"Zenit"ning asosiy o'yinchilaridan biri "Borussiya"ga qarshi CHL o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
25 okt 2020, 11:00
"Zenit" forvardi Syerdar Azmun katta ehtimol bilan CHL guruh bosqich 2-tur doirasidagi "Borussiya" (Dortmund)ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

25 yoshli eronlik futbolchi shanba kuni Rossiya Premer-ligasi 12-tur doirasidagi "Rubin" (1:2)ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi.

Azmun yakshanba kuni qolgan o'yinchilar kabi koronavirusga test topshirdi, yakunda uning nemis jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushish yoki tushmasligi ma'lum bo'ladi.

"Borussiya" bilan o'yin 28 oktyabrda. Azmur joriy mavsum 13ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru