So’nggi yangiliklar

11:52ЎФА учта клубнинг трансфер тақиқини шартли равишда бекор қилди  0 11:48Мафтуна Шойимова: "Тўплар нисбати якунда юқорироқ ўрин эгаллаш учун керак бўлиб қолиши мумкин"  0 11:35"Челси" футболчисини ижарадан қайтариб олди  0 10:17Феруза Турдибоева: "Ўз ўйинимизни намойиш эта олдик"  0 10:06«Реал Мадрид» ТОП ҳимоячи билан деярли келишувга эришди  4 09:33Маркус Рашфордга асосий даъвогарлар маълум  1 08:55Неймар фаолиятини МЛСда давом эттириши мумкин  1 08:13«Ливерпуль» «Ал Ҳилол»нинг 80 миллион евролик таклифини қабул қилмади  2 07:45Франция Кубоги. Бешинчи лигадан бўлган клуб "Лион"ни Кубокдан чиқариб юборди, ПСЖда эса қийин ғалаба  1 07:37«Айнтрахт» ва «Манчестер Сити» келиша олишмаяпти  0 06:50Испания кубоги. "Атлетико Мадрид" йирик хисобда ғалаба қозонди  0 03:06АПЛ. "Арсенал" "Тоттенхэм" устидан иродали ғалаба қайд этди  8 03:02Испания кубоги. "Барселона" "Бетис" дарвозасига ҳам бешта гол урди  14 03:00Бундеслига. "Бавария" "Хоффенхайм"ни аяб ўтирмади  1 02:57АПЛ. "Ньюкасл", "Астон Вилла" ва "Кристал Пэлас" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди.  0

JCH-2014. Kamerun - Xorvatiya. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Kamerun - Xorvatiya. PREVYU

Kamerun va Xorvatiya terma jamoalari birinchi turda raqiblariga mag'lub bo'lishdi.
Braziliya hamda Meksika o'rtasidagi bahsda durang qayd etilganidan so'ng ushbu ikki jamoa ham uch ochko olishga urinishi aniq.

Mana shu o'yindan boshlab mundialda qolish uchun kurash boshlanadi deya olamiz. Mag'lub bo'lgan jamoa guruh bosqichidan so'ng o'z uyiga qaytishi rasman malum bo'ladi. Durang qayd etilsa jamoa muxlislari qo'llariga kalkulyator olishga majbur bo'lishadi.



Masalan, Kamerun terma jamoasi so'nggi turda mezbonlarga qarshi o'ynaydi. Pley-offga chiqish uchun Folker Finke shogirdlari qolgan ikki bahsda g'olib chiqishlari lozim. Xorvatiyaga qarshi o'yinda ham Kamerun favorit emas. Ayniqsa jamoa sardori Samuelya Eto'O jarohat olganidan so'ng Afrika jamoasining imkoniyatlari pasaydi.

Kamerun - Xorvatiya
19 iyun. 03:00
Bosh hakam:
Pedro Proensa (Portugaliya)
Yordamchi hakamlar:
Bertino Miranda (Portugaliya), Xose Trigo (Portugaliya)
Zaxira hakami:
Uolter Lopez (Guatemala)

Taxminiy tarkiblar:
Kamerun
: Itandj - Nom, Nkulu, Matip, Assu-Ekotto - Mbia, Song, Eno, Makun - Vebo, Abubakar

Xorvatiya: Pletikosa - Srna, CHorluka, Lovren, Vrsalko - Rakitich, Modrich - Perishich, Kovachich, Olich - Mandjukich

Jarohat olganlar: Eto'O - Modrich (so'roq ostida)

Diskvalificiya qilinganlar: yo'q



O'yindan oldingi fikrlar

Folker Finke (Kamerun bosh murabbiyi):

"Ushbu bahsga tayyor bo'lishimiz kerak. Birinchi o'yinda biz yomon o'yin ko'rsatmadik, vaziyatlar yaratdik. Hozir jamoamiz atrofida turli gap so'zlar yuribdi. Aslida hammasi juda oddiy - musobaqani davom ettirish uchun g'alaba qozonishimiz kerak".

Niko Kovach (Xorvatiya bosh murabbiyi):

"Ushbu o'yinning ahamiyatini bilamiz. Braziliyaga, g'alaba qozonib guruhdan chiqish uchun kelganmiz. Kamerunning maqsadi ham shunday. Raqib juda kuchli".



Qiziqarli faktlar

- Hozirga qadar ushbu jamoalar o'zaro umuman maydonga tushishmagan.

- Kamerun Jahon chempionatidagi oxirgi 5ta o'yinda mag'lub bo'lgan. Umuman olganda afrikaliklar oxirgi 14ta uchrashuvda faqat bir bor zafar quchishgan;

- Jarohati tufayli o'yinni o'tkazib yuboradigan Samuel Eto'O Kamerunning JCHdagi oxirgi uchta golini urgan;

- Xorvatiya terma jamoasi mundiallarda ketma-ket besh uchrashuvdan buyon yuta olmayapti. Kamerun mag'lub etilmasa Xorvatiya Evropa jamoalari uchun antirekordni o'rnatadi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика