So’nggi yangiliklar

02:20ЕЧЛ. "Реал", "Бавария" ва "Атлетико" ўз учрашувларида мағлуб бўлишди. "Ливерпуль" ва "Ювентус"да ғалаба  34 00:50"Атлетико" жазоланди  5 00:50ОЧЛ 2. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" 2:1, "Насаф"дан сўнгги дақиқаларда камбэк!   2 00:19АПЛда жамоасини голдан энг кўп қутқараётган дарвозабон ким?  0 23:50ЕЧЛ. "Жирона" мағлуб бўлди, "Аталанта"да ғалаба  1 23:30Футзал бўйича ЖЧ 1/2 финал. Бразилия "дабл пенальти"дан гол уриб ғалабани илиб кетди  0 23:16Футзал «қироли» Бразилияга финалда қайси жамоа рақиб бўлишини истаётганини айтди  0 23:12ЕЧЛ. "Лилль" – "Реал Мадрид". Асосий таркиблар аниқ!  0 22:40Рўзиқул Бердиев: "Биз қилган ўзгаришлар ва йигитлардаги ишонч ғалаба қозонишимизга асосий сабаб бўлди"  13 21:57Футзал бўйича ЖЧ. 5 карра жаҳон чемпиони Украинани қийинчилик билан ютиб, финалга чиқди  9 21:30"Барселона" расман Войцех Шесни билан шартнома имзолаганини эълон қилди  6 20:57ОЧЛ 2. Ҳисобда ортда бораётган "Насаф" камбэк қайд этган ҳолда "Шабаб Ал Аҳли"дан устун келди  174 20:30Афсонанинг қайтиши? Зидан МЮ бошқарувига келиши мумкин   15 19:57"Сити" МЮ рекордини такрорлади  0 19:32Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Грузиядан устун келди  3

Jazoir - Rossiya 1:1. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

Jazoir - Rossiya 1:1. MATNLI TRANSLYACIYA

Jazoir - Rossiya uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Jazoir - Rossiya  1:1
27 iyun. 01:00
Bosh hakam:
Junayt CHaqir (Turkiya)
Yordamchi hakamlar:
Bahattin Duran (Turkiya), Tariq Ongun (Turkiya)
Zaxira hakami:
Joel Aguilar (Salvador)

GOL:
Kokorin, 6 - 0:1. Slimani, 59 - 1:1.

Jazoir:
Mboli, Belkalem, Allish, Mesba, Feguli, Braximi (Yebda, 71), Medjani, Slimani (Sudani, 90),  Bentaleb, Jabou (Gilyas, 77), Mandi.

Rossiya:
Akinfeev, Kozlov, Ignashevich, Glushakov (Denisov, 46), Kokorin, Kerjakov (Kanunnikov, 81), Berezuckiy, SHatov (Dzagoev, 67), Samedov, Fayzulin, Kombarov.

Ogohlantirishlar:
Mesba 39, Kombarov 56, Kozlov 57, Gilyas 86, Kadamuro 90.
 

                            MATNLI TRANSLYACIYA
                                     
YANGILASH

Sizlar bilan birga o'yinni Narzulla kuzatib bordi. Navbatdagi sharhlarimizda "uchrashguncha". Hech qachon hech kimni dilini og'ritmang bu futbol!

90. UCHRASHUV TUGADI! JAZOIR keyingi bosqichda! Rossiya guruhda qolib ketdi!

90.
O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi

90. Ogohlantirish. Jazoir.
Zaxirada o'tirgan Kadamuro

90. O'zgarish. Jazoir.
Slimani o'rniga Sudani tushdi

89. KOZLOOOV! Boshi bilan to'pni darovozaga yo'lladi, biroz noaniq!

89. Rossiya butun jamoa bilan hujumda, Jazoir marodonavor tarzda himoyalanmoqda!

86. Ogohlantirish. Jazoir.
Gilyas

83.
Rossiya katta kuch bilan oldinga o'tmoqda, tinmay qanotdan to'p uzatishlar...zarba yo'q

80. O'zgarish. Rossiya.
Kerjakov o'rniga Kanunnikov tushdi

79.
Kombarovning chap qanotdan oshirgan to'pi noaniq ketdi

77. Narigi o'yinda Belgiya hisobni ochdi.

75. O'zgarish. Jazoir.
Jabou o'rniga Gilyas tushdi, kimdir biladimi bozorda gilos qoldimi)

73.
Feguli! Jarima maydoni tashqarisidan darvozaga zarba berdi, Akinfeev to'pni qaytardi

71. O'zgarish. Jazoir. Brahimi o'rniga Yebda tushdi

70. KERJAKOOOOOOOOV! Samedovdan to'pni qabul qilib olgan Kerjakov darvozaga zarba berdi, Rais to'pni bir amallab ushlab qoldi

67. O'zgarish. Rossiya.
SHatov o'rniga Dzagoev tushdi

66.
Kokorin darvozabon bilan to'qnashib ketdi. Futbolchilar o'rtasida kichik janjal bo'lib o'tdi, CHaqir hammani chaqirib "ponyatka" berdi

62. ZARBAAAAA! Denisov! Jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Rais Mboli qaytardi!

59. Jarima to'pidan uzatilgan to'pni Islom Slimani boshi bilan Akinfeev darvozasiga joylab qo'ydi. Igor to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ygandi - 1:1.

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL, SLIMANI!!! 1:1

57. Ogohlantirish. Rossiya.
Kozlov

56. Ogohlantirish. Rossiya.
Kombarov

55. Kokorin o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. Xizmat doirasidan tashqarida emush

52.
Rossiyaning hujumlari xavfli chiqmoqda, ammo yakuniy zarba qani?

51. Kerjakov! Uning jarima maydoni tashqarisidan chap oyoqda yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi!

50.
Jazoir burchak to'piga ega bo'ldi, Akinfeev mushtlari bilan to'pni qaytarib yubordi

48. Xavfli vaziyat! SAMEDOOOOOOOOV! Qanday imkoniyat! Kokorin bilan devor uslubida o'ynagan Samedov jarima maydoni ichiga kirib borib darvozaga zarba berdi, to'p Raisning elkasiga tegib maydonni tark etdi!

46.
Hamma qaytdimi? Ikkinchi bo'lim boshlandi.

46. O'zgarish. Rossiya.
Glushakov o'rniga Denisov tushdi


45+1. Dastlabki taym tugadi. Hozircha Rossiya oldinda, 15 daqiqadan so'ng barchamiz shu erda uchrashamiz

45. Bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi

43.
Jazoirning burchak to'pi yana xavfli chiqdi. Slimani boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi. Akinfeev joni to'g'ri tanladi

41. Muxlislarimizdan latifa:
Yarim kechasi goooooooooooool degan paytlarda boshqa xonadonlardan uxlaaaaaaaaaaaaaaa degan gaplar etib kelmoqda)

40.
Kombarovning amalga oshirgan jarima to'pini himoyachilar qaytarishdi

39. Ogohlantirish. Jazoir.
Jamol Mesba

37. Xalilxodjich maydon chetida qo'noqqa chiqqan xo'rozga o'xshab turib olib baqirib yotibdi

35. 
Braimi jarima maydoni tashqarisidan darvozaga zarba berdi, Akinfeev o'z o'rnida

32.
Rossiyaning hujumi. Tezkor hujum noaniq pas bilan uzilib qoldi, Rais to'pga ega chiqdi

31.
Koncertlardagi dirijyorlarni ko'rganmisiz? Jazoir ustozi hozir aynan shunday harakatlarni bajarmoqda, qo'llari bilan uyoqqa, buyoqqa... Ektor Kuperchalikmasu lekin harakat bor

29. QOYIIIIIIIIIL! Akinfeeeeeeeeev! Burchak to'pidan so'ng Slimani boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi, Igor qiyin vaziyatda jamoasini qutqardi!

27.
Feguli-Slimani-Braximi uchligi Rossiya himoyasiga tashvish tug'dirishni boshladi. Hozir Kapello shogirdlari bir amallab hujumni qaytarishdi.

25. SHATOOOOOOOOOV! Uning aqlli zarbasi xavfli chiqdi, zarba kuchiz edi lekin darovzabon ustidan darvozaga ketayotgandi, birozgina ozginagina noaniq!

23.
Fegulining yorilgan boshidan tinmay qon oqmoqda, Junayt CHaqir shifokorlarni chaqirib ularga qonni artib tashlashni buyurdi

20.
Rossiya to'pni egallab turibdi va hujum qilmoqda, ushbu natija Kapello shogirdlarini to'la qoniqtiradi

17.
SHarhni qiziqarli qiling deydiganlarning gapida jon bor. Lekinlari bor. Harakat qilayapmiz, bo'lmayaptida

15.
Glushakov raqib himoyachilaridan osonlik bilan o'tib jarima maydoni ichiga kirib bordi. Biroq himoyachilar baribir uni to'xtatishdi

13. Bayram bilan tabriklagan barchaga rahmat aytib qolamiz!

12.
Feguli ikki nafar raqibni aldab o'tdi, lekin uchinchi va to'rtinchiga kuchi etmadi

9.
Jazoir gol o'tkazib yuborgach tabiiyki oldinga o'tmoqda. Rossiya himoyalanmoqda.

7.
O'yin endi boshlanmoqda. Hali Jazoir engilgani yo'q, hali Rossiya to'xtagani yo'q. Demak uxlab qolmay o'yinni kuzating, albatta bu faqatgina taklif

6. CHap qanotdan Kombarov to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi. Kokorin baland sakrab boshi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi - 0:1.



6.GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KOKORIN!

5.
Fegulini boshini yorishdi. Hakam unga maydonni tark etib shifokorlar yordamini olishini aytdi.

3.
Jamoalar bir birlarini o'rganishmoqda

1. DIQQAT BAHS BOSHLANDI!

-
O'yinni oq rangli futbolkalarda o'ynadigan Jazoir boshlab beradi. Rossiya esa qizil formada harakat qiladi

-
Ikkala davlat madhiyalari yangrab o'tdi

Toshkent vaqti bo'yicha 27 iyun kirib kelib bo'ldi. Bugungi bayram bilan barcha hamkasblarimizni tabriklab qolaman!


- Ikkala jamoani stadiondagi muxlislar kutib olishmoqda.

- Yana bir bor barcha barchaga salomlar! Jazoir hamda Rossiya o'rtasidagi bahsda xizmatingizda Narzulla bo'ladi. Yaqin 1 yarim soat shu erda bo'lamiz.

- Uchrashuv soat 01:00da boshlanadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика