So’nggi yangiliklar

02:20ЕЧЛ. "Реал", "Бавария" ва "Атлетико" ўз учрашувларида мағлуб бўлишди. "Ливерпуль" ва "Ювентус"да ғалаба  34 00:50"Атлетико" жазоланди  5 00:50ОЧЛ 2. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" 2:1, "Насаф"дан сўнгги дақиқаларда камбэк!   2 00:19АПЛда жамоасини голдан энг кўп қутқараётган дарвозабон ким?  0 23:50ЕЧЛ. "Жирона" мағлуб бўлди, "Аталанта"да ғалаба  1 23:30Футзал бўйича ЖЧ 1/2 финал. Бразилия "дабл пенальти"дан гол уриб ғалабани илиб кетди  0 23:16Футзал «қироли» Бразилияга финалда қайси жамоа рақиб бўлишини истаётганини айтди  0 23:12ЕЧЛ. "Лилль" – "Реал Мадрид". Асосий таркиблар аниқ!  0 22:40Рўзиқул Бердиев: "Биз қилган ўзгаришлар ва йигитлардаги ишонч ғалаба қозонишимизга асосий сабаб бўлди"  13 21:57Футзал бўйича ЖЧ. 5 карра жаҳон чемпиони Украинани қийинчилик билан ютиб, финалга чиқди  9 21:30"Барселона" расман Войцех Шесни билан шартнома имзолаганини эълон қилди  6 20:57ОЧЛ 2. Ҳисобда ортда бораётган "Насаф" камбэк қайд этган ҳолда "Шабаб Ал Аҳли"дан устун келди  174 20:30Афсонанинг қайтиши? Зидан МЮ бошқарувига келиши мумкин   15 19:57"Сити" МЮ рекордини такрорлади  0 19:32Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Грузиядан устун келди  3

Janubiy Koreya - Belgiya 0:1. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

Janubiy Koreya - Belgiya 0:1. MATNLI TRANSLYACIYA

Belgiya - Janubiy Koreya uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
JCH-2014. "H" guruhi, 3-tur.

Janubiy Koreya - Belgiya 0:1
27 iyun. 01:00

Bosh hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya)

Yordamchi hakamlar: Metyu Krim (Avstraliya), Xoqon Anaz (Avstraliya)

Zaxira hakami: Viktor Karrillo (Peru).


Gol
: Vertongen (77)

Janubiy Koreya: CHon Son Ren, Li Yun, Xon CHjon Xo, Kim En Gvon, Yun Suk En, An Guk En (Li Kin Xo, 46), Ki Son En, Li CHun Yun, Gu CHja CHxol, Son Xin Min (Di Jong Vong, 74), Kim SHin Uk (Kim Bo-Kyung, 66).

Belgiya: Kurtua, Vertongen, Fellayni, Miralyas (Azar, 88), Mertens (Origi, 60), van Buyten, Defur, Lambarts, Dembele, Yanuzay (CHadli, 60), Vanden Borre.

Ogohlantirish
: Xong (35), Dembele (50)

CHetlatish
: Defur (44).



                            MATNLI TRANSLYACIYA
                                     
YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

Uchrashuvga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

90` Eden Azar!!!!!!
Maydonga tushishi bilan faollik ko'rsatdi va darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Xavfli, ammo birozgina noaniq...

88`
Miralyas o'rniga Azar tushdi.

86`
Koreya bugun yomon o'ynamadi. Faqatgina Belgiya ayni paytda ulardan ustunroq ekanligini isbotlamoqda.

84`
Koreyaning navbatdagi hujumi ham samarasiz yakunlanmoqda.

82`
Belgiya terma jamoasi o'zining asosiy tarkibisiz harakat qilmoqda. SHuningdek, bir kishi kam bo'lishiga qaramasdan belgiyaliklar Koreyadan kuchliroq o'yin ko'rsata olishmoqda.

79` Koreyaning tezkor javobi samarasiz ketdi.

77` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Vertongen!
Origining zarbasidan so'ng koreyalik posbon to'pni qo'lidan chiqarib yubordi va to'pga birinchi bo'lib etib kelgan Vertongen bo'sh qolgan darvozaga joylqb qo'ymoqda!

74` Son Xen Min o'rniga Di Jong Von maydonga tushdi.

72`
Miralyasning burchakdan etkazib bergan to'piga Divok Origi boshi bilan zarba berdi. Lekin mo'ljalda adashdi.

70` Vertongenning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi noaniq ketdi.

68`
Burchak to'pidan jarima maydonchasiga etkazib berilgan to'pga Fellayni boshi bilan zarba bera olmadi.

66`
Kim SHin Vuk o'rniga Kim Bo-Kyung maydonga tushdi.

64`
Koreyaning tezkor hujumi yakunlanmay qoldi.

61`
Koreyaning ajoyib hujumi va Kurtuani darvoza tusini qutqarib qolmoqda. Agarda to'p aniq borganida, Tibo Kurtua ham hech narsa qila olmasdi...

60`
Belgiyada o'zgarish. Mertens o'rniga Origi va Yanuzay o'rniga CHadli maydonga tushishdi.

57`
Fellayni hozir ajoyib imkoniyatga ega bo'lgandi. Ammo u to'pga boshi bilan o'zi istagandek zarba bera olmadi.

56`
Fellayni raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. Ammo Benjamin Uilyams penalti belgilashni lozim topmadi.

54`
Ushbu standart vaziyati osiyoliklarga hech qanday naf keltirmadi.

53`
Lining uzoqdan yo'llagan zarbasi raqib futbolchisiga tegib, maydonni tark etdi. Burchak to'pi.

52`
Koreya ancha faollik bilan o'yinni olib bormoqda.

50`
Dembele hakam tomonidan ogohlantirildi.

Janubiy Koreya tarkibida o'zgarish ruy berdi. An Guk En o'rniga Li Kin Xo maydonga tushdi.

46` Ikkinchi taym boshlandi.  O'yin davom etadi...

45` Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


44` QIZIL KARTOCHKA!
Defur raqibini oyog'ini ataylab bosgani uchun maydondan chetlatildi.Belgiya buyog'iga bir kishi kam bo'lib o'ynaydi.

42` Yana o'sha Mertens!
Mertensning yo'llagan zarbasini CHon Son Ren ushlab oldi.

40`
Yanuzay bugun mundialdagi debyutini nishonlamoqda. Lekin Adnan Yanuzay hozircha u qadar faol emas.

37`
Belgiya jarima zarbasi ishlab oldi. Vertongen bajargan ushbu jarima to'pi jonli devorga tegib qaytdi.

35`
Mertens! Bu futbolchi ancha faol. Lekin Mertensning navbatdagi urinishi samarasiz ketdi.

32` O'yin jonlandi! Har ikkala jamoa ham hujumga o'tishdan charchamayapti.

30` UHHHHH! Kurtua ishsiz deganmidim? Ki uzoq masofadan kuchli zarbasi bilan Tibo Kurtuani dovdiratib qo'ydi!

29`
Tibo Kurtua ancha vaqtdan buyon ishsiz o'tirgandi. Hozir esa erkin zarba orqali to'pni o'yinga kiritib berdi.

27`
Mertens ancha faol. Koreyalik himoyachilar ham hozircha ishonchli o'ynashmoqda.

25` XAVFLI VAZIYAT! MERTENS! Qulay vaziyatga chiqib borgan Mertens zarba berishda adashdi. Hisob ochilishiga juda yaqin qolgandi. 

22`
Belgiya ko'proq to'pga egalik qilmoqda va ketma-ket hujumlarni tashkil etmoqda.

20`
Belgiyaning navbatdagi hujumi. Lekin laynsmen bayroqchasini ishga solib, kiritilgan golni inobatga olmadi.

18`
Belgiya jarima zarbasini amalga oshirdi. Daniel van Buyten tomonidan yo'llangan zarbaga aniqlik etishmadi.

16`
O'yin tempi o'rtacha darajada.

14`
Janubiy Koreya terma jamoasining hujumi. O'ng qanotdan rivojlantirilgan hujumni Son Xin Min boshi bilan yakunlashga urindi. Lekin uning bu harakati amalga oshmadi.

12`
Osiyoliklar o'yinni o'z jarima maydonchalari oldidan uzoqlashtira olishdi.

9`
Koreyaliklar qarshi hujumga o'tishmoqchi bo'lishdi. Lekin belgiyalik himoyachilarning ishonchli harakat ularni bu rejasini buzib qo'ydi.

Narigi o'yinda Kokorin ismli futbolchi Rossiya terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqqanligi haqida xabar keldi.

6`
Belgiyalik futbolchilar  ketma-ket ikkinchi marotaba o'yindan tashqari holatda qolib ketishmoqda.

4`
Koreya asosan himoyalanish bilan band. Hozircha osiyoliklar raqib jarima maydonchasi oldiga bora olishganicha yo'q.

3`
Defurning noaniq harakati jamoasini hujumini buzib qo'ydi.

2`
Belgiya tezkor hujum bilan o'yinni boshladi. Mertensning faol harakati xavfli vaziyatni sodir etdi.

1` UCHRASHUV BOSHLANDI!


Har ikkala jamoa davlat madhiyalari yangrab o'tadi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

SHuningdek, ushbu o'yin bilan parallel ravishda Jazoir hamda Rossiya terma jamoalari o'zaro bahs olib borishadi. Bu guruhdan Belgiya terma jamoasi muddatidan avval keyingi bosqich yo'llanmasini  hal etgan. Qolgan uchchala jamoada esa hali imkoniyatlar saqlanib turibdi. Bugungi o'yinlar vaziyatga oydinlik kiritib beradi. Narigi o'yin sharhini "qo'shni-xona"da Narzulla Saydullaev sharhlab boradilar.

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari!  "H" guruhi so'nggi tur o'yini Janubiy Koreya - Belgiya uchrashuvini Siz bilan birgalikda SHahboz Beg'amov kuzatib boradi va o'yin tafsilotlari bilan o'rtoqlashadi.

- Uchrashuv soat 01:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика