniya kancleri Angeli Merkel terma jamoaning ashaddiy ishqibozi sanaladi

Germaniya qaysi turnirda ishtirok etmasin, hammasida g'oliblikka eng asosiy davogar jamoalar safida tilga olinar edi. Aynan shu vaqt mobaynida, Germaniya terma jamoasi "nemis mashinasi", "Futbolni 11 kishi o'ynaydi va ohirida nemislar g'alaba qozonadi" degan iboralar paydo bo'ladi. Darhaqiqat, nemislar istalgan musobaqada o'zalirini yorqin o'yinlarini ko'rsatib, muxlislar qalbidan muqim joy egallashadi.

Yangi asrdagi jamoaga haqida to'xtaladigan bo'lsak unda Germaniya terma jamoasini "omadsiz" yoki "medalchi" jamoa sifatida tilga olishimiz mumkin. Masalan, 2002 yilda Yaponiya va Koreyada o'tkazilgan Jahon chempionatida nemislar finalda Braziliyaga mag'lub bo'lishadi va kumush medallari bilan cheklanib qolishadi. Keyingi o'z uylarida o'tgan chempionatda ham ularga bosh sovrinni qo'lga kiritish nasib etmaydi. Yarim finalda Italiyaga imkoniyatni boy berishgach, uchinchi o'rin uchun bahsda Portugaliyani Bastian SHvaynshtaygerni bir o'zi mag'lub etadi va nemislarga navbatdagi medalni taqdim etadi. Keyinchalik 2008 yilgi Evropa chempionatida nemislar finalda ispanlarga mag'lub bo'lishgan edi.

Medallarni taqishdan charchamagan nemislar 2010 yilgi mundialda ham kutilmaganda juda yaxshi ishtirok etishadi va yarim finalda yana ispanlarga imkoniyatni boy berib, uchinchi o'rin uchun kurashda Urugvayni taslim etishni uddasidan chiqishadi. Navbatdagi bronza medali naqd. Kutilmaganda deganim, nemislar JARdagi mundialda g'oliblikka asosiy davogarlar ruyxatidan chiqarib tashlanadi. Bunga etarlicha sabablar bor edi. Birinchisi jamoa Yoaxim Lyov tomonidan keskin yoshartiriladi va Ballak ham jarohati sabab mundialni o'tkazib yuborishi aniq bo'ladi. SHuningdek, kamiga o'sha paytdagi asosiy posbon Rene Adler ham jarohat olib qoladi.

Etakchilarisiz qolgan nemislar va o'sha paytda avlodlar almashuvini amalga oshirayotgan Yoaxim Lyov jamoasiga ko'pchilik bepisandlik bilan qaragandi. Rene Adler o'rniga Manuel Noyer darvozani egallaydi va o'sha mundial Noyer uchun juda muhim bo'lib qoladi. Noyer nafaqat kashf etiladi, balki o'zining ishonchli harakatlari evaziga keyinchalik ham Germaniyaning asosiy darvozaboni maqomini oladi. Ballakni o'rnini to'ldirgan Xedira ham terma jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylanib ulguradi.

SHuningdek, Tomas Myuller va Mesut O'zillar kashf etiladi. Umuman olganda, Yoaxim Lyov aynan shu turnir orqali hozirda Germaniyaning "oltin avlodi" sifatida qaralayotgan jamoa o'zagini tuzib oladi. Sal qolsaku, o'sha tarkib bilan g'am finalga chiqishga yaqin qolgan edi. Ammo yarim finalda nemislarga Tomas Myuller etishmaydi. Argentina bilan bo'lgan chorak final bahsida hamyurtimiz Ravshan Ermatov Tomas Myullerni ogohlantirgani, yakunda nemislarga qimmatga tushgandi. Yoaxim Lyov tanlagan taktika va o'ylagan rejasi mundial oldidan keskin tanqidlarga uchragandi. Ammo Lyov o'z ishini qilishda davom etdi va yakunda o'zi va boshqalar istagan natijaga erisha oldi. Bu borada Lyovning xizmatlarini alohida takidlab o'tish joiz.


Keyinchalik Evro-2012da ko'pchilik Germaniya bu safar Ispaniya gegemonligiga yakun yasashini kutadi. Ammo Evropada yana Ispaniya chempionlikni qo'lga kiritadi. Germaniya uchun hammasi yaxshi ketayotgan bir paytda, yarim finalda Italiya bilan duch keladi. Bilasiz, Italiya terma jamoasi nemislar uchun anchagina noqulay jamoa hisoblanadi. Aynan shu narsa yana o'z isbotini topadi. Mario Balotellining "balotellicha" gollari Germaniyani qiyin vaziyatga tushirib qo'yadi. Nemislar har qancha harakat qilishmasin, finalga baribir "skuadra adzurra" chiqadi. Germaniya esa yana bronza medallari bilan cheklanib qoladi.

Umuman olganda, so'nggi yillarda Germaniya nafaqat Italiyani, balki Ispaniyani ham yutishni uddasidan chiqa olmayapti. Yoaxim Lyov shogirdlari bu safar ushbu ananaga chek qo'yishga qattiq bel bog'lashgan.

Nemislar hozirgacha rasmiy o'yinlarda Italiyani biror marotaba ham mag'lub eta olishmagan. Italiya nemislar uchun haqiqatda juda noqulay raqib.

Lekin bu safar Yoaxim Lyovni haqiqiy sinovlar kutmoqda. Oradan to'rt yil vaqt o'tdi. SHvaynshtayger, Lam, Mesut O'zil, Myuller, Kroos, Xedira, Podolski, Noyer, Kloze oldiga Gyotce, SHyurrle, Draksler, Xummels kabi yana bir qator istedodli va anchagina tajriba to'plagan yoshlar jamlanishdi. Marko Roys esa so'nggi pallada jarohat olib, mundialda qatnasha olmaydigan bo'ldi. Lekin uning o'rnini to'ldira oladigan ijrochilar hozirgi Germaniya tarkibida ko'plab topiladi. Bu safargi maqsad va vazifa aniq. Faqat chempionlik. Yoaxim Lyovning mehnatlar samarasini aynan Braziliya maydonida bo'lib o'tadigan chempionatda ko'ramiz va bilib olamiz. "Nemis mashinasi" Braziliya shosselarida qay darajada tezlik bilan harakatlana olar ekan? Buni vaqt ko'rsatadi.

Kloze mundialga uchta aniq maqsad bilan bormoqda. 1.CHempionlik. 2. To'purarlik. 3. Rekord.

"Nemis mashinasi" mundialda jami 99 o'yin o'tkazgan. SHularning 60tasida g'alaba qozongan, 19 o'yinda durang qayd etilgan va 20 uchrashuvda imkoniyat boy berilgan. To'plar nisbati: 206-117.


Germaniya terma jamoasi haqida:

Tashkil topgan yil: 1899

Mintaqasi
: UEFA

Bosh murabbiy: Yoaxim Lyov

Jamoa sardori
: Filipp Lam

Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi: Lotar Matteus (150 o'yin)

Eng yaxshi to'purar: Miroslav Kloze (69 gol)

FIFA reytingidagi o'rni: 2

Ilk o'yin: SHveycariya - Germaniya 5:3 (1908)

Eng yirik g'alaba: Germaniya - Rossiya 16:0 (1912 yil)

Eng yirik mag'lubiyat: Angliya - Germaniya 9:0 (1909 yil)

Erishgan yutuqlari:
Jahon chempioni: (1954, 1974, 1990)
Evropa chempioni: (1972, 1980, 1996)


Germaniya terma jamoasining yakuniy tarkibi
:

Darvozabonlar
: Manuel Noyer ("Bavariya"), Roman Vaydenfeller ("Borussiya" D), Ron-Robert Ciler ("Gannover").

Himoyachilar: Jerom Boateng ("Bavariya"), Erik Durm ("Borussiya" D), Kevin Grosskroyc ("Borussiya"D ), SHkodran Mustafi ("Sampdoriya"), Benedikt Xevedes ("SHalke"), Mats Xummels ("Borussiya" D), Filipp Lam ("Bavariya"), Per Mertesaker ("Arsenal").

Yarim himoyachilar
: Yulian Draksler ("SHalke"), Mario Getce ("Bavariya"), Sami Xedira ("Real"), Toni Kroos ("Bavariya"), Tomas Myuller ("Bavariya"), Mesut Ozil ("Arsenal"), Bastian SHvaynshtayger ("Bavariya"), Kristof Kramer ("Borussiya" M), Mattias Ginter ("Frayburg").

Hujumchilar: Lukas Podolski ("Arsenal"), Miroslav Kloze ("Lacio"), Andre SHyurrle ("CHelsi").   


SHahboz Beg'amov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика