So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  2 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

JCH-2014. Kamerun - Braziliya. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Kamerun - Braziliya. PREVYU

Bugundan boshlab guruhlarda hal qiluvchi 3-tur bahslari start oladi.
Braziliya terma jamoasi dastlabki ikki turda 4 ochko jamg'ardi. Albatta, o'z maydonida to'p surayotgan jamoa minglab muxlislar qarshisida g'alaba qozonishga harakat qilib ko'radi. Dastlabki ikki bahsda mag'lubiyatga uchragan Kamerun esa shunchaki prestij uchun maydonga tushadi. Braziliyani avvalgi ikki uchrashuvda ko'rsatgan o'yini uchun ko'p marta tanqidl qilishdi. Ko'pchilik Luis Felipe Skolari shogirdlaridan shiddatli va mazmunli o'yin kutgandi, biroq “sariq devlar” Xorvatiyani zo'rg'a mag'lub etgan bo'lsa, CHili bilan durang o'ynashdi.



Skolari guruhning oxirgi o'yinida bir qator o'zgarishlarni qilsa kerak. O'ziga bildirilgan ishonchni oqlamayotgan Fred bu safar zaxirada qolsa kerak. SHuningdek, Jo ham o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qila olmayapti. SHunday ekan, bu hujumchi ham zaxirada qoladi. Freddan keyin eng ko'p tanqid qilingan futbolchi Paulino bo'ldi. Ushbu futbolchining o'rnida Ernanes to'p surishi kutilmoqda. O'tgan uchrashuvni o'tkazib yuborgan Xalk bu safar asosiy tarkibda harakat qilsa kerak. SHunday bo'lgan taqdirda u Ramiresning o'rnini egallaydi.

Yuqorida aytib o'tganimizdek, Kamerun uchun bugungi bahs alohida ahamiyatga ega emas. Ular Braziliyadek kuchli raqib oldida o'z imkoniyatlarini chamalab olishadi xolos. Bugungi bahsni diskvalifakaciya tufayli Song va jarohati borligi uchun Eto’O o'tkazib yuboradi.



JCH-2014. “A” guruhi. 3-tur
KAMERUN – BRAZILIYA
Brazilia. “Mane Garrincha” stadioni
Bosh hakam: Yonas Eriksson (SHveciya)

Taxminiy tarkiblar

Kamerun: Itnaj - Mbia, Nkulu, SHeyju, Bedimo - Matip, Eno, Makun - CHupo-Moting, Vebo, Olinga

Braziliya: Julio Sezar - Dani Alvesh, Tiago Silva, David Luis, Marselo - Luis Gustavo, Ernanes - Xalk, Oskar, Neymar - Fred

Jarohat olganlar: Eto'O - Xalk (so'roq ostida)
Diskvalifikaciya: Song (Kamerun)



Folker Finke (Kamerun termasi bosh murabbiyi):
“Bu o'yinda bizga nisbatan Braziliyada ko'proq bosim bo'ladi. CHunki bizning yo'qotadigan narsamiz qolmadi, Braziliya esa guruhdan chiqish uchun kurash olib boryapti. Dastlabki ikki uchrashuvda mag'lubiyatga uchradik. Turnirga bekorga kelmaganimizni isbotlash uchun ham bugun ijobiy natija qayd etishimiz lozim”.

Luis Felipe Skolari (Braziliya termasi bosh murabbiyi):
“Biz g'alaba qozonishimiz shart. Bazilar Braziliya keyingi bosqichdagi raqib kim bo'lishiga qarab o'ynayapti deyapti. Bu bo'lmagan gap. CHunki taqvim allaqachon FIFA tomonidan tuzib bo'lingan va biz raqib tanlamaymiz. Men hech kimni tanlamayman. Bizning maqsad Kamerunni mag'lubiyatga uchratish”.

Qiziqarli faktlar
-   Kamerun terma jamoasi jahon chempionatlarida ketma-ket oltita uchrashuvda mag'lub bo'ldi. Umuman olganda, ular oxirgi 15ta bahsning faqat bittasida g'alaba qozongan.
-   Agar Braziliya mag'lubiyatga uchragudek bo'lsa, musobaqa bilan xayrlashishi mumkin, lekin shuni aytish joiz Braziliya oxirgi 23ta o'yindan faqat bittasida yutqazdi.

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика