So’nggi yangiliklar

22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  3 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  42 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  19 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  13 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  334 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  3 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  9 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   8 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8

Rossiya. "Zenit" o'z maydonida "Ufa"ni mag'lub eta olmadi Yangiliklar

Rossiya. "Zenit" o'z maydonida "Ufa"ni mag'lub eta olmadi

Teglar :  Zenit Ufa
RPLning 21-turidan o'rin olgan "Zenit" - "Ufa" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib boring.

Zenit – Ufa 0:0

"Gazprom Arena"

Zenit – Lunev, Duglas Santos (Driussi, 67), Rakickiy, Karavaev, Jirkov, Rigoni (Azmun, 46), Barrios, Malkom, Ozdoev (Eroxin, 77), Osorio, Dzyuba.

Ufa – Belenov, Yokich, Nedelcharu, Pucko, Tabidze, O'runov (Till, 72; Vombergar, 90), Golubev, Fomin, Aliev, Karp, Bizyak (Krotov, 65).

Ogohlantirish: Pucko (29), Bizyak (45), Rakickiy (50), Yokich (52), Barrios (78).

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI. Etakchi "Zenit" o'z maydonida "Ufa"ni mag'lub eta olmadi. 1 ochko "Ufa"ni 9dan 8-pog'onaga ko'tardi.

90+2. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA!!!!! Azmunning boshi bilan bergan zarbasi birozzzzz noaniq ko'rinish oldi. 

3 daqiqa qo'shib berildi.

90. UXXXXXXX!!!! "Zenit"da hamma zarba beryapti, "Ufa"da esa hamma qaytaryapti.

89. Yana vaziyat! Rakickiyning ajoyib pasini Eroxin darvozaga aniq yo'llay olmadi. "Ufa"ning "avtobusi" 90 daqiqa turib bermoqda. di.

87. O'yin yuqori ruxda davom etmoqda. "Ufa" yaxshi himoyalanyapti. "Zenit" esa vaziyatlardan foydalana olmayapti. SHarhlovchi esa "Ufa"ni antifutbol o'ynayotganligini aytyapti. Piterda bundan boshqacha o'ynab bo'lmaydi, janob!

84. "Ufa"ga faqatgina omad yordam bermoqda. Azmun ham deyarli bo'sh qolgan darvozaga to'pni tepa olmadi.

82. UXXXXXXXXXXX!!! Eroxin bo'sh darvozaga to'pni kirita olmadi. Belenov va Nedelcharu bir-birini tushunmadi va natijada darvoza bo'sh qoldi. Zaxiradan tushgan Eroxin esa bo'sh darvozaga gol ura olmaslikni uddaladi.

76. ZARBAAAAAAAAAA!!!!! Fomin markazdan Lunev darvozasi tomon zarba yo'lladi. Biroz oldinroqda turgani uchun Lunev ham to'pni qaytarishga qiynaldi va burchakka chiqarib yubordi.

72. Biz uchun o'yin yakunlandi. Oston O'runov o'z o'rnini Tillga bo'shatib berdi.

70. "Zenit" raqib darvozasi tomon yaqinlashmoqda. "Ufa" himoyachilari bir amallab hujumlarni qaytarishmoqda.

68. Azmunning zarbasi biroz noaniq ketdi.

63. Alievning o'ng qanotdan uzatgan ajoyib pasiga Bizyak boshi bilan noaniq zarba berdi.

61. Ikkinchi bo'limda to'pni ushlab turish: 80-20

59. "Zenit" bosimni oshirmoqda. Malkom markazda Azmunni ko'rdi. Serdar esa yanada ichkariroq kirib, to'pni Malkomga qaytarmoqchi bo'ldi. Ammo "Ufa" himoyasi pand bermadi.

56. "Zenit"da yana bir vaziyat! Qanotdan uzatilgan to'pga Azmun zarba yo'llay olmadi.

54. UXXXXXXX!!!! Ozdoevning ajoyib to'p uzatishidan keyin Jirkov to'pni erga tushirmasdan darvoza tomon tepmoqchi bo'ldi. To'p oyoqqa tushmadi.

53. Bizyakni yiqitishdi. "Ufa" qulay nuqtadan jarima zarbasiga ega bo'ldi. Ammo Fominning to'p uzatishini Lunev ushlab oldi.

50. "Ufa" tezkor qarshi hujumga o'tayotgandi. Ammo Rakickiy markazda Oston O'runovni yiqitdi va sariq kartochka ishlab oldi. O'tgan turda ham aynan O'runov bir raqibining sariq kartochka olishiga sabab bo'lgandi)

49. Xavfli vaziyatttt!!! Rakickiyning pasidan keyin Dzyuba raqib jarima maydonchasi ichida qabul qildi. Ammo zarba yo'llaguncha Yokich xavfni bartaraf etdi.

Ikkinchi bo'limga start berildi!!!

Birinchi bo'limda hisob ochilmadi.

45. ZARBAAAAAAAAA!!!! Santos ajoyib zarba yo'lladi taxminan 25 metrlardan!! Belenovdan super seyv!

44. "Zenit" xavfli hujum uyushtirayotgandi. Agarda to'p markazga o'tganida zarbaga tayyor turishgandi. Oston esa to'pni raqibidan olib qo'ydi.

42. ZARBAAAAAAAAAAAAA!!!!! OSTOOOOONNNNNNN!!!!!!!!! Zarba kuchli va biroz noaniq! Ostonning bunday o'qdek uchgan zarbasi yaxshiki darvozabonga tegmadi. Bo'lmasa, taym yakunida Lunyov jarohat olgan bo'lardi)

40. Dzyubaning dastlabki urinishi. Bosh bilan berilgan zarbaga aniqlik etishmadi.

39. ZARBAAAA!!!! Bizyak to'pni qanotdan O'runovga uzatdi. O'runov esa to'pni Fominga qoldirdi. Danilning zarbasiga aniqlik etishmadi.

36. Yana xavfli vaziyat!!!!! Santos o'zining o'ng qanotidan darvoza yoniga to'pni tashlab berdi. Aliev to'pni burchakka chiqarib yubordi.

34. ZARBAAAAAAA!!!!! Qanotdan oshirilgan to'pga Bizyak boshi bilan aniq zarba yo'lladi. "Ufa"ning o'yindagi ikkinchi aniq zarbasi bo'ldi bu.

33. UXXXX!!! Pucko hozir himoyada xatoga yo'l qo'ydi. "Zenit" esa 4 kishi bo'lib bir raqibiga qarshi chiqa olmadi.

30. Rakickiy hamda Yokich bir-biri bilan to'qnashib ketdi. Qarash ham og'ir bo'lgan holat...

26. UXXXXX!!! Jirkovning pasidan keyin Dzyuba ajoyib vaziyatdan foydalana olmadi.

23. ZARBAAAAAAAAA!!!!! Dastlabki zarbani Lunyov qaytardi. Qaytgan to'pni Bizyak bo'sh darvozaga kirita olmadi!!!

19. ZARBAAAAAAA!!! Malkomning zarbasi darvozaning tepasidan o'tib ketdi.

18. "Zenit"da qulay vaziyat yuzaga keldi. Malkomni "Ufa" futbolchisi o'z jarima maydonchasi yonginasida yiqitdi.

15. Rakickiyning qanotdan xavolatib uzatgan pasiga "Zenit" futbolchilari zarba yo'llay olishmadi.

13. UXXXX!!!! Jirkovning chap qanotdan bergan pasini bo'sh darvozaga to'g'rilaydigan "Zenit" futbolchilari topilmadi.

12. Hozircha o'yin juda zerikarli kechmoqda. Darvoza tomon zarbalar juda kam.

9. "Ufa"ning ilk hujumi Alievning unchalik xavfli bo'lmagan zarbasi bilan yakunlandi.

6. Hozircha Oston yarim himoyaning chaprog'ida o'ynamoqda. U faol.

3. Uchrashuvni kutilganidek mezbonlar faol boshlashdi.

1. Uchrashuv boshlandi!!!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика