Zepp Mayer: "Ko'r odamlargina Noyerga ovoz bermasliklari mumkin"
13 noy 2014 23:34
Yangiliklar


Zepp Mayer: "Ko'r odamlargina Noyerga ovoz bermasliklari mumkin"
Germaniyalik taniqli darvozabon Zepp Mayer ushbu yili Noyer "Oltin to'p"ga hammadan ko'ra ko'proq loyiq ekanligini aytib o'tdi.
Agarda Noyer yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilmasa, unda ovoz berishda ko'r odamlar qatnashgan bo'lib chiqadi.
Noyer dunyoning eng kuchli darvozaboni ekanligini butun dunyo tan oldi. "Oltin to'p"ni olish uchun klub va terma jamoa miqiyosida bir xil darajada o'ynay olish zarur. Noyer bularning hammasiga to'liq mos keladi.
Manu dunyoning eng kuchli posboni. Uning aqlbovar qilmas reakciyasi va to'pga chiqishlardagi harakatiga so'z ojiz. Noyerning kamchiliklarini topish juda mushkul narsa.

Fikrlar