U-23 Osiyo chempionati tugashiga bitta o'yin qoldi: Bugun final
24 jan 17:58
Yangiliklar
U-23 Osiyo chempionati tugashiga bitta o'yin qoldi: Bugun final
Bugun bizning vaqt bilan soat 20:00da Xitoy va Yaponiya U-23 terma jamoalari o'rtasida hal qiluvchi final uchrashuvi o'tkaziladi. Musobaqaning oxirgi bahsiga Jidda shahridagi Prince Abdullah Al Faisal Sports City Stadium mezbonlik qiladi. Malumki, kecha Vetnam va Janubiy Koreya jamoalari o'rtasida 3-o'rin uchun bahs o'tkazilib, bunda 2:2 hisobi qayd etildi va penaltilar seriyasida Vetnam 7:6 hisobida raqibini mag'lub etib, uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Bugun bo'lib o'tadigan final bahsida Xitoy g'alaba qozonadigan bo'lsa, bu xitoyliklar uchun tarixdagi ilk oltin medal bo'ladi. Mabodo Yaponiyaning qo'li baland kelsa, "kunchiqar yurt" vakillari uchinchi bor bosh sovringa ega chiqishadi.
Final sari yo'l
Xitoy yoshlar terma jamoasi guruh o'yinlarini juda g'alati o'tkazdi. Ular guruhdagi uchta bahsda faqat bitta gol urishdi. Xitoy Avstraliyadan 1:0 hisobida ustun kelib, Iroq va Tailand bilan 0:0 o'ynadi. Jamoa keyinchalik chorak finalda bizga qarshi bahs olib borib, 120 daqiqa 0:0ni saqlab turdi va penaltilar seriyasida zafar quchdi.
Shundan so'ng ko'pchilik Xitoy terma jamoasi gol urishni bilmaskan, ular faqat himoyani ushlab maqsadga erishadi deya boshladi. Ammo yarim finalda ko'rdikki, xitoyliklar Vetnamga umuman imkoniyat qoldirmay 3:0 hisobida zafar quchishdi. Bitta o'yinda uchta gol, qoyil. Buning ustiga yana darvoza daxsizligi. Shu tariqa Xitoy finalga etib keldi.
Yaponiya U-23 ham juda pishiq jamoa ekan. Ular guruh bahslarini yuz foizlik natija bilan yakunlashdi: uch o'yin, uch g'alaba. To'plar nisbati 10-0. Suriya 5:0, BAA 3:0, Qatar 2:0 hisobida mag'lub etildi. Keyinchalik chorak finalda Yaponiya Iordaniya bilan 1:1 qayd etib, penaltilar seriyasiga ko'ra 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Yarim finalda esa "samuraylar" Janubiy Koreyadan 1:0 hisobida ustun kelishdi. Yaponiya yoshlar jamoasi 5ta o'yinda faqat bitta gol o'tkazdi.
Ko'rinib turibdiki, bugun himoyasi mustahkam ikki jamoa bir-biriga qarshi bahs olib boradi.

Finaldan oldingi fikrlar
Antonio Puche (Xitoy U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi):
- Biz hayronmiz. Bugun final ostonasida turibmiz - bu xuddi tushga o'xshaydi. Shu erga keldikmi, bosh sovrin bilan qaytishni xohlaymiz. Bu oson emasligini bilamiz, lekin oxirigacha kurashmiz. Jamoamizda ruhiyat va kayfiyat fantastik darajada. Men shogirdlarimga ortiqcha gap aytmayapman. Chunki jamoamizning hozirgi holatidan hamma mamnun.
- Futbolda eng muhimi natija. Kim birinchi bo'lib gol urishi muhim emas. Muhimi, yakuniy hisob. O'tgan 24 soat qattiq ishladik va finalda buning mevasini ko'rishni istaymiz. Albatta, Yaponiya va Xitoy futboli o'rtasidagi daraja katta, bu o'yinda ham ko'zga tashlanishi mumkin. Biz realist bo'lishimiz kerak. Ammo shuni unutmang, tarkibimizda 23 nafar kurashga shay futbolchi bor va final uchrashuvida har narsa sodir bo'lishi mumkin.


Go Oiva (Yaponiya U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi):
- Musobaqaga yosh tarkibni olib kelganimizni aytmoqchiman. Bu biz uchun sinov edi va omadimiz kelib finalga etib keldik. Shogirdlarim musobaqaning oxirgi o'yiniga tayyor, hamma o'zining eng yaxshi jihatini ko'rsatish payida. Ikki yil oldin turnirda oltin medallarni qo'lga kiritgandik, o'shanda ham men jamoa bosh murabbiyi edim. Mana endi ikki yil o'tib yana kubokka ega chiqishimizni xohlayman.
- Turnirda g'olib bo'lish futbolchilar uchun ajoyib motivaciya bo'ladi. Maqsadimiz bu yoshdagi o'yinchilarni 2028 yil Olimpiya o'yinlariga tayyorlash. Avvalgi musobaqada chempion bo'lgan yoshlardan tarkibimizda hech kim yo'q. Bu umuman yangi jamoa. Xitoy terma jamoasi qanchalik kuchli ekanini bilamiz. Ular juda mustahkam jamoa. Lekin biz ham o'z maqsadimizni o'ylaymiz.
Xayrulla Xoliqov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar
ХИТОЙНИ 100% ЮТГАНИМИЗДА БУЛАР ЭДИ.
АФСУС УЗБЕК ФУТБОЛИ ЖОНКУЯР ФУТБОЛ МУХЛИСЛАРИГА АЧИНАМАН.
ХИТОЙНИ 100% ЮТГАНИМИЗДА БУЛАР ЭДИ.
АФСУС УЗБЕК ФУТБОЛИ ЖОНКУЯР ФУТБОЛ МУХЛИСЛАРИГА АЧИНАМАН.