Jazoirda muxlislar tomonidan uloqtirilgan buyum futbolchining o'limiga sabab bo'ldi

Narzulla Saydullayev
24 avg 2014, 11:45
Jazoirning Kabili klubining kamerunlik hujumchisi Albert Ebosse o'yin vaqtida tribunadan uloqtirilgan buyum tegishi natijasida vafot etdi.
O'yindagi yagona golni urgan 24 yoshli futbolchi tomon ulqotirilgan buyum unga tegdi va natijada Ebosse vafot etdi.

Jazoir ichki ishlar vazirligi ushbu holat bo'yicha teshiruv ishlarini boshlab yubordi.

Ebosse faoliyati davomida Koton Sport, Unisport Bafang, Dualu va Perak kabi klublarda o'ynagan. Kabili safida u 2013 yildan buyon o'ynab kelayotgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru