JCH-2014. Iguainning goli Argentinani yarim finalga olib chiqdi
05 iyu 2014 23:10
Yangiliklar
JCH-2014. Iguainning goli Argentinani yarim finalga olib chiqdi
Argentina terma jamoasi Jahon chempionati chorak finalida Belgiyani 1:0 hisobida mag'lub etib yarim finalga yo'llanma oldi.
Alexandro Sabelya shogirdlari ortiqcha urinmasdan Belgiya to'sig'idan o'tishdi desak to'g'ri bo'lar.
Sababi o'yinning 8-daqiqasida urilgan gol bahs taqdirini amalda hal qildi. Bu vaziyatda Di Mariya to'pni Sabaletaga oshirdi, to'p himoyachiga tegib Iguainga bordi. Gonsalo bunday sovg'adan unumli foydalanadigan futbolchilar sirasiga kiradi - 1:0.
41-daqiqada Vertongenning pasidan so'ng Miralyas boshi bilan darvozaga zarba berdi, to'p ustunning yonginasidan o'tib ketdi. 55-daqiqada tezkor hujumdan so'ng Iguain Kompanini aldab o'tib darvozaga zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi. Oradan ko'p o'tmay Vertongenning pasidan so'ng bo'ydor Fellayni jingalak sochlari bilan darvozaga zarba berdi, biroz noaniq.
Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Messi birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, Tibo Kurtua to'pni qaytardi. So'nggi soniyalarda hisob tenglashishi mumkin edi. Lukaku to'pni qulay vaziyatda turib sheriklariga oshirdi, Garay to'pni qaytarib yubordi. Vicelning zarbasi esa noaniq ketdi.
SHunday qilib Argentina terma jamoasi yarim finalga yo'l oldi. Uning raqibi tunda bo'lib o'tadigan Gollandiya va Kosta-Rika uchrashuvidan so'ng aniqlanadi.
JCH-2014. ¼ final
ARGENTINA – BELGIYA 1:0
Bosh hakam: Nikola Riccoli (Italiya)
Gol: Iguain, 8 - 1:0
Argentina: Romero, Sabaleta, Demichelis, Garay, Basanta, Maskerano, Bigliya (SHadli, 75), Di Mariya (Perez, 33), Messi, Lavessi (Palasio, 72), Iguain (Gago, 81)
Belgiya: Kurtua, Alderveyreld, van Byuyten, Kompani, Vertongen, Vitsel, Fellayni, Miralyas (Mertens, 59), de Breyne, Azar, Origi (Lukaku, 59)
Ogohlantirishlar: Azar 53, Alderveyreld 69, Bigliya 75

Fikrlar