Jahon chempionatida eng ko'p o'yinni boshqargan Ravshan Ermatov haqida
18 iyu 2014 15:28
Yangiliklar

Jahon chempionatida eng ko'p o'yinni boshqargan Ravshan Ermatov haqida
Moskovskiy komsomolec nashrining oxirgi sonlaridan birida Braziliyadagi mundialda qoyilmaqom ishlagan - Ravshan Ermatov haqida maqola taqdim etildi.
Ushbu referi 36 yoshida jahon chempionatlarida 9ta o'yin o'tkazib rekord qayd etdi (JCH-2010da beshta, Braziliyada to'rtta).
Ermatov ko'plab futbol ichidagi odamlar uchun JARdagi mundialning ochilish o'yiniga qadar notanish odam edi. 32 yoshli hakam Jahon chempionati ochilish o'yinini ajoyib boshqardi, - deb yozadi maqola muallifi.
Ravshaning otasi – O'zbekistonda mashhur hakam Sayfiddin Ermatov. U nafaqat hakam, balki ajoyib murabbiy ham: masalan, aynan katta Ermatov Osiyoda eng yaxshi deb topilgan Server Jeparovni tarbiyalagan, - Alisher Nikimbaevning so'zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.
Ermatov kutilmaganda hakamlik sohasiga kirib keldi: futbolchilik faoliyati u qadar o'xshamadi. Qaysidir o'yinga hakam kech qoldi, shunda Ravshanda o'zini ko'rsatish imkoni paydo bo'ldi.
Ermatov adashmasam 23 yoshida O'zbekiston oliy ligasida ishlay boshlagan. O'sha paytdayoq uzoqqa borishi ko'rinib turardi! - deb eslaydi Nikimbaev.
O'zbekiston futbol Federaciyasi Ermatovni FIFA hakami bo'lish uchun tavsiya qilib katta tavakaal qilgandi.
SHundan so'ng Ermatovning xalqaro faoliyati raketa tezligida boshlanib ketdi. U FIFA hakami sifatidagi dastlabki yildayoq Finlyandiyadagi o'smirlar o'rtasidagi mundialda ishladi. So'ngra turli yoshdagi futbolchilar o'rtasidagi mundiallarda, klublar o'rtasidagi Jahon chempionati va Londondagi Olimpiada o'yinlarida faoliyat olib bordi. Osiyo qitasida ketma-ket to'rt marta eng yaxshi hakami bo'lish Ravshandan boshqasiga nasib etmagan… - deb yozadi jurnalist.
Narzulla Saydullaev tarjimasi.

Fikrlar