JCH-2014. Dastlabki turga raqamlar orqali nazar
18 iyu 2014 14:38
Yangiliklar
JCH-2014. Dastlabki turga raqamlar orqali nazar
Braziliyadagi mundialning birinchi tur o'yinlari ortda qoldi.
Ushbu turning statistik ko'rsatkichlarni bilan tanishtiramiz. Bo'lib o'tgan 16ta o'yinda darvozalarga jami 49ta gol urildi. Birinchi turda atiga ikkita durang natijasi qayd etildi.
Har bir o'yinda o'rtacha 3,06tadan gol urildi. 5ta o'yinda darvozalarga 3tadan ko'p to'p kiritildi. Bir bor ikkala jamoa ham gol ura olmadi.
Bo'lib o'tgan 16ta uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionlarga jami 796113 nafar muxlis keldi. O'rtacha har bir o'yinga 49757 nafardan tomoshabin to'g'ri keladi.
Hakamlar darvozalarga jami 6 marta penalti belgilashdi. Ularning barchasi aniq amalga oshirildi. Uch futbolchi avtogol muallifiga aylanishdi.
4ta o'yinda yirik hisob kuzatildi. 6 marta irodali g'alaba qayd etildi. 4ta dubl va bitta xet-trik rasmiylashtirildi.
16ta uchrashuvda futbolchilarga jami 45 marta sariq kartochka ko'rsatildi. O'rtacha har bir o'yinga 2,81tadan ogohlantirish to'g'ri keladi.
Bo'lib o'tgan o'yinlarda 8 xil natija qayd etildi. Eng ko'p kuzatilgan hisob - 2:1 (6ta).
Uchta futbolchi hakamlardan qizil kartochka olib o'yinni oxiriga qadar etkazishmadi.
Gollandiya eng ko'p gol urgan jamoa - 5ta. Gol ura olmagan jamoalar - Portugaliya, Greciya, Nigeriya, Kamerun, Eron va Gonduras.
Eng ko'p gol o'tkazgan jamoa Ispaniya (5ta). Germaniya, Kolumbiya, Franciya, Nigeriya, Eron va Meksika darvozasiga to'p kiritilmadi.
Eng ko'p zarba bergan jamoalar - Gana (21ta), Franciya va Kot D'Ivuar (20tadan). Eng kam zarba bergan jamoa - Jazoir (3ta).
Eng ko'p aniq zarba bergan jamoalar - SHveycariya (12ta), Gollandiya, Bosniya va Gercegovina (11tadan). Eng kam aniq zarba bergan jamoa - Jazoir (1ta).
Eng ko'p burchak to'pini amalga oshirgan jamoa - Angliya (9ta). Gonduras terma jamoasi burchak to'piga ega bo'lmadi.
Eng ko'p qoida buzgan jamoalar - Xorvatiya (21ta), Belgiya va Urugvay (20tadan). Eng kam qoyida buzgan jamoalar - Ispaniya va Braziliya (5tadan).
Birinchi turda eng ko'p bor o'yindan tashqari holatga tushib qolgan jamoa - Italiya (7ta). Argentina, Angliya, Xorvatiya, Rossiya, Jazoir, Nigeriya va Janubiy Koreya futbolchilari umumun o'yindan tashqari holatda qolib ketishmadi.
Birinchi bo'limda 20ta, ikkinchi bo'limda 28ta gol urildi. 6ta penaltining 5tasi birinchi bo'limda belgilangan.
Narzulla Saydullaev tayyorladi.

Fikrlar