Zaza "Inter" futbolchisi bo'lishni xohlamadi
02 fev 2020 01:30
Yangiliklar


Zaza "Inter" futbolchisi bo'lishni xohlamadi
"Torino" hujumchisi Simone Zaza Milan shahri jamoasi taklifini rad qildi.
"Goal" xabariga ko'ra, transfer mavsumi yopilishidan biroz avval "Inter" Turin jamoasiga 28 yoshli forvardning transferi borasida murojaat qilgan. "Neradzurrilar" Simoneni joriy mavsum yakuniga qadar (keyinchalik sotib olish huquqi bilan) ijaraga olishni maqsad qilgandi. Ammo italiyalik futbolchi bu taklifni qabul qilmagan.
Malumot uchun, Zaza A Seriyaning davom etayotgan mavsumida 20ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 6 gol, 4ta assist yozdirib qo'yishni uddaladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar