So’nggi yangiliklar

12:03АҚШнинг хусусий инвестиция компанияси А Серия клубининг 100% акциясини сотиб олди  0 11:52ЎФА учта клубнинг трансфер тақиқини шартли равишда бекор қилди  0 11:48Мафтуна Шойимова: "Тўплар нисбати якунда юқорироқ ўрин эгаллаш учун керак бўлиб қолиши мумкин"  0 11:35"Челси" футболчисини ижарадан қайтариб олди  0 10:17Феруза Турдибоева: "Ўз ўйинимизни намойиш эта олдик"  0 10:06«Реал Мадрид» ТОП ҳимоячи билан деярли келишувга эришди  4 09:33Маркус Рашфордга асосий даъвогарлар маълум  1 08:55Неймар фаолиятини МЛСда давом эттириши мумкин  1 08:13«Ливерпуль» «Ал Ҳилол»нинг 80 миллион евролик таклифини қабул қилмади  2 07:45Франция Кубоги. Бешинчи лигадан бўлган клуб "Лион"ни Кубокдан чиқариб юборди, ПСЖда эса қийин ғалаба  1 07:37«Айнтрахт» ва «Манчестер Сити» келиша олишмаяпти  0 06:50Испания кубоги. "Атлетико Мадрид" йирик хисобда ғалаба қозонди  0 03:06АПЛ. "Арсенал" "Тоттенхэм" устидан иродали ғалаба қайд этди  8 03:02Испания кубоги. "Барселона" "Бетис" дарвозасига ҳам бешта гол урди  14 03:00Бундеслига. "Бавария" "Хоффенхайм"ни аяб ўтирмади  1

JCH-2014. Avstraliya - Gollandiya. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Avstraliya - Gollandiya. PREVYU

Braziliyada davom etayotgan jahon chempionatida bugun “V” guruhining 2-tur bahslari bo'lib o'tadi.
Birinchi turda Ispaniyani yirik hisobda mag'lub etgan Gollandiya bu safar qitamiz vakili Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi. Avstraliya o'tgan tur CHilidan mag'lubiyatga uchradi.



JCH-2014. “V” guruhi. 2-tur
AVSTRALIYA – GOLLANDIYA
Portu-Alegre. “Bera-Rio” stadioni
Bosh hakam: Jamol Xaymudi (Jazoir)

Taxminiy tarkiblar
Avstraliya: Rayan - Makgovan, Uilkinson, Spiranovich, Devidson - Yedinak, Milligan, Breshiano - Oar, Keyxill, Leki.

Gollandiya: Silessen - Yanmaat, de Vrey, Martins Indi, Blind - de Yong, de Guzman, Snayder - Robben, van Persi, Lens.

Jarohat olgan: Franjich (Avstraliya)
Diskvalifikaciya: yo'q



Barcha guruhlardagi 1-tur natijalariga etibor beradigan bo'lsak, Gollandiyaning mundial favoriti ekanligi oydinlashadi. Albatta, amaldagi jahon chempionlarini 5:1 hisobida mag'lub etish har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. SHunday ekan, Gollandiya bu safar qanday o'yin ko'rsatarkin degan qiziqish odamlarda yo'q emas, garchi raqib Avstraliya bo'lsa-da.



Avstraliya termasi bosh murabbiyi Ange Postekoglu oldida bir qator muammolar bor. Xususan CHiliga qarshi o'yinda Franjich jarohat olgani bois bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu futbolchi uchun musobaqa tugadi, lekin boshqa muammo shundaki, Avstraliya termasi tarkibida boshqa o'ng qanot yarim himoyachisi yo'q. SHunday ekan, uning o'rniga markaziy yarim himoyachi Makgovanning to'p tepishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan Avstraliya termasi tarkibida mana shu birgina o'zgarish bo'ladi.



Lui Van Gaaldan esa nafaqat tarkib borasidagi o'zgarishlar, balki yangi sxemani ham kutishmoqda. Taxminimizcha, 5-2-1-2 o'yin uslubi aynan Ispaniya uchun ishlab chiqilgandi, shunday ekan, bugun gollandlarning o'zlari uchun ananaviy bo'lgan 4-3-3 taktikasida harakat qilishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan hujumning chap qanotidan Lens joy oladi. SHuningdek, tajribali Kuyt ham maydonga tushishi mumkin. Maydon markazida esa odatdagidek de Yong bilan Sneyder to'p surishadi. Qolaversa, de Guzman yoki Blind ham markazda harakat qilishi turgan gap. Ispaniya bilan kechgan bahsda gollandlar besh nafar himoyachi bilan o'ynashdi. Bu safar ularning soni to'rtta bo'lishi kutilyapti.

O'tgan mavsum Gollandiya termasi hujumchisi Robin van Persi uchun juda og'ir kechdi. Uni ko'p bora jarohatlar bezovta qildi. Qolaversa, MYUning oldingi bosh murabbiyi Devid Moyes bilan chiqisha olmadi. Van Persi mavsum davomida atigi 12ta to'p kirita oldi. Ammo futbolchi tezda o'ziga kelib Ispaniya bilan kechgan bahsda o'zining avvalgi mahoratini namoyish etdi. Van Gaal unga ishonch bildirib, terma jamoa sardori etib tayinladi.



Ange Postekoglu (Avstraliya termasi bosh murabbiyi):
“Biz uchun himoyada bexato harakat qilish juda muhim. Gollandiya Ispaniya bilan kechgan o'yinda naqadar chiroyli hujum qila olishini ko'rsatib berdi. Biz 90 daqiqa himoyaviy o'yin ko'rsatmoqchi emasmiz, imkon bo'ldi deguncha hujumga o'tamiz”.

Lui Van Gaal (Gollandiya termasi bosh murabbiyi):
“Ispaniya ustidan g'ozonilgan yirik g'alaba o'yinchilarimga tasir qilgani yo'q. Biz navbatdagi bellashuvga ham odatdagidek hozirlik ko'ryapmiz”.



Mark Breshiano:
“Gollandiyani qanday to'xtatsa bo'ladi? Buni uddalash oson emas, ammo umid qilamizki, Gollandiya Ispaniya bilan bo'lgani kabi vajohatli o'yin ko'rsatmaydi. SHunda biz ham o'zimizni ko'rsatishimiz mumkin”.

Qiziqarli faktlar
-   Avstraliya JCH bahslarida Evropa jamoalari bilan olti marta o'ynab, shundan faqat bittasida g'alaba qozongan.
-   Gollandiya JCH guruh o'yinlarida ketma-ket 11ta uchrashuvdan beri mag'lubiyatga uchramayapti. Jamoa oxirgi bor 1994 yilgi mundialda Belgiyaga imkoniyatni boy bergan.
-   1-turda gol urgan Keyxill, van Persi va Robben uchta jahon chempionatida to'p kiritgan futbolchilar bo'lishdi.

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика