So’nggi yangiliklar

11:52ЎФА учта клубнинг трансфер тақиқини шартли равишда бекор қилди  0 11:48Мафтуна Шойимова: "Тўплар нисбати якунда юқорироқ ўрин эгаллаш учун керак бўлиб қолиши мумкин"  0 11:35"Челси" футболчисини ижарадан қайтариб олди  0 10:17Феруза Турдибоева: "Ўз ўйинимизни намойиш эта олдик"  0 10:06«Реал Мадрид» ТОП ҳимоячи билан деярли келишувга эришди  4 09:33Маркус Рашфордга асосий даъвогарлар маълум  1 08:55Неймар фаолиятини МЛСда давом эттириши мумкин  1 08:13«Ливерпуль» «Ал Ҳилол»нинг 80 миллион евролик таклифини қабул қилмади  2 07:45Франция Кубоги. Бешинчи лигадан бўлган клуб "Лион"ни Кубокдан чиқариб юборди, ПСЖда эса қийин ғалаба  1 07:37«Айнтрахт» ва «Манчестер Сити» келиша олишмаяпти  0 06:50Испания кубоги. "Атлетико Мадрид" йирик хисобда ғалаба қозонди  0 03:06АПЛ. "Арсенал" "Тоттенхэм" устидан иродали ғалаба қайд этди  8 03:02Испания кубоги. "Барселона" "Бетис" дарвозасига ҳам бешта гол урди  14 03:00Бундеслига. "Бавария" "Хоффенхайм"ни аяб ўтирмади  1 02:57АПЛ. "Ньюкасл", "Астон Вилла" ва "Кристал Пэлас" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди.  0

JCH-2014. Ispaniya - CHili. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Ispaniya - CHili. PREVYU

Braziliyada davom etayotgan jahon chempionatida bugun “V” guruhining 2-tur bahslari bo'lib o'tadi.
Birinchi turda kutilmaganda yirik hisobda imkoniyatni boy bergan Ispaniya bu safar CHili bilan bellashadi. Og'ir mag'lubiyatdan so'ng Visente Del Boske shogirdlari tezda o'zlariga kelib olishdimi? Muxlislar ana shu savolga javob topish maqsadida ham o'yinni katta qiziqish bilan tomosha qilishlari turgan gap.



JCH-2014. “V” guruhi. 2-tur
ISPANIYA – CHILI
Rio-De-Janeyro. “Marakana” stadioni
Bosh hakam: Mark Gayger (AQSH)

Taxminiy tarkiblar

Ispaniya: Kasilyas - Aspilikueta, Xavi Martines, Serxio Ramos, Alba - Buskets, Xavi, Xabi Alonso - Pedro, Diego Kosta, Inesta.

CHili: Bravo - Medel, Silva, Xara - Isla, Dias, Vidal, Mena - Valdiviya - Sanches, Vargas

Jarohat olganlar: De Xea (Ispaniya)
Diskvalifikaciya: yo'q

Albatta, Ispaniya birinchi turda g'alaba qozonganida CHiliga qarshi kechadigan bahs ko'p ham ahamiyatga molik bo'lmasdi, ammo endilikda bu uchrashuvni ko'pchilik kuzatishi aniq. Bir so'z bilan aytganda, bugungi o'yin Ispaniya uchun “hayot-mamot jangi” bo'ladi. Gollandiyaga qarshi bahsning ikkinchi bo'limini ispanlar juda bo'sh o'tkazishdi. Gollandiya foydasiga hal bo'lgan 5:1 hisobidagi natijadan keyin Ispaniyaning CHilidan o'tishiga kim ishonadi? Mana shu savol ham bugungi uchrashuv tartibidan o'rin olgan.



Ispaniya bu safar o'yin uslubini o'zgartirmasa bo'lmaydi. Lekin buni birdaniga amalga oshirish qiyin. Ammo tarkib borasida o'zgarishlarni amalga oshirsa bo'ladi. Ispaniya OAV xodimlarining malum qilishicha, Pike zaxiradan joy oladi va uning o'rnini Xavi Martines egallaydi. Bundan tashqari, maydon markazi va hujum chizig'ida ham o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Hatto David Silva, Diego Kosta, Xavi va Xabi Alonso singari taniqli o'yinchilar ham zaxirada qolishi mumkin. Kasilyas masalasi nima bo'ladi? Bu ham o'rinli savol. Agar De Xea jarohatidan batamom qutulsa, unda darvozada Kasilyasning joyini egallashi mumkin.

CHili terma jamoasi haqida nima deyish mumkin? Bu jamoa ham xavfli raqib hisoblanadi. Agar chililiklar astoydil harakat qilishsa, hozirgi Ispaniyani engish ular uchun ortiqcha muammo bo'lmaydi. Gollandiya Ispaniyani uchta markaziy himoyachi bilan o'ynab mag'lub etdi. Uchta himoyachi bilan harakat qilish CHili bosh murabbiyi Xorxe Sampaoliga ham yoqadi. CHunki uning qo'l ostida jamoa shu uslubda o'ynab ko'rgan. Avstraliya bilan kechgan o'yinda chililiklar to'rt nafar himoyachi bilan harakat qilishdi. Lekin bugungi raqib - Ispaniya.

Visente Del Boske (Ispaniya termasi bosh murabbiyi):
“CHili? Haqiqat shuki, biz g'alaba qozonishimiz shart. Hozircha hammasi o'z qo'limizda, shunday ekan imkoniyatni qo'ldan chiqarishni xohlamaymiz. Asosiy tarkibda kimlar tushishini bilaman, ammo hozircha bu haqda gapirmoqchi emasman”.

Xorxe Sampaoli (CHili termasi bosh murabbiyi):
“Musobaqa boshlanmasidan oldinoq Ispaniya termasi bilan qanday o'ynash kerakligini bilardik. SHunday ekan, biz bahsga tayyormiz”.



Xabi Alonso:
“Bugun hammasini hal qilamiz. Yoki narsalarni yig'ishtirib uyga ketamiz yoki bo'lmasa shu erda qolib oxirigacha kurashamiz”

Arturo Vidal:
“Maqsadimiz bitta - navbatdagi uch ochkoni qo'lga kiritish. Ispaniyani turnirdan chiqarib yuborish yoqimli bo'ladi, lekin biz bu erga buning uchun kelmaganmiz. CHili terma jamoasi jahon chempioni bo'lish maqsadida Braziliyaga kelgan”.

Jamoalar o'zaro 10ta o'yin o'tkazishgan: +8=2-0 25:8

Oxirgi uchrashuv: 10.09.2013. Ispaniya - CHili 2:2 (Soldado, Xesus Navas - Vargas 2ta)

Qiziqarli faktlar
-   Ispaniya terma jamoasi oxirgi marta ketma-ket ikki uchrashuvda 2006 yil mag'lubiyatga uchragan (SH.Irladiya 2:3, SHveciya 0:2)
-   JCH-2010ni Ispaniya mag'lubiyat bilan boshlagandi, biroq qolgan bahslarning hammasida g'alaba qozonib yakunda chempion bo'lgan
-   Gollandiya bilan kechgan uchrashuvda ispanlar JCHdagi oxirgi to'qqizta o'yinda eng ko'p gol o'tkazib yuborishdi.
-   Ispaniya bungacha JCH tarixida ikki marta CHili bilan bahs olib borgan va ikkalasida ham g'alaba qozongan.

X.Xoliqov tayyorladi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика