So’nggi yangiliklar

02:20ЕЧЛ. "Реал", "Бавария" ва "Атлетико" ўз учрашувларида мағлуб бўлишди. "Ливерпуль" ва "Ювентус"да ғалаба  34 00:50"Атлетико" жазоланди  5 00:50ОЧЛ 2. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" 2:1, "Насаф"дан сўнгги дақиқаларда камбэк!   2 00:19АПЛда жамоасини голдан энг кўп қутқараётган дарвозабон ким?  0 23:50ЕЧЛ. "Жирона" мағлуб бўлди, "Аталанта"да ғалаба  1 23:30Футзал бўйича ЖЧ 1/2 финал. Бразилия "дабл пенальти"дан гол уриб ғалабани илиб кетди  0 23:16Футзал «қироли» Бразилияга финалда қайси жамоа рақиб бўлишини истаётганини айтди  0 23:12ЕЧЛ. "Лилль" – "Реал Мадрид". Асосий таркиблар аниқ!  0 22:40Рўзиқул Бердиев: "Биз қилган ўзгаришлар ва йигитлардаги ишонч ғалаба қозонишимизга асосий сабаб бўлди"  13 21:57Футзал бўйича ЖЧ. 5 карра жаҳон чемпиони Украинани қийинчилик билан ютиб, финалга чиқди  9 21:30"Барселона" расман Войцех Шесни билан шартнома имзолаганини эълон қилди  6 20:57ОЧЛ 2. Ҳисобда ортда бораётган "Насаф" камбэк қайд этган ҳолда "Шабаб Ал Аҳли"дан устун келди  174 20:30Афсонанинг қайтиши? Зидан МЮ бошқарувига келиши мумкин   15 19:57"Сити" МЮ рекордини такрорлади  0 19:32Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Грузиядан устун келди  3

JCH-2014. AQSH - Germaniya. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. AQSH - Germaniya. PREVYU

Bugun jahon chempionatining “G” guruhida 3-tur bellashuvlari bo'lib o'tadi.
Ushbu jamoalar to'qnashuvida har ikki tomonni durang ham qoniqtiradi. SHunday ekan, jamoalar durangni ko'zlab harakat qilishadimi? O'yinni hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib boradi, shunday ekan muxlislarning bahsni diqqat bilan kuzatishlari aniq.

Garchi tomonlarni durang qoniqtirsa-da, har ikkala jamoa faqat g'alabani ko'zlab to'p tepishi turgan gap. Bugungi uchrashuv AQSH terma jamoasi ustozi Yurgen Klinsmann uchun ham juda muhim hisoblanadi. CHunki u o'zi avval boshqargan jamoaga qarshi maydonga chiqadi. Yaxshi bilasiz, 2006 yilgi mundialda Klinsmann aynan Yoaxim Lyov bilan birgalikda Germaniya termasini boshqargandi. SHunday ekan, o'zining sobiq jamoasiga qarshi to'p surish har qanday murabbiy uchun qiziq bo'lsa kerak.



Bundan tashqari, hozirda AQSH termasi sharafini himoya qilayotgan futbolchilardan besh nafari - Jermeyn Jons, CHendler, Jonson, Bruks, Grin Germaniyada dunyoga kelishgan. Lekin ular boshqa terma jamoada o'ynashmoqda. Bugungi bahsda Klinsmann jamoaning asosiy hujumchisi Altidor xizmatidan foydalana olmaydi. SHunday ekan, hujumning markazida Klint Dempsining harakat qilishi kutilmoqda.

Germaniya termasining tarkibi dastlabki ikki uchrashuvda o'zgarmadi. Bugun ham ularning murabbiyi kutilmagan o'zgarishlarni qilmasa kerak. Faqat Boateng bilan Xedirada jarohat borligi uchun bu ikki futbolchining maydonga tushmasligi kutilmoqda. SHunday bo'lgan taqdirda SHvaynshtayger asosiy tarkibda o'ynashi mumkin.



JCH-2014. G guruhi. 3-tur
AQSH - GERMANIYA
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)

Taxminiy tarkiblar
AQSH: Xovard - Jonson, Kameron, Besler, Bizli - Bedoyya, Bekerman, Jons, Bredli, Zusi - Dempsi

Germaniya: Noyer - Boateng, Mertezaker, Xummels, Xevedes - Lam, Xedira, Kroos - Ozil, Myuller, Gyotce


Yurgen Klinsmann (AQSH termasi bosh murabbiyi):
“Dastlabki ikki o'yinimizdan so'ng mamlakatda futbolga qiziquvchilar soni ortdi. Agar Germaniya bilan o'yinda ham muxlislar bizni tinmay qo'llab turishsa, ijobiy natija qayd eta olishimizga ishonaman”.

Yoaxim Lyov (Germaniya termasi bosh murabbiyi):
“Guruhda hali hech narsa hal qilinmagan. Men har ikkala jamoani falonchi natija qoniqtiradi kabi gaplarni eshitishdan qochaman. Biz hammamiz faqat g'alaba haqida o'ylayapmiz, matematika to'g'risida emas”.



Qiziqarli faktlar
-   Germaniya oxirgi to'rt o'yinda AQSH darvozasiga 12ta gol urdi
-   1998 yilgi jahon birinchiligida Yurgen Klinsmann futbolchi sifatida AQSH darvozasiga to'p kiritgan
-   AQSH termasi JCHlarda ketma-ket sakkiz o'yindan beri gol urib kelmoqda

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика