So’nggi yangiliklar

20:15Гарначо Лондон жамоасига ўтиши мумкин  2 19:50ОК-2025 саралаши. Футзалчиларимиз Австралияга 1:3 ҳисобида мағлуб бўлишди  10 19:28Ўзбекистон U-20нинг Сурияга қарши ўйин учун таркиби маълум  2 19:20Неймар Мессининг ПСЖга келиши унинг Мбаппе билан келишмовчилигига сабаб бўлганини айтди  1 18:53ЎФА Кубогининг янги низоми ҳақида болалар футболига оид аччиқ мақола  6 17:42Расман: Бельгия термаси бош мураббийсиз қолди  5 17:06Расман: Оле-Гуннар Сульшер Туркия чемпионатида иш бошлади!  3 16:48"Реал" хавбеки сафдан чиқди  3 16:20"Ювентус" "Аталанта"нинг бир йўла 3 футболчисини олиб келмоқчи  1 15:42"Сепахон" — "Персеполис". Эрон Суперкубоги учун ўйиннинг таркиблари маълум  1 15:06Интервью. Шерзод Эсанов: "Мақсадим - АПЛ. Унга эришмагунча тўхтамайман"  9 14:49"Бешиктош" Сульшер билан музокаралар бошланганини эълон қилди  0 14:12Кварацхелия Парижда ва яқин вақтларда ПСЖ учун тиббий кўрикдан ўтади  1 13:42Холанд ва "Ман Сити" 2034 йилгача шартнома имзолади, келишув спорт тарихидаги энг йирикларидан бўлди  6 13:10ОКМК БААга йўл олди, рақиблар орасида ЦСКА ҳам бор  2

Zepp Blatter Qrim klublari Ukraina ligalarida o'ynashi kerakligini takidladi Yangiliklar

Zepp Blatter Qrim klublari Ukraina ligalarida o'ynashi kerakligini takidladi

FIFA prezidenti Zepp Blatter tashkilotning San-Pauluda bo'lib o'tgan kogressi chog'ida Qrim futbol federaciyasining Rossiya futbol ittifoqi tarkibiga qo'shilishi masalasi muhokama qilinmaganini malum qildi. Bu haqda Sportbox xabar bermoqda.
Biz Qrim futbolining Rossiyaga qo'shilishi masalasini muhokama qilganimiz yo'q. Umuman, Qrim masalasi – murakkab, chunki xalqaro nuqtai nazardan Qrim Ukrainaning hududiy birligi, – deydi Blatter.

Bu degani, agar Qrim futbol klublari professional ligalarda ishtirok etishni xohlashsa, u holda Ukraina ligalarida ishtirok etishlari mumkin, – deya qo'shimcha qildi FIFA prezidenti.

Avvalroq, Rossiya futbol ittifoqi Qrim va Sevastopol futbol federaciyalarini o'z tarkibiga qo'shib olish to'g'risidagi qarorning qabul qilinishini kechiktirgani malum bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, Ukrainadagi siyosiy inqiroz sabab, Qrim mart oyida referendum orqali o'z mustaqilligini elon qilib, Rossiya tarkibiga qo'shilish istagini bildirgan edi. SHundan so'ng Rossiya Qrimni o'z tarkibiga qo'shib olgan, hozirgi vaqtda Qrimni Rossiya bilan integraciya qilish bo'yicha faol harakatlar olib borilmoqda.

Biroq Qrimning maqomi yuzasidan o'tkazilgan referendum ham, uning mustaqillik elon qilgani ham, Rossiya tarkibiga qo'shilgani ham xalqaro hamjamiyat tomonidan ham, amaldagi Ukraina rahbariyati tomonidan ham tan olingani yo'q.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика